KASB PSIXOLOGIYASINI SHAKLLANISH TARIXI




Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/77
Sana23.05.2023
Hajmi1.4 Mb.
#63860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77
Bog'liq
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya
12-ma\'ruza, 2 –Lobaratoriya ishi Mahsuldor qatlamni-qum suyuqlik yordamida t, 4, Temperament va uning tiplari , Кasbiy psixologiya 2-ma\'ruza, 12-Ma\'ruza, Чиниқулов, Жўлиев, 1- var, 15, Mavzu Neft va gaz konlarini ishlatish texnologiyasi-fayllar.org, EJAR01174, 10-Topshiriq
KASB PSIXOLOGIYASINI SHAKLLANISH TARIXI 
Psixologiyaning 
mustaqil 
sohasi 
sifatida 
kasb 
psixologiyasini 
shakllanishida bir qancha siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-tadqiqiy sabablarning o‘rni 
muhim hisoblanadi. Ular sirasiga quyidagi sabablarni keltirib o‘tish maqsadga 
muvofiqdir. 
1. Totalitar jamiyat sharoitida kishilarning individual psixologik 
xususiyatlari inkor etilgan. Asosiy e‘tibor ishlab chiqarish vazifalarini yechish 
uchun zarur bo‘lgan ishchilarni tayyorlash bilan bog‘liq ijtimoiy buyurtmani 


bajarishga qaratilgan. Siyosiy vaziyatning o‘zgarishi, mafkuraviy qarashlarning 
ommalashuvi natijasida mustaqil ishbilarmonlik faoliyati bilan shug‘ullanish 
imkoniyatining paydo bo‘lishi-mehnatga nisbatan ongli munosabatlarni 
shakllanishiga olib keladi. Bu esa ishchilarning kasbini o‘zgartirishga majbur 
bo‘lganda yangi ish joyini qidirish, o‘zining raqobatbardoshligini tasdiqlash 
uchun xulq-atvorining o‘zgarishiga olib keladi. Rossiyadagi siyosiy va 
mafkuraviy erkinliklar ishchilarda ikkilanish va psixik zo‘riqishni keltirib 
chiqaradi. Ishlab chiqarish munosabatlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, 
og‘ir sharoitlarni o‘zgarishi, ishchilarda stress holatini keltirib chiqaradi. Chunki 
ular birdaniga o‘z kasbiy hayotlari uchun ma‘sul bo‘lib qoladilar. Mehnatga 
layoqatli aholi uchun dolzarb masalalardan biri bu kasbiy hayot ssenariysini 
tanlash, kasbiy rivojlanish, ishsizlik muammosi bo‘lib qoldi. Ammo bu 
muammolarni yechimini topishning imkoniyati yo‘q edi. O‘z navbatida bu 
kishilarda bir-birini psixologik qo‘llab-quvvatlash va bir-biriga ko‘maklashish 
ehtiyojini yuzaga keltiradi. Shunisi ahamiyatliki, psixologiyaning hech bir 
yo‘nalishi bu muammolar bilan shug‘ullanmaydi, bu esa o‘z navbatida mazkur 
muammolarni o‘rganish uchun yangi bir sohaga, ya‘ni kasb psixologiyasining 
shakllanishiga olib keladi. 
2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va undagi o‘zgarishlar, ya'ni dastlabki 
paytlarda iqtisodiy vaziyatlar bir maromda kechayotgan edi. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida yuqori malakali kasbiy jihatidan yetuk raqobatbardosh ishchilarga 
zaruriyat sezilmoqda. Bu esa kasb tanlash, kasbiy layoqatni aniqlash, kadrlar 
faoliyatini baholash va attestasiyadan o‘tkazish, kasbiy rivojlanish yo‘llarini 
belgilash, ishchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalariga 
e‘tiborni qaratish lozimligini anglatadi. Shuning natijasida korxona va 
tashkilotlarda ishchilar uchun rivojlanish bo‘limlari paydo bo‘ladi. Psixologiya 
fani doirasida shaxsning kasb bilan hamkorligi yuzasidan ko‘p tomonlama 
tadqiqotlar olib boriladi. Asosan bu muammolar mehnat psixologiyasi, 
pedagogik psixologiya va yosh davrlar psixologiyasi fanlari tomonidan 
o‘rganilgan. Bu muammolar yechimining metodologik jihatdan asoslanishi 


