• Mundarija Kirish Boshlangich sinfdagi darslarning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari.
  • Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
  • Kurs ishi himoyasi bo‘yicha komissiya xulosasi




    Download 249.5 Kb.
    bet2/8
    Sana27.02.2024
    Hajmi249.5 Kb.
    #163468
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Ta\'limni tashkil etish shakllari
    2 5262919827776871400, 2-МАВЗУ. Диалектика умумий алоқадорлик, боғлиқлик ва ривожланиш ҳақидаги таълимот. Фалсафада билиш муаммоси. Илмий билиш даражалари, Yer tuzumi va yer islohati maqsadi, Ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bi, ТвСКИ(А13), Ibragimov Jasur. SHIR 2023 24, Geografiya3, operatsion tizimlar 5-amaliy ish, 2-amaliy ish Allamberganov F
    Kurs ishi himoyasi bo‘yicha komissiya xulosasi
    _____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

    Himoya qilingan sana ____________

    Baho natijasi___________________





    Komissiya raisi: ____ _ Z.M.Urazova
    imzo FISh
    A’zolar: 1. ______________________________
    2. ________________________________
    3. ______________________________


    Mundarija
    Kirish

    1. Boshlangich sinfdagi darslarning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari.

    2. Boshlangich sinflarda dars tuzishni uziga xosligi.

    3. Kichik maktab yoshidagi bolalar bilan tabiat kuchogida ukuv mashgulotlarini utkazish.

    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar


    Kirish:
    O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
    strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim
    xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish” vazifalari belgilangan. Mazkur vazifalar ijrosi maktabda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, innovatsion jarayonlarni boshqarish, o‘quvchilarni xalqaro baholash dasturlariga yo‘naltirish, umumiy o‘rta ta’limda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va boshqarishga kompetent menejerlarni tayyorlashni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”giPF-4947-sonli, 2018-yil 21-sentyabrdagi “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5544-sonli, 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmonlari, 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish
    chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli Qarori “Ta’lim menejmenti” fanini
    o‘qitishning metodologik asosi sifatida xizmat qiladi.
    O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borar
    ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib
    kelayotgan avlod va bo‘lajak mutaxassislarning barkamol bo‘lib voyaga yetishlariga alohida e’tibor qaratmoqda. Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan.Tabiiyki,
    hozirgi ta’lim islohatlari sharoitida ham barkamol shaxs tarbiyasi muhim ahamiyat
    kasb etmoqda. Birinchi yurtboshimiz I.A.Karimov ham barkamol avlod tarbiyasi
    haqida gapirar ekanlar “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni,
    mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvalambor
    farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir” - deb alohida ta’kidlagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 29-dekabrdagi
    murojaatnomasida “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans
    poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi
    Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim”, - deydi. “Ushbu maqsad yo‘lida yoshlarimiz o‘z oldiga katta marralarni qo‘yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak berish – barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi zarur.
    O`zbеkiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab o`tgan qisqa vaqt ichida o`zbеk xalqi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda katta yutuqlarga erishdi; o`z tarixiga yangicha tafakkur asosida yondoshish, ulug` ajdodlar qoldirgan boy madaniy, ma'naviy mеrosni o`rganish sharafiga muyassar bo`ldi, milliy g`ururi qayta tiklandi; rеspublikada ilm-fan, jumladan pеdagogika fani yangi taraqqiyot bosqichiga ko`tarilmoqda; o`tmishdagi pеdagogik tafakkur daholarining shuhratini tiklash, ularning g`oyalarini xalq hayotiga tadbiq etishdеk ulug` ishlar amalga oshirilmoqda.
    Asrimizning boshlarida Abdulla Avloniy “Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” dеgan edi. Bu fikr hozirda dеmokratik jamiyat qurayotgan, kеlajakda buyuk davlat barpo qilish niyatida bo`lgan O`zbеkison Rеspublikasi uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
    Kеng pеdagogik ma'nodagi tarbiya ma'lum maqsadga yo`naltirilgan bo`lib, jamiyat tomonidan tayyorlangan, ajratilgan kishilar yoxud o`qituvchilar yoki tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi va turli xildagi o`quv mashg`ulotlari, maxsus o`tkaziladigan bir qator tarbiyaviy tadbirlarni o`z ichiga oladi.
    Ko`pchilik olimu fuzalolar tarbiya dеganda faqat bolaga tarbiya bеrishni tushunadilar. Bizningcha, bu ancha tor tushunchadir. Chunki tarbiyaga faqat bolalar emas, balki kattalar ham muhtojdirlar. Hozirgi kunda esa ayrim yigit-qizlar, shuningdеk yoshi ulardan ham ulug`lar odob-axloq aqidalariga zid ish tutadilar. Bunga dalillar ko`p topiladi.
    Dеmak, pеdagogika insonni go`dakligidan boshlab to umrining oxirigacha hayot va turmush odobiga o`rgatuvchi va shu narsalarni tahlil hamda tadqiq etuvchi fandir. Tarbiya va tarbiyashunoslik haqidagi bu ta'rif ma'no va mazmuniga odamlarning butun umri davomidagi xulq-atvori, odob-axloqi, bu boradagi milliy an'anlarga sadoqat va shularga tarbiyachi hamda tarbiyalanuvchining to`la amal qilishi, milliy qadriyat, ma'naviyat va ma'rifatga hurmat, iymon va vijdon singari go`zal fazilatlar singgan.

