|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 495/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
487
holda quyidagilarni keltirib o‘tamiz:
Boshqaruv hisobida quyidagi to‘rtta metod turi ajralib turadi:
1. Oddiy usul;
2. Buyurtma usuli;
3. Jarayonli usul;
4. Normativ usul.
Oddiy usul faqat bir turdagi mahsulot ishlab chiqaradigan korxonlarda
qo‘llaniladi (gidroelektrstansiyalar, ruda, neft, gaz ishlab chiqaradigan korxonalar).
Ularda tugallangan ishlab chiqarish bilan yarim tayyor mahsulot yo‘q. bu yerda
barcha xarajatlar bir mahsulotga ya’ni tayyor bo‘lgan mahsulotga olib boriladi.
Qayerda bir turdagi mahsulot ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa uning tannarxina har
qanday metod bilan ham hisoblash juda oddiy va osondir. Ko‘p oddiy usulda
Mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish imkoniyatlari Bo‘lish orqali kalkulatsiya
Ustama
kalkulatsiya
qilish
Ekvivalent
sonlari bo‘yicha kalkulatsiya
Differensiallangan kalkulatsiya Oddiy kalkulatsiya Bir pog‘onali kalkulatsiya ko‘p
pog‘onali kalkulatsiya Har xil ekvivalent sonlari bo‘yicha bir pog‘onali kalkulatsiya
Ekvivalent sonlari bo‘yicha bir pog‘onali kalkulatsiya mahsulot tannarxini
kalkulatsiya qiluvchi korxonalar normativ usul bilan birgalikda olib boradi. Ishlab
chiqarish xarajatlari doimiy nazoratda bo‘lib, ularning rejadan farqlari o‘rganib
chiqilib sabablar aniqlanib, ular ustida ishlanadi.
Buning hammasi mahsulot tannarxini minimallashtitish kerakli natijaga
erishish uchun harakatdir.
Mahsulot tannarixini kalkulatsiya qilish va xarajatlar hisobining oddiy usulini
4 ta metodi mavjud.
Birinchi metodda barcha to‘g‘ri va egri xarajatlar chiqarilgan mahsulot
tannarxiga olib boriladi. Bir birlik mahsulot tannarxi barcha ishlab chiqarish
xarajatlarini chiqarilgan mahsulotga bo‘lganiga tengdir. Bunday ishlab chiqarishda
mahsulotning asosiy qismi, bundan tashqari tugallanmagan ishlab chiqarish va
yarim tayyor mahsulot mavjud bo‘lmaydi.
Ikkinchi metod bu tugallanmagan ishlab chiqarish mavjud bo‘lgan
korxonalarda bo‘ladi. Bu yerda ishlab chiqarish xarajatlari tayyor mahsulot va
tugallanmagan ishlab chiqarish o‘rtasida mutanosib tarzda taqsimlanadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish inventar metodidan foydalanish orqali baholanadi.
Uchinchi metod bu korxonada bir necha xil turdagi mahsulot ishlab
chiqarilganda qo‘llaniladi: issiqlik va elektr energiya ishlab chiqaruvchi, neft va gaz
qazib oluvchi, har xil turdagi baliq turlarini yetkazib beruvchilarda. Bunda xarajat
umumiy ishlab chiqarishga xarajat qilinadi, mahsulot tannarxi kombinatsiyalashgan
usulda kalkulatsiya qilinadi. Masalan, elektr energiya, amartizatisya, yer osti
uskunalarini teshiklarini remont qilish xarajatlar neft va gaz olish vaqtida, qolgan
xarajatlar esa neft va gazning yalpi qazib olinishi yoki bahosiga nisbatan
proporsional taqsimlanadi.
To‘rtinchi metod hisob xarajatlari jarayonli amalga oshirilayotgan
korxonalarda qo‘llaniladi. Bu metod kimyoviy ishlab chiqarishda, qurilish mollari
ishlab chiqaruvchi korxonalarda qo‘llaniladi. Bu korxonalarda mahsulot tannarxini
|
| |