• Psixoanalitik yo„nalish
  • Qaror qabul qilish nazariyasi
  • Taraqqiyot nazariyasi
  • Differensial - diagnostik yo„nalish




    Download 1.4 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/77
    Sana23.05.2023
    Hajmi1.4 Mb.
    #63860
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77
    Bog'liq
    Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya
    12-ma\'ruza, 2 –Lobaratoriya ishi Mahsuldor qatlamni-qum suyuqlik yordamida t, 4, Temperament va uning tiplari , Кasbiy psixologiya 2-ma\'ruza, 12-Ma\'ruza, Чиниқулов, Жўлиев, 1- var, 15, Mavzu Neft va gaz konlarini ishlatish texnologiyasi-fayllar.org, EJAR01174, 10-Topshiriq
    Differensial - diagnostik yo„nalish bo‗yicha izlanishlarda shaxsning 
    kasbiy faoliyat samaradorligini ta‘minlash omillariga, kasbga ta‘sir ko‗rsatuvchi 


    individual psixologik xususiyatlarga va kasbga qo‗yilgan talablarga asosiy 
    e‘tibor qaratiladi. SHuningdek, unda kasb tanlashning asosini ratsional va ongli 
    faoliyat tashkil etish to‗g‗risidagi qarashlar o‗z aksini topgan (F.Parkinson). Bu 
    yo‗nalishda kasbiy rivojlanishga psixotexnik yondashuvni tadbiq etilganligi 
    diqqatga sazovordir (G.Myunstenbergning, fikricha, individual sifatlar oddiy 
    ijrochilik operatsiyalarning yig‗indisi hisoblanadi). Leypsig maktabi psixologlari 
    kasbiy ta‘lim uchun eng muhimi individual sifatlarni tarbiyalashdir, degan 
    g‗oyani ilgari surishdi.
    Psixoanalitik yo„nalish vakillari kasbiy rivojlanishning psixodinamik 
    jihatlarini tahlil qilish bilan shug‗ullandilar. Ular kasb tanlash va kasbiy 
    rivojlanish asosida tabiiy ehtiyojlardan tortib kompleks psixodinamik 
    mexanizmlar va shaxs tuzilish instansiyalarigacha bo‗lgan turli xil ehtiyojlar 
    yotadi, degan g‗oya bilan chiqdilar (U.Mozer, L.Zondi, E.Bordin, E.Rou ). 
    Qaror qabul qilish nazariyasi vakillari kasb tanlash jarayonini o‗rganish 
    uchun yo‗nalganlik ustanovkalarini tadqiq etishga e‘tibor qaratdilar. Ularning 
    qarashlariga ko‗ra, har qanday kasbni tanlash kasbiy alternativa va qaror qabul 
    qilishga yo‗naltirilgan tizimdan iborat (X.Tome, G.Ris, P.Siller, D.Tideman, 
    O'Xar). Bu g‗oya vakillari kasb tanlashning sabablari sifatida tanlangan 
    kasbning e‘tiborliligi, kasbiy malakalarni talab qilish darajasi, shaxsning kasbga 
    da‘vogarlik darajasi, kasbiy ustanovlarning realligini e‘tirof etishadi.
    Taraqqiyot nazariyasi yo‗nalishi vakillari rivojlanish nazariyasiga 
    asoslanib ish tutishgan. Bu yo‗nalishning izlanishlari akademik psixologik 
    xarakterga ega bo‗lib, ilk izlanishlar o‗spirinlarni kasb izlashi bilan bog‗liq 
    xususiyatlarini asoslashga qaratilgan edi. Ushbu yo‗nalish vakillaridan 
    D.Syuper, SH.Byuler va E.Ginsbergning ilk ishlariga tayanib, kasbiy rivojlanish 
    bir nechta bosqichlarga ajratiladi: 
    1) vujudga kelish bosqichi (tug‗ilgandan to 14 yoshgacha), kasbiy 
    fantaziyalarga tayanib kasb tanlanadi;


    2) tadqiq etish bosqichi (15-24 yosh), shaxs o‗zining imkoniyatlariga mos 
    kasbni tanlashni niyat qiladi;
    3) konsolidatsiya bosqichi (25-44 yosh), barqaror shaxsiy pozitsiyaga mos 
    kasbiy faoliyat maydoni o‗rnatiladi;
    4) saqlash bosqichi (45-64 yosh). Bu davrda shaxsning kasbiy faoliyati 
    hech qayoqqa og‗masdan aniqlangan kasbiy faoliyat maydoni bo‗yicha kechadi;
    5) pasayish bosqichi (65 yosh). Bu bosqichda yangi kasbiy faoliyat roli 
    paydo bo‗lib, boshqalarning kasbiy faoliyatini kuzatish etakchi o‗ringa chiqadi . 

    Download 1.4 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77




    Download 1.4 Mb.
    Pdf ko'rish