• MAHSULOT TANNARXINI ANIQLASH VA XARAJATLAR NAZORAT QILISH MUHIM JIHATLARI K.Misirov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori
  • “Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet494/520
    Sana16.05.2024
    Hajmi8,74 Mb.
    #237908
    1   ...   490   491   492   493   494   495   496   497   ...   520
    Bog'liq
    03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami

    “Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” 
    mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
     
    486 
    беради ва бу эса, мамлакатимиз ташқи савдо рақобатбардошлиги ошишига 
    замин яратади. 
    MAHSULOT TANNARXINI ANIQLASH VA XARAJATLAR NAZORAT 
    QILISH MUHIM JIHATLARI 
    K.Misirov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori 
    G‘.Sodiqboyev, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti 
    Jahon iqtisodiyoti o‘sish sur’atlaridagi beqarorlikning oldini olish, uning 
    ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta’sirini yumshatishda boshqaruv hisobida 
    byudjetlashtirish jarayonlarining samarali tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb 
    etadi. Xalqaro amaliyot tahliliga ko‘ra, Evropaning rivojlangan davlatlarida 
    buxgalterning funkstiyasiga nafaqat hisob yuritish, balki segmentlar bo‘yicha 
    daromad va xarajatlar smetasini tuzish, kalkulyastiyalash, istiqbolni bashorat qilish 
    kabi vazifalar ham yuklatilib, xalqaro tajribada firma va kompaniyalar buxgalteriya 
    hisobi sohasidagi ish vaqtining 90 foizini boshqaruv hisobini tashkil etish va 
    yuritishga sarflaydilar. Boshqaruv hisobida byudjetlashtirish bilan eng yuqori 
    malakali mutaxassislar shug‘ullanishi talab etiladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 28 yanvarda 2022 - 2026 
    yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi 
    PF-60-son Farmonida mamlakatimizda buxgalteriya hisobi, xususan, boshqaruv 
    hisobi sohasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda
    358
    .
    Mahsulotlar tannarxini kalkultasiya qilish turini tanlashda ishlab 
    chiqarilayotgan mahsulot turi va assortimentiga qarab tanlash lozim. Bir turdagi 
    mahsulot turini ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish korxonalari oddiy usulda 
    mahsulot tannarxini aniqlasa bo‘ladi. Ammo ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
    assortimenti ko‘p bo‘ladigan bo‘lsa unda boshqa to‘g‘ri kalkulatsiya tannarxini 
    chiqarib beruvchi kalkultasiya usulidan foydalanish maqsadga muvfiq bo‘ladi. 
    Tayyor mahsulot tannarxini hisobga olishda tugallanmagan ishlab chiqarish 
    miqdoriga ham et’ibor qaratish lozim, yo‘qsa umumiy sarf qilingan xarajatlar 
    miqdor tayyor mahsulot tannarxida o‘tirib qolishi mumkin. 
    Mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilishda xarajatlarni taqsimoti katta 
    ahamiyatga ega hisoblanadi. Xarajatlarning noto‘g‘ri taqsimoti mahsulotlar 
    tannarxining noto‘g‘ri aniqlanishiga sabab bo‘ladi. Bu xatolik asosan xarajatlar 
    taqsimoti bo‘yicha aniq bir dastur yo‘qligidan kelib chiqadi. Bizga ma’lumki, har 
    bir yangi ishlab chiqarilayotgan mahsulot uchun tannarx kalkulatsiyasi rahbar 
    buyrug‘i asosida tasdiqlanib qo‘yiladi. Ushbu buyruqning mavjudligi hamda 
    boshqaruv hisobini yuritish bo‘yicha ham ichki normativ hujjatning belgilab olinishi 
    xatoning darajasini ma’lum bir miqdorda kamaytirib beradi. 
    Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish 
    metodi-bu haqiqiy mahsulot tannarxini aks ettiradigan ishlab chiqarish xarajatlarini 
    ko‘rsatib berish va hujjatlashtirishni hammasi. Buni korxonaning o‘zi mustaqil 
    belgilaydi. Mahsulot tanarxini kalkulatsiya qilish imkoniyatlarini hisobga olgan 
    358
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 28 yanvarda 2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi 
    O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi PF-60-son Farmoni 



    Download 8,74 Mb.
    1   ...   490   491   492   493   494   495   496   497   ...   520




    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”

    Download 8,74 Mb.
    Pdf ko'rish