    Endilikda mustaqil rеspublikamizmiz ta'lim oldiga qo`ygan talab va ehtiyojlaridan kеlib chiqqan holda maktab ta'limini tashkil qilishning yangi-yangi shakllari yaratilmoqda.


    Sinf - yoshi va bilimi jihatdan bir xil bo`lgan ma'lum miqdordagi o`quvchilar guruhidir.
    Dars dеb bеvosita o`qituvchining rahbarligida muayyan o`quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta'lim mashg`ulotiga aytiladi.
    Dars - o`quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir.
    Dars - o`quv ishlarining markaziy qismidir.
    O`quv yurtlarimiz bosib o`tgan tarixiy davr ichida ta'limni tashkil qilish shakllari o`zgardi, rivojlandi. Hozir o`quv yurtlarimizda qo`llanilayotgan sinf - dars tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib boriladi:
    1. Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko`ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhiga ega bo`ladi.
    2. Dars mashg`uloti asosan 45 minutga mo`ljallangan bo`lib, qat'iy jadval orqali olib boriladi.
    3. Dars bеvosita o`qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi.
    4. Dars o`tilayotgan matеrialning mazmuniga qarab xilma-xil usul bilan olib boriladi, ta'lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim bеradi va navbatdagi bilimlarni o`zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib uyushtiriladi.
    Ayni paytda, o`quv yurtlarimizda ta'limni tashkil qilish shakllari ikki turda olib borilmoqda.
    1. Sinf - dars shaklida olib boriladigan mashg`ulotlar.
    2. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg`ulotlar.
    Jahon boshlang’ich ta’lim
    tizimida turli davrlarda har xil tarbiya jarayoni amalga oshirilgan. Bunda
    turli ijtimoiy murakkab davrlar ham kechganligi va bunday davrlarda
    boshlang’ich ta’limda o’ziga xos tarbiya jarayoni amalga oshirilganligini
    eslatib o’tish joiz. 2019 yil so’nggi choragidan boshlab jahonda COVID-19 pandemiya sharoiti kechib, barcha sohalar qatorida ta’lim jumladan, boshlang’ich
    ta’lim jarayoniga ham salbiy ta’sir ko’rsatdi. Bu salbiy ta’sirning yaqqol
    ko’rinishlari quyidagilarda namoyon bo’ldi: - keskin karantin sharoiti tufayli o’quvchilar maktab ta’limidan cheklanli; - o’quvchilarning amalga oshirilayotgan ilmiy – metodik tarbiya jarayonida uzulish ro’y berdi;
    - o’quvchilarning oila sharoitida uzoq muddatda qolib ketishi va oila
    a’zolarining ularga nisbatan turli munosabatda bo’lishi natijasida amaliy
    tarbiya jarayoni susaydi; o’quvchilarning tarbiyalanish jarayonini to’ldiruvchi muqobil resurslarning mavjud emasligi ma’lum bo’ldi;
    - bularning natijasida o’quvchilarning axloqi, xarakteri va
    munosabatlarida muayyan o’zgarishlar ro’y berdi.
    Bunday ijtimoiy murakkab sharoit ayni shakllanish va rivojlanish
    bosqichida bo’lgan boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiya jarayoniga
    salbiy ta’sir ko’rsatdi. Shu sababli bu tajriba ijtimoiy turakkab
    sharoitlarda tarbiya jarayonini amalga oshirishning metodologik
