|
TIJORAT BANKLARIDA MOLIYAVIY HISOBOTLARNI XALQARO Pdf ko'rish
|
bet | 320/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plamiTIJORAT BANKLARIDA MOLIYAVIY HISOBOTLARNI XALQARO
STANDARTLARGA TRASFORMATSIYA QILISH
A.Qambarov, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi MBA-
banking mutaxassisligi tinglovchisi
Tijorat banklarida buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil etishda, avvalom bor,
ularda
mukammal
tarzda
hisob
siyosatini
shakllantirish,
har
qanday
foydalanuvchilar uchun tushunarli boʻlgan va samarali boshqaruvni ta’minlovchi
moliyaviy hisobotlarni tuzish kabi uslubiyatlarni yaratish lozim boʻladi.
Oʻzbekistonda bank tuzilmalarini jahondagi iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlar bank tizimlari qatoriga kirishini ta’minlash va bu sohada jahon
amaliyoti yutuqlarini bevosita bank tizimi faoliyatiga qoʻllash, jahon bank
tizimidagi banklarning moliyaviy hisobotlarini tuzishning kontseptual va oʻziga xos
asoslarini ishlab chiqarish va bank amaliyotiga qoʻllash bevosita banklarning
rivojlanishi va mustahkamlanishiga turtki boʻladi. Shuni ta’kidlash joizki, soʻngi
yillarda xorij sarmoyalarining sezilarli ravishda ortib borishi bank tizimiga boʻlgan
ishonchning yana oshishidan dalolat bermoqda. Bu esa oʻz navbatida tijorat
banklarining turli potentsial foydalanuvchilarga taqdim etiladigan moliyaviy
hisobotlarning sifat tavsifini va axborotlarning oshkoralik darajalarini yanada
kuchaytirish lozimligini bildiradi va bunda jahon amaliyotida ishlab chiqarilgan
moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS) ni qoʻllash katta ahamiyat
kasb etadi.
MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot tuzish usullari quyidagilardan iborat:
-parallel hisob yuritish;
-moliyaviy hisobot transformatsiyasi.
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
|
| |