• 1.1. BURHONIDDIN MARGʼINONIYNING “AL-HIDOYA” ASARI MUHIM FIQHIY MANBA Muhammadiyeva Gulnoza
  • Международный научный журнал № 7 (100), часть 1




    Download 1.83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/42
    Sana07.02.2024
    Hajmi1.83 Mb.
    #152527
    TuriИсследование
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
    Bog'liq
    Тухтаев Ж. Т
    Bolalar sporti asoslari, urtica-dioica-o-simligi-haqida, AQC1O1ATtkVzg4NHRJmD0KyjTtcTvwsFkNubqlwe (1), Tikuv buyumllari ishlab chiqarish texn-si, 769920, Jummayev Azamat (tarix o\'qitish metodikasi), 14, talaba-varaqasi-340191105388, 11111111111111111111111111111111184444048, 11000, c-da-massivlar-bilan-ishlash, 3-ma`ruza, 711111111, Ариза анкета ижара ЛОТИН, Jaxoning Ekologiya хаvfsizligi4444
     


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    887 
    1.1. BURHONIDDIN MARGʼINONIYNING “AL-HIDOYA” ASARI MUHIM FIQHIY MANBA 
     
    Muhammadiyeva Gulnoza 
    O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi 2-kurs magistranti
     
    O‘rta Osiyoda fiqh sohasini rivojlanishida Burhoniddin Marg‘inoniyning o‘rni beqiyos 
    hisoblanadi. Buyuk faqih va imom 1123-yilda Rishtonda tavallud topgan. Dastlab otasi 
    Abubukr ibn Abduljalildan, so‘ng buyuk alloma Simom Bahouddin Ali ibn Muhammad 
    Asbijobiydan tahsil olgan. Manbalarda aytilicha: “al-Marg’inoniy o’z oilasi tarbiyasida o’sib, 
    eng mashhur va iqtidorli olimlardan dars olib, yuksak iste’dodi va izchil faoliyati tufayli 
    Hanafiy mazhabi bo’yicha buyuk faqih va mujtahid darajasiga ko'tarilib, shayxul-islom 
    laqabiga sazovor bo'ldi”.
    54
    U al-Quduriy va Muhammad ash-Shayboniy asarlarini o‘rganib, 
    “Bidoyat ul-mubtadiʼ” (“Boshlovchilar uchun qo‘llanma”) asarini yozdi. Ammo bu asarni 
    foydalaniuvchilar amaliy jihatdan qo‘llashi juda qiyin edi. Shu sababli, u “Kifoyat ul-
    muntahiy” (“Yakunlovchilar uchun tugal maʼlumot”) nomli asar yozdi. Keyinchalik bu kitob 
    asosida “Kitob al-Hidoya” asarini yaratdi. “Hidoya”da huquqiy masalalarning yechimi 
    dastlab yirik fiqh olimlari fikrlarining bayoni va unga boshqa mualliflar eʼtirozlari yoki 
    qo‘shilishlarini izhor etish yo‘li bilan berilgan. Ana shu obro‘li mualliflar fikrlaridan kelib 
    chiqib, muayyan masalada eng maʼqul yechimni tanlab olish yo‘liga amal qilingan. Shu 
    tariqa unda qonunning aynan ifodasigina emas, balki uning mukammal sharhi ham asoslab 
    keltiriladi.
    55
    Uning fiqh ilmida mashhur bo’lishi, buyuk nazariyotchi va shariat 
    asoschilaridan biri al-Quduriyning asarlarini mutolaa qilishi asosida amalga oshdi. 
    56
     
    Abdulhay Naknaviy: “Uning nasabi Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuga borib taqaladi”, deb 
    ta’kidlagan. U allomani madh qilib, quyidagi iboralari bilan tanitadi: «Imom al-Marg’inoniy 
    faqih, Qur’on hofizi, muhaddis, mufassir, barcha ilmu fanni o’rganib o’zlashtirgan iqtidorli 
    ustoz, o’tkir nazar bilan tekshiruvchi va diqqat bilan ish yurituvchi zohid, muttaqiy, mahorat 
    va fazilatlar egasi, usuliy ilmu adabda misli ko’rilmagan adib va shoir, ilmul-xilof va mazhab 
    sohalari bo’yicha yuksak salohiyatga ega bir zot edi».
    57
    Abu Farros al-G’assoniy “Hidoya” 
    muallifining tarjimai holi haqida yozilgan “Favoidul bahiya”da shunday yozganlar: “Hidoya” 
    sohibini Kamol Bosho, o’zining yorqin fikri bilan ba’zi rivoyatlardan ba’zisini afzal ekanini 
    ajratishga qodir bo’lgan “Ashobi tarjih”da ular tabaqasidan deb zikr qilganlar. Ushbu 
    so’zlari davomida Burhoniddin Marg’inoniyni qozixon darajalaridan past bo’lmaganini 
    ta’kidlab: “Dalillarni topish va masalalarni yechishda katta qobiliyat egasi bo’lmish bu kishi, 
    mazhabdagi mujtahidlikka haqliroqdir”, deya Burhoniddin Marg’inoniyni mazhab 
    54
    Abdulhakim Shar’iy Jo’zjoniy. Islom huquqshunosligi “Toshkent Islom universiteti” nashriyoti, 2002 yil, 
    182-196 betlar. 
    55
    https://kh-davron.uz/yangiliklar/muborak-kin/burhoniddin-marginoniy-hidoya-va-boshqa-asarlaridan-parchalar.html 
    56
    Hoji Ismatulloh Abdulloh “Markaziy Osiyoda islom madaniyati”. “Sharq” nashriyot-matbaa aktsiyadorlik 
    kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent 2005 y.
    57
    “Hidoya” kitobi. 1- juz 1990 yil.Bayrut: Ilmiy kitoblar uyi, 3-bet.


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    888 
    mujtahidlaridan sanashlikni sog’lom aql egasining ishi deydilar.
    58
    “Hidoya” to‘rt juzdan 
    iborat bo‘lib: Birinchi juzga ibodat masalalari kiritilgan, bular: tahorat, namoz, ro‘za, zakot 
    va haj kitoblaridir. Ikkinchi juzga nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan 
    bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak 
    yo‘qolganlar, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalar kiritilgan.Uchinchi juzda esa oldi-
    sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga o‘tkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, 
    berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, daʼvo, iqror bo‘lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik 
    bo‘lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg‘a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan 
    ozodlik berilgan qullar, voliylik (patronat), majbur qilish, homiylik, qisman ozod bo‘lgan 
    qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar o‘rin olgan.
    To‘rtinchi juzda esa shafoat, meros taqsimlash, dehqonchilik hamda bog‘dorchilik 
    xususida shartnoma, qurbonlikka so‘yiladigan jonzod haqida, umuman qurbonlik qilish 
    haqida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq yerlarni o‘zlashtirish xususida, 
    taqiqlangan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi 
    to‘lash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan. “Hidoya”da shariat qoidalarining aynan o‘zigina 
    emas, balki ularning mukammal asos va dalillari ham asl ravishda berilgan. 
    “Hidoya” so’zi 
    arabchadan tarjima qilinganda, yoʻllanma degan ma’noni bildiradi. Asarning to’liq nomi 
    "Hidoya fi furuʼ al-fiqh" — "Fiqh sohalari boʻyicha yo’llanma") bo’lib, hanafiylikyda muhim 
    fiqhiy manba hisoblanadi. Bu asar 13 yil davomida yozilgan. Qoʻllanmani yaratishda Qur’on 
    oyatlariga, sahobalar va tobeʼinlarning rivoyatlariga, hadislar, mazhab asoschilarining 
    asarlariga tayanilgan. “al-Hidoya” asari 4 jild, 57 kitob, 165 bob, 152 fasldan tashkil 
    topgan.
    59
    Burhoniddin Margʻinoniyning “al-Hidoya” asari yozilish uslubi bo’yicha 
    boshqa fiqhiy asarlardan ajralib turadi. Unda huquqiy masalalarning yechimi mashhur 
    faqihlarning fikrlarini bayon qilish va unga boshqa fiqh olimlarining e’tirozlarini bildirish 
    bilan berilgan. Shundan kelib chiqqan holda, huquqiy muammoning eng maʼqul yechimini 
    tanlab olish mumkin boʻlgan. Asarda faqatgina shariat qoidalari emas, balki ularning asos 
    va dalillari ham keltirilgan. Asar bir necha asr davomida ko’p musulmon mamlakatlarida 
    huquqshunoslik bo’yicha asosiy manba hisoblangan. 20-asrning 20-yillarigacha qozilar sudi 
    bekor qilinib, sho’rolar sud tizimi joriy qilinguncha amalda boʻldi. U bir qancha musulmon 
    mamlakatlari oliy o’quv yurtlarida darslik sifatida o’qitiladi. Bu asar bir necha tillarga 
    tarjima qilingan.
    Yurtimiz qadimdan ilm-fan taraqqiy etgan mintaqalardan biri bo’lgan. 
    Bu o’lkada buyuk allomalar yetishib chiqib, jahon sivilizatsiyasiga munosib hissa 
    qo‘shganligini butun dunyo eʼtirof etadi. Islom dini kirib kelganidan so‘ng, diniy taʼlimotlar 
    qatorida fiqh ilmi ham rivoj topdi. Fiqh (arabcha — bilish, tushunish) - musulmon 
    huquqshunosligi, shariat qonun qoidalarini ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi islom 
    taʼlimotining bir sohasi hisoblanadi. Fiqh so‘zi dastlab Qurʼoni Karim va hadislarda atama 
    sifatida qo‘llanilgan. Zayd ibn al-Hasanning “Majmuʼ al-fiqh”, Molik ibn Anasning “al-
    58
    Mahmud Sulaymon al-Kafaviy “ Katoib al-a`lom al-axir fi tabaqot al-fuqaho ma mashayix mazhab an-No'`mon” 
    O'zbekiston Respublikasi Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar xazinasi, inv. Raqam 29.29.
    59
    https://n.ziyouz.com/books/tarixiy/Nodirbek%20Abdulahatov,%20Tolibjon%20G'oziyev.%20Bu 


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    889 
    Muvattoʼ”, Ibn Hanbalning “al-Musnad” kitoblari fiqhga oid dastlabki asarlar hisoblanadi.
    X asrga kelib fiqh ilmi fan sifatida shaklllandi. Aynan shu davrda, Movarounnahrda 
    Burhoniddin Marg‘inoniy, Abu Lays Samarqandiy, Abu Zayd Ubaydullo Dabusiy va boshqa 
    buyuk fiqhshunos olimlar yetishib chiqqan. Fiqh ilmi islom huquqshunosligi sifatida ikki 
    sohaga ― shariat manbalarini ishlab chiqish (usul al-fiqh) va shariatni tayin sohalariga 
    tatbiq etish (furuʼ al-fiqh)dan iborat bo‘lgan. O‘rta asrlarda va yangi davrda fiqhga oid 
    asarlar orasida fatvo to’plamlari ko’paydi. al-Quduriyning “Muxtasar”, Qozixonning (1196 
    y. vafot etgan) “Fatovo”, Burhoniddin Marg‘inoniyning “Hidoya”, Ibn Bazzozning “Fatovo” 
    asarlari bunga misol bo‘ladi. Ular ichida “Hidoya” asari hanafiylik mazhabida katta shuhrat 
    qozongan amaliy qo‘llanmadir.
    60
    Alloma fiqhiy masalalarni yoritishda qiyosiy uslubdan 
    foydalanadi, turli mazhablardagi nazariyalarni bir-biri bilan solishtiradi. Avval, Qur’on, 
    so’ngra Sunnaga asoslanadi, undan keyin ijmo’ va qiyosga o'tadi. Qiyos muammoni hal 
    etishda yordam bermasa, istehsonga (qiyosi hafiyga) o’tadi. Yechimi topilmagan ahvolda 
    urfu odatga tayanib, xulosa chiqaradi. Marg’inoniy istehson va huquqiy istidloldan keng 
    ko’lamda foydalanadi va o’z xulosalarini mantiqiy istidlol bilan mustahkamlaydi. Uning 
    fikricha, aql va idrok ma’rifatning asosi bo’lsa ham, faqat aqlning o’zi bilan doimo ishonarli 
    bilim hosil bo’lmaydi. Aql chegaralangan imkoniyatga ega bo’lganligi sababli uni shariat 
    mezoni bilan o’lchash zarur bo'ladi. Aql har doim ham haqiqatga olib borishi mumkin emas. 
    Shuning uchun u aqliy manba sifatida qiyosga katta e’tibor qaratadi. Ayniqsa, ko’p 
    o’rinlarda istehsondan foydalanadi. Istehson va urfga tayanish huquqiy muammolarni hal 
    etishda keng imkoniyat ochib beradi. U ibodatlardan tashqari insonlarning amaliy hayotiga 
    tegishli bo’lgan huquqiy masalalarni, boshqa dalillar bilan birga, ushbu mezon bilan ham 
    baholaydi. Mantiqiy tahlildan o’tkazadi. U istiqro(deduktsiya) va ilmiy tahlildan (analiz) 
    keng foydalanadi. Har bir masalani turli mazhablar orasida qiyosiy uslubda o’rganib, xulosa 
    chiqaradi va eng ma’qul deb topgan fikrini tahlil oxirida zikr etib, uni ustun qo'yadi. Shu 
    sababli «Al-Hidoya» islom huquqining falsafiy tahlili deb atalsa o'rinli bo’ladi.
    61
    Nigora Yusupova “Burhoniddin Margʻinoniyning “Hidoya” asari muhim fiqhiy manba 
    sifatida” nomli maqolasida quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: Bugungi Oʻzbekiston davlati va 
    huquqining poydevori – milliy davlatchilik asoslari juda qadim va mustahkam bo’lib, ko’p 
    asrlik tarixga ega. Mintaqamizning boy madaniyati asrlar davomida ajdodlarimizning ijodi 
    bilan takomillashdi, boyidi va taraqqiyotning yuksak pog’onalariga ko’tarilib, butun 
    bashariyat uchun bebaho meros bo’lib qoldi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi 
    Prezidenti Islom Karimov bu haqda quyidagi fikrni bildirgan edi: “Oʻtmishdagi allomalarning 
    bebaho merosi qanchadan qancha avlodlarning maʼnaviy-ruhiy ongini va turmush tarzini 
    shakllantirgan edi va u hamon taʼsir koʻrsatmoqda”.
    62
    Asrlar davomida turli mamlakatlarda 
    yuzlab olimu ulamolar islom huquqshunosligi bilan mashg’ul bo’lib kelgan. Jumladan, 
    60
    https://uz.wikipedia.org/wiki/Fiqh 
    61
    A.Sh.Jo’zjoniy, N.J.Yusupova. Burhoniddin Marg’inoniy: Hayoti va ilmiy merosi. – T., “Akademiya” nashriyoti, 
    2007. 18-b.
    62
    Karimov I.A. Oʻzbekiston: milliy istiqlol, iqtisodiyot, siyosat, mafkura.-T., O’zbekiston, 1996.- 40-41 b. 


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    890 
    Movoraunnahrlik faqihlar o’z asarlari va huquqiy nazariyalari bilan islom huquqi sohasida 
    ulkan ishlarni amalga oshirgan va fiqh ilmining har tomonlama rivoj topishiga ulkan hissa 
    qo’shgan. Faqihlar mujtahidlardan so'ng nafaqat taxrij va tarjih zamoni, balki taqlid davrida 
    ham islom huquqshunosligini takomillashtirish yo’lida faxrlanishga arzigulik ilmiy 
    muvaffaqiyatlarga erishgan. Ular kalom va huquq sohasida yangi fan va maktablarga asos 
    solish bilan birga, yangi huquqiy nazariyalarni ham yaratgan. XII asrda Movarounnahrda 
    fiqh ilmi rivoji uchun taʼsirchan omillar yuzaga kela boshladi. Ulardan biri, A.Moʻminov 
    fikricha, Qoraxoniylar davlati qaror topishi natijasida “Movarounnahrning Xuroson bilan 
    aloqalari zaiflashib, oyoqqa turgan mahalliy maktablarning mustaqil rivojlanishiga asos 
    yaratilganidir. Markaziy shaharlarda avtonom boshqaruv kuchayishi ulamolar taʼsir 
    doirasining kengayishiga olib keldi. Bu bilan fiqh normalarini hayotga tatbiq etishga real 
    sharoit yaratildi. Buxoro va Samarqand haqiqiy ilm markazlariga aylandi. Bu shaharlarda 
    nasaflik, marvlik va fargʻonalik faqihlar ham faoliyat koʻrsatardi”.
    63
    Turk tadqiqotchilarining 
    xulosasiga koʻra, bu davrda 300ga yaqin faqih yashagan va 150dan koʻproq fiqhiy (huquqiy) 
    asar, 20ta fatovo (fatvolar majmuasi) yozilgan, ularning asosiy qismi hanafiy mazhabiga 
    tegishli bo’lgan. Bu davrda yaratilgan bebaho asarlardagi maʼlumotlarni hanafiy fiqhining 
    anʼanaviy qobig’iga kiritish 3 yoʻl bilan amalga oshirilgan:
    1) Muhammad ibn Hasan Shayboniyning “Zohirur rivoya” turkumidagi asarlariga 
    sharhlar yozilgan; 
    2) fiqh ilmiga oid yangi kitoblar tuzilgan; 
    3) avvalgi davr va zamondosh faqihlarning fatvolari toʻplamlarga yig’ilgan. 
    Bu ishlarni umumlashtiruvchi darslik sifatida Marg’inoniyning “Kitobul Hidoya fi 
    sharhil Bidoya” asari paydo boʻldi. 
    64
    U ixchamligi, mukammalligi, hanafiy mazhabini 
    boshqa sunniy mazhablar bilan qiyosiy o’rganib, har tomonlama yoritgani uchun o’ziga xos 
    nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Burhoniddin Marg’inoniy hanafiy mazhabining son-
    sanoqsiz huquqiy masalalarini hal qilish yoʻlini topishga muvaffaq bo’ldi. U mustaqil ijtihod 
    qilish vakolatiga ega bo’lmasa ham oʻz ilmiy-huquqiy asarlarini yaratishda qiyosdan (qiyosi 
    jaliydan), ayniqsa qiyosning ikkinchi turi boʻlmish “qiyosi xafiy” yoki “istihson”dan keng 
    foydalandi.
    65
    Shuning uchun ayrim olimlar Margʻinoniyni “Mujtahid fil mazhab”, 
    mazhabdagi mujtahid deb bilgan. 
    66
    Marg’inoniyning fikricha, bilim uch manbadan hosil 
    boʻladi. Birinchisi – nass. U sharʼiy hukm manbai bo’lmish Qurʼon oyatlari va Paygʻambar 
    (s.a.v.)ning hadisi shariflaridir. Ikkinchisi – aql va tafakkur, uchinchisi – his-tuyg’u (sezgi) 
    organlarida hosil bo’ladigan maʼlumotlar. Alloma “Hidoya”da fiqhiy masalalarni yoritishda 
    qiyosiy uslubdan foydalanib, turli mazhabdagi nazariyalarni solishtirgan. Avval, Qurʼon, 
    soʻng sunnatga asoslangan, keyin ijmo va qiyosga o’tgan. Qiyos muammoni hal etishda 
    yordam bermasa, istihson (qiyosi xafiy)ga oʻtgan. Yechimi topilmagan holatda urf-odatga 
    63
    Mo’minov A. Movarounnahr ulamolari: hanafiylar // Sharqshunoslik. №9 /1999.-42 b. 
    64
    Mo’minov A. Movarounnahr ulamolari: hanafiylar // Sharqshunoslik. №9 /1999.-42 b. 
    65
    Toshqulov. J., Yusupova N., Bekmirzayev I., Sarsenboyev O., Masaidov S. Islom huquqshunosligi. O’quv qo’llanma. 
    – T.; Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa birlashmasi, 2014.- 90 b. 
    66
    Yusupova N.J., Juzjoniy A.Sh. Burhoniddin Margʻinoniy: Hayoti va ilmiy merosi. – T.: Akademiya, 2007.-18 b. 


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    891 
    tayanib, xulosa chiqargan. Qiyos, istihson va urfga tayanish huquqiy masalalarni hal etishda 
    Marg’inoniyga katta imkoniyatlar ochib bergan. Alloma ibodatlardan tashqari insonning 
    kundalik hayotiga tegishli huquqiy masalalarni boshqa dalillar bilan birga, o’ziga xos 
    mezonlar orqali ham baholagan. Mantiqiy tahlildan o’tkazgan. Istiqro (deduksiya) va ilmiy 
    tahlil (analiz)dan keng foydalangan. Har bir masalani turli mazhablar orasida qiyosiy 
    uslubda oʻrganib, xulosa chiqargan va eng maʼqul deb topgan fikrini tahlil oxirida zikr etib, 
    shuni ustun qo’ygan. Shundan xulosa qilib “Hidoya” islom huquqining falsafiy tahlilidir
    desak, toʻgʻri boʻladi. 
    67
    “Hidoya” Margʻinoniyning shoh asaridir. Buni uning zamondoshlari ham eʼtirof etgan. 
    Xususan, Xaddod: “Hidoya ham Qurʼon singari shariat bo’yicha o’zidan avval yozilgan 
    kitoblarni eʼtibordan qoldirdi”, 
    68
    degan. Asar 13 yil davomida yozilgan. Buning sababi: 
    birinchidan, “Bidoyatul mubtadiy”ga Imom Muhammad Shayboniyning “Jomius sag’ir” va 
    Quduriyning “Muxtasar” asarlari asos qilib olingan. “Bidoyatul mubtadiy”da minglab farʼiy 
    masalalar mavjud bo’lib, ular orasida insonning kundalik hayotiga bog’liq, o’z yechimini 
    topmagan ko’plab muammolar ko’p edi. O’sha davrning oʻzgaruvchan sharoitini sinchiklab 
    o’rganish, birinchi darajali muammolarni ikkinchi darajalisidan ajratib olib, ularni yechish 
    yo’llarini belgilab berish muallifdan katta diqqat-eʼtibor, har tomonlama sinchkovlik va 
    chuqur kuzatishlarni talab qilardi. Ikkinchidan, Burhoniddin Marg’inoniy fiqh ilmi bosib 
    o’tgan olti davrning (Paygʻambar alayhissalom, sahobalar, tobeinlar, mujtahidlar, 
    muxarrijlar va muqallidlar) beshinchi bosqichi bo’lmish muxarrijlar (avval oʻtgan mujtahid 
    va buyuk huquqshunos olimlar asarlariga murojaat qilish orqali mazhab doirasidagi yangi 
    murakkab huquqiy muammolarni yechish yo’llarini topuvchilar) zamonida yashagani uchun 
    ijtihod qilish vakolatiga ega emas edi. Chunki IV hijriy asrning boshida (milodiy X asrda) 
    hech kimda islom huquqi boʻyicha ijtihod qilish vakolati yo’q, degan fikr bor edi. 
    Huquqshunoslik bo’yicha barcha faoliyat buyuk olimlar belgilab bergan asosiy qonun-
    qoidalarni izohlash, tafsir etishdan iborat bo’lishi kerak, degan qarash mavjud edi.
    69
    Lekin Abdulhay Laknaviy “Favoidul bahiya” asarida hanafiy mazhabi olimlarini olti 
    guruhga boʻlib, Burhoniddin Marg’inoniy va Quduriyni “asʼhobut tarjih”, yaʼni baʼzi 
    rivoyatlarni baʼzilaridan tarjih berish (ustun qoʻyish) salohiyatiga ega olimlar qatorida zikr 
    etgan. Burhoniddin Marg’inoniyda turli mualliflar yozgan koʻplab fatovolar (huquqiy 
    majmualar) bor edi. Ularda minglab masala, ayrim muammolar bo’yicha o’nlab mulohaza, 
    hatto bir-biriga qarama-qarshi nazariyalar ham mavjud edi. Muallif biror huquqiy masalani 
    yoritish uchun, birinchidan, shariatning asosiy manbalari, undan keyin Abu Hanifa, Imom 
    Molik, Imom Shofiʼiy, Imom Ahmad ibn Hanbalning asarlari, Shayboniyning “Zohirur rivoya” 
    kitobi, Abu Yusufning “Kitobul xiroj”, “Adabul qoziy”, “Abu Hanifa va Ibn Abu Laylo 
    oʻrtasidagi ixtiloflar”, “Avzoiy va Anas ibn Molikning ayrim huquqiy masalalar boʻyicha 
    bildirgan fikrlariga yozilgan raddiya” kitoblari, Imom Zufar asarlari, shuningdek, islom 
    67
    Yusupova N.J., Juzjoniy A.Sh. Burhoniddin Margʻinoniy: Hayoti va ilmiy merosi. – T.: Akademiya, 2007.-18 b. 
    68
    Muhammad Abdulhay. Hidoya muqaddimasi sifatida yozilgan risola. – Lakhnau: 1394 h.y.-3 b. 
    69
    Majid Xadduriy, Xerbert Lebisni. “Islomda huquq”, Tehron – Nyu York, 1958.-105 b. 


    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
    892 
    huquqiga oid son-sanoqsiz kitob va to’plamlarni o’qib chiqib, ularda bildirilgan fikr-
    mulohazalarni bir-biri bilan solishtirib, asosli xulosalar chiqarishi kerak edi. 
    70
    Albatta, eng hayotiy va zarur rivoyatlarni tanlab olib, ularning to’g’riligini naqliy 
    dalillar bilan isbotlab, aqliy dalillar bilan mustahkamlash, mumtoz asarlarning mazmuniga 
    chuqur kirib borib, ularning huquqiy asoslarini belgilab olish katta mehnat va izchil 
    izlanishni talab qilar edi. XII asrda islomiy ilmlarni har tomonlama rivojlantirib, mo’tabar 
    asarlar qoldirgan allomalarimizning merosini o’rganish tadqiqotchilar oldida turgan muhim 
    vazifadir. Chunki, Burhoniddin Margʻinoniy kabi ko’plab allomalarning merosi islom 
    huquqshunosligi tarixida muhim manba hisoblanadi. Bu meros nafaqat Markaziy Osiyo, 
    balki butun musulmon olami huquqshunosligida katta oʻrin tutadi.
    Xulosa qilib aytganda, O’rta Osiyo zaminida yetishib chiqqan buyuk faqih ulamolari 
    islom huquqshunosligi ilmini nafaqat yuksak darajada taraqqiy etishida o’z hissalarini 
    qo’shganlar, balki ushbu fanni yangi bosqichga olib chiqqanlar. 
    Burhoniddin 
    Marg’inoniyning asarlarini o’rganishda quyidagi jihatlarga e’tibor berishimiz lozim: olimning 
    asarlarida, xususan, “Hidoya”da bitilgan shariat ahkomlari avvalgi buyuk faqihlarning 
    fikrlari va boshqalarning e’tiroz va qo‘shilishlari bilan adolat mezoni ustida yoritilgan. Unda 
    kishining dunyoqarashini, fikr mulohazasini o‘tkirlaydigan, masalaga adolat ko‘zi bilan 
    qarashga undaydigan yorqin dalil va hujjatlar oyat va hadislar misolida keltirilgan.
    Marg‘inoniyning fiqhiy qarashi sunniylik aqidasi bilan bog’liq bo’lib, bugungi kunda turli xil 
    ixtiloflarning oldini olishda muhim ahamiyatga egadir. Ahli ilmlar o’rtasidagi o‘zaro hurmat 
    (ularga itoat qilish), musulmonlar jamoasi bilan birga bo’lish kabi tamoyillarning 
    ahamiyatini tasavvur qilish qiyin emas. Shuningdek, olim islom dinidagi sunniylarning to‘rt 
    asosiy mazhabi asoschilarining asarlarini o‘rganish bilan birga o‘zi ham fiqhga oid bir qator 
    asarlar yaratgan. “Hidoya”da huquqiy masalalarning yechimi dastlab yirik fiqh olimlari 
    fikrlarining bayoni va unga boshqa mualliflar e’tirozlari yoki qo‘shilishlarini izhor etish yo‘li 
    bilan berilgan. Shu tariqa unda qonunning aynan ifodasigina emas, balki uning mukammal 
    sharhi ham asoslab keltiriladi. 

    Download 1.83 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




    Download 1.83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Международный научный журнал № 7 (100), часть 1

    Download 1.83 Mb.
    Pdf ko'rish