psixologiya sohasida olib borilgan fundamental ishlarda aks etgan; o‘
Faoliyatning psixologik nazariyasini yaratilishi kasbiy faoliyatga doir 
tadqiqotlar uchun nazariy asos bo‘ladi. o‘ Shaxs 
borasidagi 
differensial 
psixologik konsepsiyaning rivojlanishi, kasbiy tanlov, kasbiy maslahat, kasbiy 
moslashuv professionalizasiyaga doir muammolarni hal qilish uchun asos bo‘ldi.
Mehnat psixologiyasi kasbiy layoqat, kasbiy diagnostika, kasbiy ko‘nikma 
va malakalarning shakllanishi masalalarini o‘rganadi.
Yosh davrlar psixologiyasi shaxsiy va kasbiy rivojlanishi, kasbiy o‘zlikni 
anglashdagi inqirozlarning psixologik xususiyatlari va kelishmovchiliklari 
masalalarini o‘rganadi. Ta'kidlash mumkin-ki, insonning kasblar olami bilan 
hamkorligi to‘planib, psixologiyaning turli sohalarida o‘rganilib borilgan. 
Bugungi kunga kelib, bu bilimlarni bitta ilmiy yo‘nalishi - kasblar 
psixologiyasini shakllantirish uchun sharoit yaratiladi. Shunday qilib, 1990-
yillar boshida siyosiy, iqtisodiy va ilmiy sabablar tufayli psixologiyaning yangi 
sohasi-kasblar psixologiyasi vujudga keldi.
Kasblar psixologiyasining mustaqil fan sifatida shakllanishini 3-bosqichini 
ajratish mumkin.
1. XIX-asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkillashtirishning psixologik 
masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo‘nalishini paydo bo‘lishi, shuningdek, 
psixotexnika taraqqiyotining asosiy masalalari bu mehnat sharoitlari va shu 
usullarini rasionalizasiya qilish, avariya va shikastlanishni kamaytirish, ishlab 
chiqarish ta‘limining shakllanishi masalalariga e‘tiborning kuchayishdir.
2. XX-asr boshlarida mustaqil ilmiy soha mehnat psixologiyasining 
rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalalari, inson psixologiyasining 
mehnatda namoyon bo‘lishi va shakllanishi shuningdek, kasbiy tanlov, kasbiy 
maslahat va mehnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi. 
3. XX-asrning 70-yillarida inson va kasb hamkorligi muammolarining hal 
qiluvchi mehnat psixologiyasi va industrial psixologiyadagi vazifalarning paydo 


bo‘lishi, mehnat psixologiyasining bu sohasi profpsixologiya yoki kasblar 
psixologiyasi deb nomlana boshladi. Kasb psixologiyasi doirasida kasbiy 
maslahat, kasb tanlash, va kasbshunoslik bo‘yicha tadqiqotlar birlashtirilgan. 
Mustaqil ilmiy fan sifatida kasb psixologiyasi yuzaga keldi va bu AQSHlik 
olimlar J. Krites va D. Super ishlarida ko‘zga tashlangan.Ammo chet el tajribasi 
asosida to‘plangan ma‘lumotlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyati 
bo‘lmaydi. O‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va ijtimoiy madaniy 
an‘analar yurtimizda o‘zimizga, millatimizga xos milliy kasb psixologiyasining 
rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. Kasb psixologiyasiga taxminan XX-asrdan 
boshlab asos solinib kelingan. Bunga ko‘proq insonlarni o‘z qobiliyatlari, 
ehtiyojlari, hohish, istaklari, imkoniyatlari, individual xususiyatlari va 
hokazolarni hisobga olmagan tarzda kasblar olami haqidagi bilimlarga ega 
bo‘lmaganliklari natijasida qaysidir ma‘noda ongsiz ravishda kasb tanlashlariga 
sabab bo‘lgan. 
Biroq keyinchalik rus psixologi E. A. Klimov o‘z tadqiqot ishlarida aynan 
shu masalaga, ya‘ni ―kasb tanlash‖, ―kasbga yo‘naltirish‖ kabi masalalarga 
e‘tiborini qaratib, bu borada tadqiqot ishini olib borgan. Xususan, misol sifatida 
Differensial diagnostik so‘rovnoma (DDS) metodikasini ishlab chiqqan. 
YE.A.Klimovdan tashqari ham ko‘p chet el olimlari bu masala bo‘yicha ish olib 
borganlar. Asta-sekin jamiyatda kasb tanlashga nisbatan ongli yondoshishlar 
kuzatila 
boshlandi. 
Ya‘ni ularning barchasi kasb psixologiyasining 
shakllanishiga olib keladi. Kasb psixologiyasining ajralib chiqishi hozirgi kunda 
shaxsning kasbiy mehnatga o‘rganib ketishi emas, balki alohida kasbiy bilim, 
ko‘nikma va malaka hamda umuman kasblar olamiga kirib borishiga asoslanadi.
Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o‘rganadi. 
Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Kasb 
psixologiyasi-mehnat psixologiyasining kasblarni psixologik komponentlarini 
yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo‘yiladigan psixologik talablarni 
o‘rganish hamda ilmiy tahlil hilish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limidan iborat. 


