|
“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili” Pdf ko'rish
|
bet | 499/520 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 8,74 Mb. | | #237908 |
Bog'liq 03 04 2024 Yashil iqtisodiyot sari anjuman materiallari to\'plami“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
491
bunga kichik innovatsion korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
dasturlarining joriy qilinganligini ko‘rsatish mumkin.
Buyuk Britaniyaning innovatsion rivojlanish modelining o‘ziga xos ahamiyat
kasb etgan xususiyatlaridan biri, ilmiy ishlanmalarning ko‘proq mudofaa
ahamiyatiga egaligidir. Chunki, harbiy tadqiqotlar bo‘yicha Angliya Yevropa
davlatlari orasida yetakchi, dunyoda esa AQShdan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi
362
.
Angliyada intellektual mulkka egalik huquqi bevosita ta’lim muassasalari
yoki ilmiy-tadqiqot institutlariga berilgan. Shu jihatdan ham olimlarning ilmiy
ishlanmalari uchun oily ta’lim muassasalari mas’ul hisoblanadi. O‘z o‘rnida ilmiy
ishlanmalar keltiradigan foydani taqsimlashda har bir muassasada qat’iy belgilangan
me’yorlardan foydalaniladi.
Iqtisodiy-ilmiy adabiyotlarda Angliyaning ilmiy-tadqiqot ishlanmalari 3 ta
yo‘nalishda shakllanadi. Birinchi yo‘nalish, davlat sektori (amaliy va fundamental
tadqiqot olib boradi), ikkinchi yo‘nalish oily ta’lim sektori (fundamental tadqiqotlar
olib boradi), uchinchisi esa, xususiy sector (amaliy tadqiqot va ishlanmalar olib
boradi va yangi texnologiyalarning iste’molchisi yoki buyurtmachisi bo‘ladi).
Davlat sektoridagi aksariyat ilmiy tadqiqot ishlarini AQSh, Yaponiya, Fransiya,
Germaniya mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik shartnomalari doirasida amalga
oshiradi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Buyuk Britaniyada innovatsion rivojlanish
negizida barqaror iqtisodiy o‘sish omillari to‘liq ta’minlangan bo‘lib, uning ijobiy
jihatlarini
mamlakatimizda
innovatsion
rivojlanishni
takomillashtirishda
foydalanish mumkin.
Germaniya ham mamlakatda innovatsion rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha
eng ilg‘or davlatlar qatoriga kiradi. Ayrim iqtisodiy manbalarda Germaniyaning
innovatsion rivojlanish modelini AQShning “Uch yoqlama spiral” modeliga
o‘xshash jihatlari mavjudligi ta’kidlanadi
363
.
Germaniya
iqtisodiyotining
modernizatsiyalashgani,
ya’ni
yuqori
texnologiyalarga asoslangan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining
ko‘pligi hamda diversifikatsiyalashuv jarayonlarining takomillashuvi bilan ajralib
turadi. Yevropadagi yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqaradigan 10 ta yirik
kompaniyalarning 5 tasi Germaniyada tashkil etilganligini bunga yaqqol misol
sifatida ko‘rsatish mumkin
364
.
Germaniyada innovatsion faoliyatni rivojlantirish orqali milli iqtisodiyot
raqobatbardoshligini oshirishning asosiy jihatlaridan biri – bu ilmiy tadqiqot
markazlari va ta’lim muassasalarining ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirishda
davlat hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Jumladan, oliy ta’lim muassasalari ilmiy tadqiqot
xarajatlari davlatga qarashli 5 ta yirik ilmiy birlashmalar hisobidan
moliyalashtiriladi
365
. O‘z navbatida, Germaniyadagi 20 foiz ilmiy tadqiqot ishlari va
bu sohada ish bilan band bo‘lgan jami iqtisodiy faol aholining 30 foiz
362
Колесова В.П., Осьмова М.Н. Национальные инновационные системы: монография. – М.: МАКС Пресс, 2011.
363
Шахлин В. Германия – это не только высокие технологии // Эксперт, №25, 2010.
364
“Обзор состояния экономики и основных направлений внешнеэкономической деятельности ФРГ в 2014
году” – Торгпредство России в Германии, 2015.
365
Фонд поддержки молодых ученых. Германия. [Электронный ресурс]. – URL:
http://funduma.ru
|
| |