|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 498/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
490
dasturi (The Small Business Innovation Research Program);
ikkinchisi, kichik biznesning innovatsion texnologiyalarini ommalashtirish
dasturi (The Small Business Technology Tranfer Program);
uchinchisi, kichik biznes uchun investitsion kompaniyalar tashkil etish dasturi
(The Small Business Investment Company).
AQSh da milliy innovatsion tizim, asosan, uchta yo‘nalishda taraqqiy etgan.
Uning birinchi bo‘g‘ini bo‘lib, mamlakatdagi ta’lim muassasalari hisoblanadi.
AQSh universitetlari ilmiy yo‘nalishdagi ishlarini asosiy moliyalashtirish manbasi
federal byudjetdir. Bundan tashqari, ta’lim muassasalari venchur kompaniyalar
orqali ilmiy ishlanmalarni sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga
yo‘naltiradi.
Albatta innovatsiyalarni rivojlantirishda eng asosiy omil sifatida insondagi
ilmiy salohiyat hisoblanadi, ushbu salohiyat yillar davomida shakllanib, dunyoning
fan va texnologiyalar borasidagi yetakchi olimlarining ilmiy ishlanmalari AQSh
iqtisodiyotiga yuqori darajada foyda keltirmoqda.
Bugungi kunda AQShda faoliyat olib borayotgan 10 mingdan ortiq ilmiy
markazlar, yetakchi korxonalar tarkibidagi labaratoriyalar, davlatning ilmiy-
tadqiqot institutlari mamlakat milliy innovatsiya tizimining ikkinchi bo‘g‘inini
tashkil etadi.
AQSh milliy innovatsion tizimining uchinchi bo‘g‘iniga mamlakat hududida
yillar davomida tarixan shakllangan innovatsion klasterlarni kiritish mumkin.
Ularning asosiy maqsadi innovatsion texnologiyalarni yaratish, saqlash yoki
realizatsiya qilishda universitet hamda ilmiy tadqiqot markazlarini qo‘llab-
quvvatlashdan iborat.
AQShda innovatsion tashkil etish va rivojlantirishda davlatning roli hal
qiluvchi ahamiyatga egadir. Agar Yaponiyada innovatsion faoliyatni tashkil etishda
xususiy biznes ustuvor bo‘lsa, AQShda innovatsion faoliyat davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlanadi, boshqariladi va muvofiqlashtiriladi.
AQShda yangilik va ixtirolarni tarqatish, ularni tushuntirish, reklama qilish
markazlari faoliyati samarali tashkil etilgan va faoliyat yuritmoqda. Davlat, bir
tomondan, investitsiyalarning yaratuvchisi sifatida ishtirok etadi, ikkinchi
tomondan, ularning iste’molchisi ham o‘zi hisoblanadi. Investitsiyalar uchun mas’ul
davlat organlari mamlakat va chet ellardagi innovatsion jarayonlarni kuzatib boradi,
eng ilg‘or texnologiyalarni toppish, ularni ekspertiza qilish, keng tarqatish kabi
amaliy ishlarni bajaradi va prognozlash ishlarini amalga oshiradi.
Ilmiy tadqiqot ishlariga xarajatlar mamlakat YaIM dagi ulushi bo‘yicha Isroil
davlati yetakchi o‘rinda turadi. Mazkur ko‘rsatkich 2000-2021 yillarda Isroilda 3,9
foizdan 4,3 foizga, Janubiy Koreyada 2,2 foizdan 4,2 foizga, Yaponiyada 2,9 foizdan
3,3 foizga, AQSh da 2,6 foizdan 2,8 foizga, Xitoyda 0,9 foizdan 2,1 foizga oshdi.
Fikrimizcha, innovatsion loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
manbalarini ko‘paytirish bunda davlat tomonidan xususiy investorlarni
rag‘batlantirish funksiyalarini joriy etish maqsadga muvofiq.
AQShning tajribasini o‘rganib shuni ta’kidlash lozimki, AQSh jahon bozoriga
innovatsion texnologiyalarni taklif qiluvchi mamlakatlar ichida yetakchi bo‘lib,
|
| |