    asoslarini yaratishni taqoza etdi. Ijtimoiy murakkab sharoitlarda boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini amalga oshirishning metodologik asoslarini biz quyidagicha tasavvur qilamiz: a) ijtimoiy murakkab sharoitlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalash Dasturini ishlab chiqish;
    b) ijtimoiy murakkab sharoitlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarini
    tarbiyalovchi mas’ullar va ularning vazifa hamda majburiyatlarini
    mazkur Dasturda belgilab qo’yish; v) ushbu Dasturda ijtimoiy murakkab sharoitlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalash tizimi asoslari, metodlari texnologiyalari aniq belgilab qo’yish; g) mazkur Dasturda ijtimoiy murakkab sharoitlarda boshlang’ich sinf o’quvchilarining tarbichlanganlik darajasini aniqlash indikatorlarini va uni baholash asoslarini aniq .Haqiqatan ham, bugungi kunda O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash va
    kelajakda istiqlol istiqbolini rivojlantirish, avvalo komil insonlarga bog‘liq. Komil inson O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda o‘z e’tiqodi, g‘ayrat-shijoati, madaniyati, bilimi va ularni tatbiq etish mahorati bilan ajralib turadi. Komil insonni shakllantirishda maktabda, oilada, sog‘lom ma’naviy muhit barqaror bo‘lishiga erishish muhim ahamiyatga ega. Chunki sog‘lom muhit natijasidagina axlokqIy fazilatlar tarkib topadi. Ota-onalar o‘z farzandlarini komil insonlar qilib tarbiyalashi, ularda Vatanga muhabbat, mehnati va fidoyiligi bilan o‘zgalarga foyda keltirish, sadoqat, samimiylik kabi xislatlarni kamol toptirishga xizmat qiladi. Farzandlarimizning bunday insonlar bo‘lishida oilaning totuvligi, ota-onaning o‘zaro mehr-muhabbati ham samarali ta’sir ko‘rsatadi. Kishi o‘z hayotida axloqiy kamolotga qanchalik ko‘p intilsa, shunchalik o‘z xato-kamchiliklarini anglab boradi. Hadisi shariflardagi axloqqa oid ibratli, maslahatlar, hikoyatlar, asrlar davomida ajdodlarimiz hayotida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an’analar Beruniy, Forobiy,
    Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Navoiy, Bobur singari buyuk allomalar, olimlar,
    yozuvchilarning axloq haqidagi ko‘plab fikr-mulohazalari bugungi kunda ham oilaviy hayot uchun, har bir inson uchun qadr-qimmatini yo‘qotmagan muhim tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. Jumladan, Amir Temur axloqi husniya - yaxshi xulqlar egasi bo‘lgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida odamlarni ishga tayinlashda ham,vazifasidan ozod etishda ham shoshmashosharlik va adolatsizlikka yo‘l qo‘ymagan, balki yetti o‘lchab bir kesgan. Amir Temur singari jahon ma’naviyati saltanatida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lgan buyuk bobokalonlarimizning axloq, go‘zal xulq haqidagi fikrlari bugungi kun talabi bilan yozilgandek tuyuladi. “O‘g‘illarim! Millatning ulug‘ martabasini, saodatini saqlamoq uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o‘qing, aslo unutmang va tatbiq eting. Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir. Zaiflarni qo‘riqlang, yo‘qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo‘lsin”.
