Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «tuproqshunoslik va geografiya»




Download 1.34 Mb.
bet19/38
Sana26.06.2021
Hajmi1.34 Mb.
#15179
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38
4-rasm.Sterilizatsiya jihozi
Maxsulotni saqlashda ro‘y beradigan isrofgarchilik ikki turga bo‘linadi: 1) miqdoriy isrofgarchilik; 2) sifat o‘zgarishlariga aloqdor isrofgarchilik. Isrofgarchilik turlari ko‘pincha bir-biriga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni uyum sifatining aynishi miqdor kamayishi bilan qo‘shilib boradi yoki buning aksi kuzatiladi.

Sifat o‘zgarishdagi isrofgarchilik. Ma’lumki, saqlash to‘g‘ri tashkil etilganda mahsulot sifati buzilmaydi. Isrofgarchilik saqlash muddatining cho‘zilishi bilan bog‘liq bo‘lib, mahsulotning saqlanuvchanlik muddati o‘tganidan keyin ro‘y beradi.

Ko‘pgina o‘simlik maxsulotlari to‘g‘ri saqlashning boshlang‘ich davrida to‘liq etilish jarayonini o‘tab, ularning oziq-ovqat yoki unuvchanlik xususiyatlari yaxshilanadi. Ma’lumki, hosil yig‘ib olingandan keyingi etilish pomidor, olmaning qishki navlarini to‘liq pishishida namoyon bo‘ladi.

Maxsulotlarni saqlashda sifat ko‘rsatkichlarining pasayishi noqulay jarayonlar oqibatida amalga oshadi; aksincha va mahsulot turlarida unish, ularga mikroorganizm yoki xasharotlarning ta’siri, buzilishi, kemiruvchi va qushlar tomonidan ifloslanishi, shuningdek shikastlanishi natijasida ro’y beradi.

Xalq xo‘jaligining barcha bo‘g‘inlarida maxsulot zaxiralarini nobudgarchilikka yo‘l qo’ymasdan saqlash muxim vazifa hisob­lanib, mustahkam material texnik bazasi va malakali mutaxassislar yetarli bo‘lishini talab etadi. Mamlakatimiz xalq xo‘jaligining turli soxalarida meva-sabzavot maxsulotlarini sifatli saqlash va dastlabki ishlov berishni ilmiy asosda tashkil qilish va ishini puxta bilgan tovarshunos, iqtisodchi, hosilot texnolog va mexaniklar tomonidan amalga oshirilib boriladi.

Qishloq xo’jaligida meva-sabzavot maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlov berishni tashkil qilishga mutasaddi bo‘lgan mutaxassislar oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan:

maxsulotlarni imkon boricha yo‘qotmaslik hamda sifat o’zgarishidagi isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik;

saqlanayotgan davrda tegishli texnologik usul va tartiblarni qo‘llab, maxsulot zaxiralarining sifatini yanada oshirish;

kam mehnat va sarf-xarajat qilib, maxsulotlarni iqtisodiy jihatdan samarali saqlash lozim.

Shuningdek iqtisodiy masalalar muhim hisoblanadi, chunki ba’zi maxsulotlarni saqlash va dastlabki ishlov berishda sarf xarajatlar maxsulot ishlab chiqarishdagi qiymatdan oshib ketadi. Bu esa xarajatlarni kamaytirish sifat o‘zgarishidagi isrofgarchiliklarga uzviy bog‘liqligini anglatadi.






    1. Download 1.34 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38




Download 1.34 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «tuproqshunoslik va geografiya»

Download 1.34 Mb.