O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI
NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
"KIMYO O‘QITISH METODIKASI" KAFEDRASI
5110300 - «Kimyo o‘qitish metodikasi» bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 4 "V"- guruh talabasi Qurbanbayeva Saodat Xudaybergan qizining
"Kimyo o‘qitish metodikasi" fanidan
KURS ISHI
Mavzu: " Kimyoviy muvozanat " mavzusini axborot texnologiyalari asosida o‘qitish metodikasi
Ilmiy rahbar: Aymurzaeva L.
Kafedra mudiri: Kabulova L.
Nukus - 2023
MUNDARIJA
Kirish 2
I bob. Nazariy qism 6
1.1. Kimyo fanini o‘qitishda texnik vositalardan foydalanishning psixologik – pedagogik asoslari. 6
1.2. Ta’lim tizimini axborotlashtirish va uni joriy qilishning ilmiy-metodik asoslari 6
1.3. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning afzalligi 9
1.4. Ta’limni kompyuterlashtirish muammolari 13
II bob. Asosiy qism 18
2.1. Kimyoviy muvozanat. Kimyoviy muvozanat va unga ta'sir etuvchi omillar 18
2.2. Kimyoviy muvozanat mavzusini axborot texnologiyalari asosida o'qitish metodikasi 24
2.3. Pedagogik natijalar 26
Xulosa 31
Foydalanilgan adabiyotlar 32
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim maktablarida ushbu fanlarni o‘qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ushbu yo‘nalishlarga malakali o‘qituvchi-murabbiylarni jalb etish, kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida:
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik), Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, kimyo, farmatsevtika, neft va gaz sanoati korxonalari, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha uzoq yillik tajribaga ega ustoz-murabbiylar, o‘qituvchi va ilmiy xodimlarning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Kimyo va biologiya yo‘nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan 47 ta professional ta’lim muassasalariga ishlab chiqarish korxonalarini biriktirish;
oliy ta’lim muassasalarida kimyo va biologiya yo‘nalishlarida samarali o‘quv jarayonini tashkil etish, fanlarni rivojlantirish uchun ularning 74 ta kafedralariga 11 ta Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish.
Tashkil etiladigan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarga oliy ta’lim muassasalarining kafedralari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Kimyo va biologiya yo‘nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan professional ta’lim muassasalariga ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
Oliy ta’lim muassasalari kafedralariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
2020 — 2025-yillarda kimyo va biologiya yo‘nalishida uzluksiz ta’lim sifatini hamda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlari natijadorligini oshirish bo‘yicha maqsadli dastur (keyingi o‘rinlarda — Maqsadli dastur) 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.[1]
Bundan 3500 yil oldin Konfutsiy “Eshitganimni yodimdan chiqaraman, ko‘rganimni eslab qolaman, mustaqil bajarsam tushunib etaman” degan fikrni bidirgan. Ta’limda axborot hamda pedagogik texnologiyalarni qo‘llaganda talabao‘quvchi eshitish, ko‘rish, korganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Zamonaviy axborot texnologiyalari, oquv-tarbiya jarayonlarining barcha bosqichlarini jadallashtiradi. Bunda axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida, ta’lim jarayonining sifati va samaradorligi ortishi, o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashuvini, fanlararo aloqalarning chuqurlashuvini kuzatish mumkin. Didaktika nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadigan, axborot texnologiyalarini joriy etish orqali samaradorlikga erishiladigan metodik maqsadlarga:
• o‘qitish jarayonini individuallashtirish va differensiyalash;
• teskari aloqa bilan o‘quv faoliyati nazoratini olib borish;
• o‘z-o‘zini nazorat qilish;
• o‘quv materialini o‘zlashtirish jarayonida mashq qilish va mustaqil tayyorgarlikni tashkil etish;
• o‘quv vaqtini tejash;
• o‘quv axborotlarni kompyuter orqali vizuallashtirish;
• o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish;
• komp`yuterda laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish;
• axborot ma’lumotlar bazasini yaratish va undan foydalanish;
• o‘qishga qiziqishni orttirish;
• o‘quvchini o‘quv materialini o‘zlashtirish strategiyasi bilan qurollantirish;
• fikrlashni rivojlantirish;
• optimal qaror qabul qilish malakasini shakllantirish;
•o‘quvchida axborot madaniyatini shakllantirish kabilarni kiritish mumkin.
Zamonaviy axborot texnologiyalari mikro va makro dunyodagi, murakkab qurilmalar va biologik tizimlardagi hodisa va jarayonlarni komp`yuter grafikasi va modellashtirishidan foydalanish asosida o‘rgatish, juda katta yoki juda kichik tezlikda sodir bo‘ladigan fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarni qulay vaqt o‘lchamida taqdim etish kabi yangi didaktik masalalarni yechishga yordam beradi.
Axborot-kommunikasiya texnologiyalari (AKT) biznes, iqtisodiyot, sayohat, nashriyot, ta’limning asosiy sohalarida tubdan o‘zgarishlarga olib keldi. AKT globallashuvga ta’sir etadigan, butun dunyoni yagona yaxlit qiladigan kuch va imkoniyatlarga ega. AKTni o‘quv jarayoniga integrasiyasi yangi imkoniyatlar yaratadi hamda o‘qituvchilar oldida yangi vazifalar qo‘yadi. Biz bo‘r va sinf taxtasidan foydalanish usulini proyektorlar, yanada dinamik texnologiyalar, axborotni izlash va u bilan ishlash, axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishga alamashtirishimiz kerak.
|