    Ismoil Al-Buxoriy “Axloqning yaxshi bo‘lishi, taomning pokizaligi, rostlik va
    omonatga xiyonat qilmaslik shart, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo‘lsang ham zarari yo‘qdir”, – deb yozadi. O‘rta Osiyo mutafakkirlarining axloq haqidagi fikrlari, o‘gitlari shunday kuchga egaki, ular o‘quvchilar qalbida insoniylik urug‘larining unib chiqishiga, katta hayot yo‘liga olib chiqishga yordam qiladi, ma’naviy kuch-quvvat beradi. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy kabi ulug‘ mutafakkirlarning axloqiy qarashlari va qadriyatlardan mustaqil O‘zbekiston istiqlolini mustahkamlashda, o‘quvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirishda, kundalik turmushimizda keng foydalanishimiz
    maqsadga muvofiqdir. Abu Ali ibn Sinoning axloq haqidagi qarashlari uning shoh asarlari bo‘lmish “Tib qonunlari”, “Ash-shifo” va boshqa asarlarida ham o‘z ifodasini topgan. Ibn Sino ta’limotiga ko‘ra, odamga do‘st tutinishning uch xil yo‘li bor: “Birinchidan, har qanday qiyinchilik bo‘lishiga qaramay, kishi o‘z do‘stini falokatdan qutqarishni, ikkinchidan, g‘oyaviy yaqinlik va dunyoqarashlar umumiy bo‘lgan chinakam va doimiy do‘stlikni va uchinchidan esa kishining mansabi, puli yoki mavqeiga qarab o‘zining shaxsiy manfaatini qondirish ko‘zda tutilgan do‘stlik bo‘ladi”, – deb ta’kidlaydi Ibn Sino. Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilik” dostonida hokim bilan xalq o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar masalasiga e’tibor beradi. Uning fikricha, agar beklar tabiatan ezgu bo‘lsalar, barcha fuqarosi boyiydi, olam guliston bo‘ladi. Shuningdek, “Hamma narsaning qoidasi, tartibi, ta’limi bor, tartib, odob qoidalarini to‘g‘ri tutsa, kishining yuzi yorug‘ bo‘ladi”, – deb ta’kidlaydi.
    O‘tmishda ajdodlarimiz insonning psixologik qonuniyatlarini, ta’lim tarbiya
    masalalarini muayyan ilmiy yo‘nalishda o‘rganmagan bo‘lsalarda, biroq allomalarning qo‘lyozmalarida mazkur holatlarning namoyon bo‘liish, inson kamoloti borasidagi qimmatli fikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat kasb etadi.
    Jumladan, Abu Nasr Forobiy pedagogika masalalarini va ular bilan bog‘liq
    bo‘lgan psixologik, fiziologik pedagogik muammolarni ijobiy hal etishda insonni har
    tomonlama yaxlit va o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan qismlardan iborat, deb aytadi.
    Forobiy mavjudotni bo‘lishda ilm-fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, uningcha inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tugilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, ma’naviyligi, ruhi, intellektual va axloqiy xislatlari, xarakteri, dini, urfodatlari, ma’lumoti tashqi muhit, boshqa insonlar va shu kabilar bilan muloqotda vujudga keladi, inson o‘z faoliyati yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi.
    Uning aqli, fikri, ruhiy yuksalishyning eng etuk mahsuli bo‘ladi, deb ta’kidlaydi.
    Abu Rayhon Beruniy ta’lim va tarbiyaning maqsadi, vazifalari va mavqei, inson,
    yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlar chin ma’noda insonparvarlik va
    insonshunoslik zamirida yaratilgan. Bilim va tarbiyaning tabiatga uyg‘unlik
    tamoyillarini mutafakkirning barcha asarlarida kuzatish mumkin. U insonni tabiatning bir qismi deb ta’kidlaydi. Beruniy ta’lim jarayonining tabiatiga chuqur kirib borib, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish asosida qurilgan o‘qitish tabiatga uygunligini uqtiradi. Beruniy pedagogik ijodida inson va uning baxt-saodati, ta’lim-tarbiyasi, kamoloti bosh masala bo‘lganO‘rta asrda yashab, ijod etgan donishmand, tabobat ilmining dohiysi Abu Ali ibn
    Sino inson ruhiyati, tana va qalbning birligi, inson organizmining tuzilishi, undagi nerv faoliyati va ularning tarmoqlanishi, holatlari haqidagi qimmatli ma’lumotlari hozirga qadar tibbiyotning muhim negizini tashkil etadi.
    Yusuf Xos Xojib ijodining bosh masalalaridan biri – komil insonni tarbiyalashdir.
    Adib o‘z asarlarida eng komil, jamiyatning o‘sha davrdagi talablariga javob bera
    oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo‘lsa, shu asosda u o‘z tamoyillarini izchil
    bayon etadi. «Qutadg‘u bilig» («Saodatga yo‘llovchi») asari ta’lim va tarbiya,
    ma’naviy kamolotning yo‘l-yuriqlarini, usullarini, chora tadbirlarini o‘zida
    mujassamlashtirgan, axloq va odobga doir ma’naviy manbadir.
    Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», «Xirandnomai Iskandari», «Tuhfatul
    ahror» va boshqa asarlarida ilm-ma’rifat. ta’lim-tarbiya, kasb- hunar o‘rganish, inson ijobiy fazilatlari haqidagi fikrlari ifodalangan. Alisher Navoiyning «Xazoyinul maoniy», «Mahbubul qulub» va boshqa shu
    singari asarlarida etuk, barkamol insonning axloqi, ma’naviyati, o‘zgalarga
    munosabati, iste’dodi va qobiliyati to‘g‘risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu psixologik mezonlar ijtimoiy adolatning qaror topishi uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan. Shuningdek, Navoiy asarlarida yosh avlodni barkamol inson sifatida shakllanishida ota-onaning roli, ayollarning iffatliligi, kishilarning kamtarligi haqidagi fikr-mulohazalari alohida o‘rin egallaydi.
    Navoiy «Xamsa»sining har bir dostonida bukilmas iroda, qat’iyatlilik, itoat,
    insonparvarlik tuyg‘ulari, ijodiy xayolot, insonning murakkab ichki kechinmalari
    mohirona yoritilgan. Shuningdek, bu borada Mashmud Qoshgariy, Ulugbek,
    Naqshbandiy, Ogahiy singari buyuk harq mutafakkirlarining yoshlar tarbiyasiga,
    o‘qituvchi, tarbiyachining jamiyatdagi o‘rni, axloq-odob, fe’l-atvor, oilaviy hayot,
    kishilararo munosabatlarga doir qarashlari ularning asarlarida ravon va ixcham bayon etilganligini ta’kidlash mumkin. Tarbiyaviy ishlar jarayonida barkamol avlodni tarbiyalash muhim o‘rin tutadi. Aniq maqsadga qaratilgan tarbiya ishida jamoaga va ba’zi bir talablarga ta’sir qilishini tashkil etish tarbiyaviy ishlarning asosini belgilaydi

    Download 249.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 249.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishi himoyasi bo‘yicha komissiya xulosasi

    Download 249.5 Kb.