|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 497/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
489
olib keldi va ko‘plab mamlakatlarda ITTKI xarajatlarini, ilg‘or texnologiyalarni
hamda rivojlanayotgan global iqtisodiyotda yetakchilikni ta’minlash uchun
innovatsion mahsulotlarni ilgari surish imkonini berdi. Rivojlangan mamlakatlarda
ishlab chiqarishni tashkil etishning ilg‘or shakllarida mutaxassislar tayyorlash,
texnologiya, asbob-uskunalar, ta’lim sohasidagi yangi bilimlarning ulushi 70-85
foizni tashkil etadi
359
.
Quyidagi jadvalda iqtisodiyoti innovatsion rivojlangan mamlakatlarning
global innovatsion indeksi bo‘yicha yetakchi o‘ntaligining ro‘yxati keltirilgan.
1-jadval
Global innovatsion indeksi bo‘yicha dunyo mamlakatlari yetakchi o‘ntaligi
360
№
2017
2018
2019
2020
2021
1
Shveytsariya
Shveytsariya
Shveytsariya
Shveytsariya
Shveytsariya
2
Angliya
Angliya
Shvetsiya
Niderlandiya
Shvetsiya
3
Shvetsiya
Shvetsiya
Niderlandiya
Shvetsiya
AQSh
4
Niderlandiya
AQSh
AQSh
Angliya
Niderlandiya
5
AQSh
Finlandiya
Angliya
Singapur
Angliya
6
Finlandiya
Singapur
Daniya
AQSh
Finlandiya
7
Singapur
Irlandiya
Singapur
Finlandiya
Daniya
8
Irlandiya
Daniya
Finlandiya
Daniya
Singapur
9
Lyuksemburg
Niderlandiya
Germaniya
Germaniya
Germaniya
10
Daniya
Germaniya
Irlandiya
Irlandiya
Isroil
Mazkur mamlakatlarda innovatsion rivojlanish negizida raqobatbardosh
iqtisodiyotni shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biri ilmiy
tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlariga yalpi ichki mahsulotdan salmoqli
mablag‘ning ajratilishidir. Ushbu tadbir natiajsida fan-texnika taraqqiyotining
rivojlanishiga erishiladi, mamlakatda ko‘plab ixtirolar, yangilik va g‘oyalar vujudga
kelishiga tegishli sharoit yaratiladi.
Fikrimizcha, innovatsion rivojlangan mamlakatlar AQSh, Angliya,
Germaniya, Yaponiya va Hindistonning mazkur yo‘nalishdagi boy tajribasini
o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
AQShning patent va savdo belgilari to‘g‘risidagi Bey-Doul aktiga (Bayh-
Dole Act) 1980-yilda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar milliy innovatsion
tizimda “uch yoqlama spiral” modelining shakllanishiga hamda takomillashishiga
sabab bo‘ldi
361
. Bey-Doul akti universitet, kichik biznes va boshqa nodavlat
tashkilotlarini federal byudjet hisobidan moliyalashtirilgan loyihalar, ilmiy-amaliy
tadqiqot hamda kashfiyotlarni boshqarish huquq va majburiyatlarini belgilab
bergan.
Hozirda AQShda innovatsion korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning
3 ta asosiy davlat dasturi mavjud.
birinchisi, kichik biznesning innovatsion tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash
359
Глазьев С.Ю. Стратегия опережающего развития России в условиях глобального кризиса. – М.: Экономика,
2010.
360
https://www.globalinnovationindex.org/
ma’lumotlari asosida muallif tomonidan umumlashtirildi
361
Hughes S. Making dollars out of DNA. The first major patent in biotechnology and the commercialization of
molecular biology, 1974-1980 // Isis; an international review devoted to the history of science and its cultural
influences. 92 (3). 2001.
|
| |