1savol geofizika




Download 139.14 Kb.
bet1/34
Sana13.01.2024
Hajmi139.14 Kb.
#136770
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
SAVOLLARGA JAVOBLAR GEOFIZIKAGEOKIMYO
Fayllar tizimida ishlash test, pedagogik texnalogiya, HTML QOLLANMA, kenguru 2012 class 2, 3 kurs ekanomika, Kompyuter kimyo, Raqamli hisoblash mashinasi - Vikipediya, Sana 14-mart Sinf 8,,B’’ Fan Chizmachilik Mavzu Modelning be, 00 Бизнес режа нима, jadval bo`yicha, optika, bayonnoma 2 ko`chirma, Asinxron mashinalar, 2022 Fermentlar maruza (2), Academic-Data-341201109566 (1)

1SAVOL
Geofizika — Yer sharining umumiy fizik xossalarini, uning qattiq, suyuq va havoqatlamlaridagi jarayonlarni oʻrganadigan fanlar majmui. Uchta katta boʻlim: Yer fizikasi,gidrofizika va atmosfera fizikasidan iborat. Geofizikaning xususiy usullari xilma-xil boʻlib, ularqattiq, suyuq va havo qatlamlarining xususiyatlarini oʻrganish bilan bir-biridan farq qiladi.Geofizikaning bevosita Yerni oʻrganish bilan shugʻullanadigan qismi amaliy va umumiyboʻlimlardan iborat. Amaliy Geofizikaga elektr razvedka, seysmik razvedka, gravimetrikrazvedka, magnitrazvedka, radiometriya usullari kiradi; ular foydali qazilma konlarini qidirishga
karatilgan. Umumiy Geofizika esa Yerning ichki, ustki qatlamlaridagi fizik maydonlar vajarayonlarni oʻrganadi. Umuman Geofizikaning ayrim sohalari bilan ilmiy nuqtai nazardan shugʻullanish 16-asr oxirlaridan boshlangan. 19-asr oʻrtalarida Geofizika mustaqil fanga aylandi,20-asr 40—60 yillariga kelib izchil sistema sifatida shakllandi. Oʻzbekistonda Geofizikaning
vujudga kelishi 1867-70 yillarda Toshkentda fizik rasadxona ochilishi bilan boshlandi. Geomagnit oʻlchashlar 1871 yildan marshrutlar boʻylab oʻtkazilgan, 1877 yildan esa muntazam ravishda rasadxonada olib borilgan. 1901 yilda Toshkentda Oʻrta Osiyoda birinchi seysmik stansiya ochildi, 1928 yilda magnit rasadxona tashkil etildi. 1930-40 yillarda Oʻzbekistan barcha
hududlarining magnitometrik va gravimetrik haritalari tuzildi. Atmosfera fizikasi sohasidagi dastlabki muhim natijalar 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida olindi. Birinchi marta atmosfera sirkulyatsiyasi, siklonlarning taraqqiy etish nazariyalari ishlab chiqildi. 20-asr 40-yillari oʻrtalaridan boshlab Geofizikaga doyr ishlar kompleks rivojlana boshladi. Gaz va neft chiqishi ehtimoli bor joylar oʻrganildi (Yu. N. Godin, B. P. Lebedev, I. I. Kreynes, M. V. Muxin va b.). Rudaga boy joylarning oʻrganilishi natijasida Buxoro — Xiva hududida, Fargʻona va Surxondaryo vodiylarida qimmatbaho qazilma boylik konlari aniqlandi. 40-yillar oxiridan boshlab chuqur seysmik zondlashning nuqta usulini qoʻllab izlanishlar oʻtkazildi. 50-yillar oxirida uzluksiz profillash tartibidagi chuqur seysmik zondlash usuli ishlab chiqildi va Oʻrta Osiyoning koʻp qismida shu usuldan keng foydalanildi. 50-60-yillar oʻrtalarida neft va gaz konlarini izlash bilan birga chuqur parmalash loyihalari tayyorlandi (B. B. TalVirskiy, I. S. Volvovskiy, A. M.Kolpakov, T. L. Bobojonov, V. V. Rubo va boshqa). Kibernetika fanining taraqqiy etishi, Yer sunʼiy yoʻldoshlarining uchirilishi Geofizika fanining jadal rivojlanishiga sabab boʻldi.

Download 139.14 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Download 139.14 Kb.