Mutaxassislikning turli ijtimoiy - madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida 
kasbiy xulq muhim ahamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivasion va 
kognitiv sifatlariga e‘tibor berilgan holda kasbiy yutuqlarga asosiy e‘tibor 
qaratiladi. Inson va uning kasbi o‘rtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va 
kasblar olami tuzilmasi o‘rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi. Kasb 
psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning ahamiyatini o‘rganib, shaxsning 
kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy tasavvurlarni 
rivojlanishini, kasbiy etuklik determinantalarini ayniqsa, kasbga kirishish va 
uning hayotga bo‘lgan ta'sirini o‘rganadi. Kasb psixologiyasining muhim 
aspektlari - bu kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, 
qiyinchiliklarini o‘rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan iborat.
Xorijiy manbalarda ham insonning kasbdagi faoliyati va xulq-atvori 
maydoni o‗ziga xos holda belgilanib, ―kasb to‗qimasi‖ yoki ―mental xarita‖ deb 
atalgan. ―Mental xarita‖ - kasbiy faoliyat maydonining mutaxassis joylashishi 
mumkin bo‗lgan ichki olami hisoblanadi. Kasbiy faoliyat maydoni tarkibidan 
kasbiy sohadagi anchagina barqaror ta‘lim, kasbning tavsiyanomasi, uning 
qo‗llanish sohasi, aniq ishchi o‗rniga nisbatan yashovchanligi o‗rin olgan. 
K.Farrenning qarashlariga tayanib aytish mumkinki, talabalar mutaxassis 
sifatida shakllanishi davridayoq yashovchanlik ko‗rsatkichlaridan boxabar 
bo‗lishlari muhimdir. Uning fikricha, yashovchanlik ikki xil ko‗rinishga ega 
bo‗ladi: shaxsning yashovchanligi va kasbning yashovchanligi. Olim shaxs 
yashovchanlik sifatlariga quyidagi ko‗rsatkichlarni kiritadi:
1. 
SHaxs xususiyatlariga munosib kasb tanlash. 
2. 
Bajarayotgan ishga qo‗yilgan talablarga yuqori darajada tayyorlik. 
3. 
Hayoti davomida talim olish va o‗rganishga tayyorlik.
4. 
Madaniyligi, o‗zga kishilar qadr-qimmatini, farqlarini qabul qila 
bilish. 
5. 
Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishni bilish. 
6. 
Bir necha sohalarda kasbiy mahoratni namoyish qila olishi. 


7. 
Yangi loyihalar taqdim qilish tashabbusiga ega bo‗lish. 
8. 
Ishda hamkasblar bilan hamkorlikda ishlash ko‗nikmasiga egaligi. 
K.Farren kasbning yashovchanlik ko‗rsatkichlariga quyidagilarni kiritadi: 
1. 
Kasbning tashkilot maqsadlari bilan chambarchas bog‗liqligi. 
2. 
Boshqa muassasa va ishlab chiqarish sohalari bilan uyg‗unlashish 
imkoniyati. 
3. 
Boshqa kasblarda o‗z kompetentliligi va qobiliyatlaridan 
foydalanish imkoniyati.
4. 
SHaxsiy va moliyaviy taminlanganlik.
5. 
Kasb bo‗yicha shaxslar uyushmasining mavjudligi. 
6. 
Mahoratga etaklovchi bilimga egalik.
7. 
Yoshidan qatiy nazar kasbiy muvaffaqiyatlarda mustaqil bo‗lish . 
Shuningdek, yuqoridagi ikkita yashovchanlik ko‗rsatkichlari bilan bir 
qatorda quyidagi ko‗rsatkichlarni ham keltirib o‗tish joiz: tanlangan ishlab 
chiqarish sohasining ―yashovchanligi‖, ―tashkilotning yashovchanligi‖, ―ishchi 
o‗rnining yashovchanligi‖.
XX asrning boshlarida Amerika va Evropa mamlakatlarida mehnat 
mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini ta‘minlash jarayonida 
yuzaga kelgan bo‗lib, buning natijasida psixologiyaning insonparvarlik 
g‗oyalarini singdirish yuz berdi va natijada shaxs to‗g‗risida zamonaviy 
nazariyalari vujudga keldi. Bunday bog‗liqlik shaxs nazariyasi bilan kasbiy 
rivojlanish psixologiyasi o‗rtasida aloqa o‗rnatishga olib keldi. Oqibatda kasbiy 
rivojlanish muammolarini o‗rganishga turlicha yondoshadigan beshta asosiy 
yo‗nalishi shakllandi. Bular: 1) differensial diagnostik, 2) psixoanalitik, 3) qaror 
qabul qilish nazariyasi, 4) taraqqiyot nazariyasi va 5) tipologik yo‗nalishlar. 

Download 1.4 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77




Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish