“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet500/520
Sana16.05.2024
Hajmi8,74 Mb.
#237908
1   ...   496   497   498   499   500   501   502   503   ...   520
Bog'liq
03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
 
492 
universitetlarda faoliyat yuritadi
366
. Ammo, davlat miqyosida ilmiy tadqiqot ishlari 
yo‘nalishiga qilinayotgan umumiy xarajatlarning 30 foiz gina davlat mablag‘lari 
hissasiga, 70 foiz xususiy korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mazkur 
mamlakatda 
raqobatbardosh 
iqtisodiyotni 
shakllantirishda 
innovatsion faoliyatni rivojlantirish orqali erishishda kichik biznes korxonalarining 
o‘rni nihoyatda beqiyosdir. Yirik korxonalar o‘z innovatsion mahsulotlarini 
mashinasozlik, avtomobilsozlik, kimyo sanoatiga yo‘naltiradi. Innovatsion 
mahsulot ishlab chiqaruvchi kichik biznes subyektlarining ulushi jamiga nisbatan 
45,25 foiz ni tashkil etadi, innovatsion jarayon yoki texnologiyalarni joriy etgani 
bilan birgalikda 57 foiz ni tashkil etganligini ijobiy holat sifatida belgilash mumkin. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha 
olinayotgan patentlarning 75 foiz i aynan kichik biznes korxonalari hissasiga to‘g‘ri 
kelmoqda hamda jami 32 mingga yaqin biznes subyektlari ilmiy tadqiqot ishlariga 
investitsiya kiritishga jalb qilishga ixtisoslashgan. 
Fikrimizcha, 
yuqori 
texnologiyali 
innovatsion 
mahsulotlar 
ishlab 
chiqarishdagi kichik biznes subyektlarining iqtisodiy faolligi tufayli Germaniya 
dunyo innovatsion mahsulotlari bozoridan AQSh va Yaponiyadan keying uchinchi 
o‘rinda turadi. 
Germaniyada innovatsiyalarni rivojlantirish omillaridan yana biri hukumat 
darajasidagi dasturlarning qabul qilinishidir. Bugungi kunda federal va hududlarda 
innovatsion-investitsion faollikni oshirish bo‘yicha 500 dan ortiq dasturlar amal 
qiladi. Jumladan 1978-yildan buyon amalda bo‘lgan “Kichik va o‘rta 
korxonalarning ilmiy-texnikaviy siyosati konsepsiyasi” ilmiy kadrlarni qo‘llab-
quvvatlash, kichik biznes korxonalari yangi texnologiyalarining transferi va davlat 
ahamiyatiga molik ilmiy tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish shartlarini belgilaydi. 
Yaponiya milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda quvib yetishning klassik usulini 
qo‘llaydigan mamlakatlardan hisoblanadi. Iqtisodiy nazariyadan ma’lumki, 
rivojlantirishning quvib yetish usulida milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishi va 
raqobatbardoshligi texnologiyalarning importi hisobiga amalga oshadi. Yaponiya 
AQShda ishlab chiqariladigan yuqori texnologiyalarni import qilish hisobiga 
mamlakatda innovatsion rivojlanishda katta yutuqlarga erishdi va o‘zining eksport 
salohiyatini yuqori darajaga ko‘tardi. 
Yaponiya zamonaviy texnologiyalarni import qilish bilan birga, 1960-yildan 
boshlab xususiy texnika va texnologiyalarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qarata 
boshladi. Xususan, 1960-1980 yillarda o‘zining fan-texnika siyosatiga asoslangan 
iqtisodiy o‘sishning innovatsion modelini yaratdi. Ta’kidlash joizki, Yaponiya 
iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda joriy etgan mazkur modeldan keyin Osiyo qit’asida 
ko‘plab mamlakatlar o‘z milliy iqtisodiyotida ushbu modelni keng joriy etdi. Ushbu 
modelning o‘ziga xos xususiyati shunda bo‘ldiki, mamlakatda o‘z texnologiyasini 
chet el mamlakatlari texnologiyalariga chatishtirish asosida yangilarini yaratdi. 
Hindiston ham innovatsion rivojlanish orqali raqobatbardosh iqtisodiyotni 
shakllantirishga alohida ahamiyat qaratayotgan mamlakatlaridan biri hisoblanadi. 
366
Опыт Европы, США и Индии в сфере государственной поддержки инноваций // Российский юридический 
журнал, №1, 2011.



Download 8,74 Mb.
1   ...   496   497   498   499   500   501   502   503   ...   520




Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”

Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish