Iqtisodiyot nazariyasi




Download 305.08 Kb.
bet1/31
Sana25.05.2023
Hajmi305.08 Kb.
#64608
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi
Презентация1 DURDONA, Normativ makroiqtisodiyot

ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI”
fanidan testlar toplami
Jo‘rayev T.T. “Iqtisodiyot nazariyasi ” fanidan testlar to‘plami. – T.:
TMI, 2014. – 316 b.
Mazkur testlar to‘plami “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining amaldagi
dasturi asosida tuzilgan. To‘plamga kiritilgan har bir test savoliga shu
muammoning tub mohiyatini bilib olish imkoniyati darajasida javoblar
berilgan.
Test tuzishda nazariy xulosalarni amaliyot bilan bog‘lash va
talabalarda yangicha iqtisodiy fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish
zarurligi ham hisobga olingan.
Mazkur to‘plamdan “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan tashqari
“Iqtisod asoslari”, “Bozor iqtisodiyoti nazariyasi va amaliyoti”,
“Mikroiqtisod” va “Makroiqtisod” fanlaridan talabalarning bilimini
reyting tizimi orqali baholashda ham keng foydalanish mumkin.
Testlar to‘plami Toshkent Moliya instituti O‘quv-uslubiy
Kengashining 2014-yil 28-maydagi majlisida muhokama qilingan va
nashrga tavsiya etilgan (qaror №6).
Taqrizchilar: X. P. Abulqosimov – O‘zbekiston milliy universiteti
“Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi
professori, i.f.d.
R. R. Xasanov – TMI “Iqtisodiyot nazariyasi”
kafedrasi professori, i.f.d.
3
Kirish
Bozor iqtisodyoti talablariga mos, yuqori kasbiy tayyorgarlikka
ega iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlash tegishli fanni o‘qitish va
ularning mazkur fanlarni o‘zlashtirish darajasini baholash uchun turli
muqobil usullardan foydalanishni taqozo etadi.
Xususan, testlar o‘qitish va talabalar bilimini zamonaviy kompyu-
ter texnologiyalaridan foydalanib, obyektiv baholash imkonini berishi
bilan birga ularda real voqelikni, iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va
tegishli xulosalar chiqarish hamda bilganlarini mustaqil bayon qilish
uchun shart-sharoit yaratadi.
O‘qitishning har qanday usulida talabalarning mustaqil fikr yuritishi,
iqtisodiy hodisalarning amalda yuz beradigan turli muqobil variantlari
ichidan eng maqbulini tanlay olishi ta’lim tizimiga qo‘yilayotgan muhim
talablardan biridir. Bunda ta’limning muhim vazifasi fanlarning mantiqiy
mazmuniga talabalar tayyorgarligi darajasidan kelib chiqib, o‘qitishning
turli usul va vositalarini oqilona uyg‘unlashtirishdan iboratdir.
Taraqqiyotning o‘zi bir tomondan, fanni chuqur o‘zlashtirishni
zarur qilib qo‘ysa, ikkinchi tomondan, o‘qitishning turli tuman yangi
usullarini qo‘llash, bu jarayonda texnik vositalardan va kompyuter texno-
logiyalaridan foydalanishni takomillashtirish orqali bilim olishni sodda-
lashtirish va osonlashtirish hamda uni qiziqarli jarayonga aylantirishni
taqozo qiladi. Kompyuter texnologiyalari yordamida bir vaqtning o‘zida
masalani mantiqiy mushohada qilish va ular tafakkurida jonlantirish
talabalarning puxta bilim olishlariga imkon yaratadi.
Mazkur to‘plamda berilgan testlar savollariga muqobil javoblardan
to‘g‘risini topish barobarida qo‘yilgan masalaning mohiyati va iqtisodiy
mazmunini yana bir bor tafakkurda jonlantirish talabi ham hisobga
olingan. Shularni hisobga olib, qo‘llanmada iqtisodiyot nazariyasi
fanidagi har bir mavzuga kiritilgan masala bo‘yicha beshta savoldan
iborat testlar va oxirida javobi berilgan.
Testlar to‘plamini tayyorlashda fanning amaldagi o‘quv dasturi
doirasida “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan mavjud darslik va o‘quv
qo‘llanmalar, Respublikamizda bu borada qabul qilingan qonunlar,
me’yoriy hujjatlar, Prezidentimiz asarlaridan, mamlakatimiz iqtisodiy
hayotiga tegishli rasmiy statistik ma’lumotlardan keng foydalanilgan.
Mazkur qo‘llanma talabalarga fanni puxta o‘zlashtirishlari uchun
yordam bersa, professor-o‘qituvchilarga dars jarayonini va mustaqil
ta’lim olishni zamonaviy interfaol usullarini qo‘llab, tashkil etish
imkonini yaratadi.
4

Download 305.08 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Download 305.08 Kb.