|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 496/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
488
kalkulatsiya qilishning ham jarayonli ham oddiy usul qo‘llaniladi.
Mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilishning buyurtmali usulidan ta’mirlash
korxonalariga va eksperemental sexlarga mayda xomashyo va alohida ishlab
chiqarish bilan shug‘ullanadigan korxonalar asosan foydalanadi. Barcha to‘g‘ri
xarajatlar o‘rnatilgan nomenklaturasi qoidalari bo‘yicha alohida buyurtmalarda
hisobga olinadi. Buyurtmalar bir turdagi mahsulotga yoki bir necha turdagi
mahsulotga ochiladi. Buyurtmalarning ochilishiga buyurtmachilarning u yoki bu
turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga tuzgan shartnomalari hisoblanadi.
INNOVATSIYALAR ORQALI MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI
TA’MINLASHNING XORIJ TAJRIBASI VA UNDAN FOYDALANISH
IMKONIYATLARI
B.Qodirjonov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti katta o‘qituvchisi
Iqtisodiy
rivojlanishning
hozirgi
bosqichida
dunyoning
ko‘plab
mamalakatlari raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirishda zamonaviy ilm-fan
yutuqlaridan samarali foydalangan holda, o‘zida fanning turli sohalarini qamrab
olgan ilmtalab ishlab chiqarishni rivojlantirish strategik vazifa sifatida qaramoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda yaratilgan milliy innovatsion tizim iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini oshirib, iqtisodiy o‘sishni yuqori su’atlarga ko‘tarayotganligini
ularning bugungi ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarida yaqqol o‘z ifodasini
topayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy sivilizatsiyasiga nazar tashlaydigan
bo‘lsak, bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichi muammolarsiz, iqtisodiy
tebranishlarsiz yuz bermagan. Shu ma’noda xorij mamlakatlari tajribasini o‘rganish,
tahlil qilish va mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini
inobatga olgan holda ilg‘or tajribalardan unumli foydalanish muhim ahamiyatga
egadir.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish innovatsion rivojlanish
jarayonlarini faollashtirish bilan uzviy aloqada bo‘ladi. Bular ishlab chiqarishga
yuqori texnologiyalarni joriy etish, eng yaxshi iste’mol xususiyatlariga ega hamda
ichki va tashqi bozorlarda xorijiy shu kabi mahsulotlar muvaffaqiyatli raqobatlasha
oladigan innovatsiya mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘lib hisoblanadi.
Iqtisodiyotning innovatsion taraqqiyoti – bu intellektual salohiyat,
ishchilarning kreativ imkoniyatlari, bilimi, tovar yaratishdan tortib iste’molchiga
yetib borguniga qadar barcha bosqichlar demakdir. Ushbu yo‘nalishlardagi
innovatsiyalar korxona strategik rivojlanishining asosiy resursi vazifasini o‘taydi.
Zero, bugungi sharoitda innovatsion, intellektual bilimlarga asoslangan, malakali
ishchi kuchini mujassam etgan yuqori fan sig‘imiga ega texnologik iqtisodiyot
raqobatbardoshdir.
Xorijiy mamlakatlarda davlatning innovatsion siyosatini rag‘batlantiruvchi
turli xil strategiyalar, tashkiliy-iqtisodiy tamoyillar shakllangan va samarali
ishlamoqda.
Innovatsiyalar aslida raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirishning asosiy
omiliga aylandi va bu ko‘p jihatdan ushbu sohada xalqaro raqobatni kuchaytirishga
|
| |