“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet322/520
Sana16.05.2024
Hajmi8,74 Mb.
#237908
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   520
Bog'liq
03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
 
323 
kiritish tizimining shaffofligi, MHXS boʻyicha hisobot darhol shakllantiriladi. 
«Balans asosida» yondashuvi katta boʻlmagan korxonalarning hisobotini 
transformatsiya qilish yoki «bir martalik» transformatsiya qilish chogʻida 
qoʻllaniladi. Transformatsiya modeli-elektron jadvallar majmui, ularga BHMS 
boʻyicha buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari, tuzatishlar va natijada olinadigan 
xalqaro hisobot ma’lumotlari kiritiladi.
Transformatsiya jadvallari Excel dasturida yoki kompaniya uchun mos boshqa 
dasturda yaratiladi. Ular MHXS boʻyicha hisobotni shakllantirish maqsadida 
qilingan barcha oʻtkazmalarni kuzatish imkonini beradi. Jadvallarning aniq tarkibi 
kompaniyaning faoliyat turiga, unda yuritiladigan buxgalteriya hisobi, shuningdek 
bevosita hisobot transformatsiyasini tashkil etish darajasiga bogʻliq boʻladi. 
Tijorat banklarida MHXSlariga istalgan paytda, tayyorgarliksiz, toʻgʻridan-
toʻgʻri oʻtib boʻlmaydi. Agarda tayyorgarliksiz moliyaviy hisobot MHXSlar 
boʻyicha transformatsiya qilingan taqdirda ham kutilgan natijani bermaydi. Shu 
bois, MHXSlarni birinchi marta qoʻllashda yoki milliy standartlar asosida tuzilgan 
moliyaviy hisobotni transformatsiya qilishdan oldin muhit, shartsharoit va ma’lum 
tayyorganlik ishlari olib borilishi shart. Biz bu omillarga quyidagilarni kiritishni 
maqsadga muvofiq, deb hisoblayman: 
-
mamlakat iqtisodiyotida yuqori inflyatsiya darajasi boʻlmasligi kerak; 
 
-
tijorat banklarida buxgalteriya hisobi milliy standartlari tizimi imkon qadar 
MHXSlariga uygʻun boʻlishini ta’minlashimiz kerak. Agar oʻrtada tafovut katta 
boʻlsa transformatsiya jarayoni qiyinlashadi, transformatsiya qilingan taqdirda ham 
kutilgan natijani bermaydi; 
 
-
tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni 
tuzish va taqdim etishda me’yoriy huquqiy hujjat faqat Buxgalteriya hisobi 
toʻgʻrisidagi qonun va buxgalteriya hisobi standartlari boʻlishi kerak. Nizomlar, 
yoʻriqnomalar va qoidalarni ham bosqichma-bosqich standartlarga aylantirishimiz 
kerak;
 
-
banklarda (foyda olishni maqsad qilib qoʻyishi va qoʻymasligidan qat’i 
nazar) buxgalteriya hisobi boʻyicha alohida standartlarni boʻlishini koʻzda 
tutmasdan, balki yagona standartlar tizimini yaratishimiz kerak, qaysiki undagi 
qoidalar barcha turdagi banklarlarga bir xil mazmunda qoʻllanilishiga erishishimiz 
kerak;
 
-
moliyaviy hisobotni taqdim etish valyutasini xalqaro standartlarga muvofiq 
erkin ravishda belgilash tartibiga oʻtish imkoniyatlari yaratilishi kerak;
 
-
tijorat banklarida hisob siyosatini mukammallashtirish, uni moliyaviy 
hisobot tamoyillariga toʻliq rioya qilgan holda tuzilishi hamda chinakkam hisob 
loyihasi boʻlishi, shuningdek tijorat banklarda xalqaro standartlar talablariga 
muvofiq ishchi schetlar rejasini ishlab chiqishga erishish va boshqa bir qator ishlarni 
amalga oshirish lozim, deb oʻylayman. 
 

Download 8,74 Mb.
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   520




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”

Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish