|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 501/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
493
Hindistonda iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda kerakli infratuzilma yaratish,
texnik, axborot va uslubiy yordam ko‘rsatish orqali innovatsion faoliyat
tavakkalchiligini kamaytirishga asosiy e’tibor berilmoqda. Korxonalarga faoliyatini
kengaytirish bosqichida 1996-yilda Hindiston hukumati tomonidan tuzilgan
texnologik rivojlanish Kengashi ko‘mak beradi. Hindiston innovatsion tizimini
asosiy elementlaridan bo‘lib ilmiy parklar va inkubatorlar tashkil etadi. Mamlakatda
mazkur tashkilotlar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Hindiston hukumatida ilmiy-texnologik parklar yaratish, ilm-fan va
texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlaydigan maxsus Agentlik faoliyat ko‘rsatadi.
Mamlakatda innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun umumiy huquqiy bazani
yaratishga katta ahamiyat berilmoqda va natijada 2008-yilda Hindiston hukumati
innovatsiyalar doirasida “Milliy innovatsion akt” Qonunini qabul qildi. Mamlakatda
faoliyat ko‘rsatayotgan 45 ta texnoparklarda ishlab chiqarilib eksport qilinayotgan
80 foiz mahsulotlar axborot texnologiyalari sohasiga tegishlidir. Jahonning yetakchi
300 dan ortiq transmilliy korporatsiyalar kompyuter dasturlari bo‘yicha
ishlanmalarini olib kirishib amaliyotga joriy etishmoqda.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan mamlakatlar innovatsion rivojlanish negizida
iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish muammolarini yechishda o‘zlarini maqbul
variantlarini topishdi: ba’zi davlatlarda ilmiy ishlanmalarga davlat faol ko‘magini
berishga asosiy e’tibor berilsa, boshqasida esa ilmiy yangilik yaratuvchilarga soliq
imtiyozlari berish birinchi o‘rinda, ixtirolarning mualliflari - innovatsion mahsulot
yaratuvchilarini qo‘llab-quvvatlashga ham har xil yondashuvlar mavjud.
Ilg‘or xorij tajribasiga suyangan holda ta’kidlash mumkinki, kichik
innovatsion korxonalarni ham, yirik kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlanishi orqali
ham ijobiy natijalarga erishi mumkin. Ular o‘zaro bir-birini to‘ldirgan holda
uyg‘unlikda faoliyat yuritish maqsadga muvofiqdir. Jahon tajribasidan ko‘rish
mumkinki, dunyoda innovatsion iqtisodiyotni barpo etishni yagona modeli mavjud
emas. Har bir mamlakat bilimlar asosidagi iqtisodiyotga o‘tishning o‘z rivojlanish
modelini tanlab olgan. Bir necha yuz yillar davomida tovar-pul munosabatlarini
boshidan kechirgan dunyoning eng rivojlangan mamlakatlarida ham innovatsion
iqtisodiyotga o‘tish masalasi o‘z-o‘zidan qisqa vaqtda amalga oshirilmagan.
Xulosa qilib aytganda, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishda
innovatsion rivojlanishni ta’minlashning iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlar
tajribasini chuqur o‘rganish va uning imkoniyatlarini mamlakatimizning
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga tatbiq etish raqobatbardosh
iqtisodiyotni shakllantirishga yordam berishi mumkin.
|
| |