Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat




Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/27
Sana09.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#96328
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
bOSHQARUV TIZIZMLARI, (material xususiyati va fakturasi), yoriqnoma, kop portli kompyuterlar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini loyihalash, 252.5320900 TIKUVCHILIK SANOATIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI QO\'LLASH, 2-Maruza, Klaviaturaga qaramay matn terishni organamiz 2 @kompyuter akademiyasi, BSKM, Rus tili fani, 2 MA\'RUZA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI, 2021 12.2, АМАЛЁТ баённома (2) (7) (4) (3), Elektr mashinalari va transformatorlarni tamirlash oraliq savollari, 1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchal, орфологический


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
MUQIMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT 
PEDAGOGIKA INSTITUTI 
Mo’minov Doniyor G’ulomovich 
AHOLI GEOGRAFIYASI VA 
DEMOGRAFIYA ASOSLARI 
O’quv qo’llanma 
5110500-Geografiya o’qitish metodikasi



Mazkur o’quv qo’llanmada “Aholi geografiyasi va demografiya asoslari” 
fanining asosiy tushunchalari va mazmuni yoritilgan. O’quv qo’llanma oliy o’quv 
yurtlarining “Geografiya” va “Geografiya o’qitish metodikasi” ta’lim yonalishi 
pedagog-xodimlari va talabalari hamda umumiy o’rta ta’lim maktablari geografiya 
fani o’qituvchilari uchun mo’ljallangan.
 
В данном учебном пособии освещены основные понятия и содержания 
предмета “География населения и основы демографии”. Учебное пособие 
предназначено для преподавателей и студентов высших учебных заведений 
по направлению “География” и “Методика преподавания географии”, а также 
для преподавателей предмета географии в средних общеобразовательных 
школах.
In this textbook the teaching technologies and main contents of the subject 
of “Geography of population and basics of demography” is clearified. This 
textbook is devotet to the professors and students of “Geography” and “Methodics 
of teaching geodraphy” and also for teachers of geography in academic lyceums 
and secondary schools. 
Taqrizchilar:
Yu.Ahmadaliyev. FarDU huzuridagi pedagog kadrlarni malakasini oshirish 
va ularni qayta tayyorlash mintaqaviy markazi direktori, g.f.d., prof. 
O.Qo’ziboyeva. Qo’qon DPI Geografiya o’qitish metodikasi kafedrasi 
dotsenti, g.f.n. 
Ushbu o’quv qo’llanma Qo’qon DPI kengashida muhokama qilingan va 
nashrga tavsiya etilgan. Bayonnoma № 7 



“ENG KATTA BOYLIK-BU AQL-ZAKOVAT VA ILM, ENG KATTA 
MEROS – BU YAXSHI TARBIYA, ENG KATTA QASHSHOQLIK - BU 
ILMSIZLIKDIR”.
KIRISH 
Mustaqilligimizning 
dastlabki 
kunlaridan 
boshlab 
sifatli 
kadrlar 
tayyorlashga qodir milliy asosga qurilgan va jahondagi ilg’or davlatlar ta’limi 
taraqqiyoti tajribalariga tayanadigan, jahon standartlari talablariga javob bera 
oladigan mutaxassislar tayyorlash tizimini yaratish asosiy vazifalardan biriga 
aylandi. Ta’lim-tarbiyaning mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o’tishi bilan 
kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib, hozirda 
inson faoliyatining asosiy yo’nalishlari shu faoliyatdan ko’zda tutilgan maqsadlarni 
to’liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, innovatsion 
texnologiyalarga aylanib bormoqda. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim 
to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” milliy ta’lim 
taraqqiyoti va milliy kadrlar tayyorlash tizimi istiqbollarini belgilovchi hujjat 
sifatida bu sohadagi ishlarni rivojlantirishda yana bir tarixiy davr boshlanishiga 
zamin yaratdi. Mazkur Qonun va Dasturimizda belgilangan chora-tadbirlarni 
amalga oshirish jarayoni Geografiya ta’limining ham oldiga bir qator vazifalarni 
belgilab beradi. Jumladan, ta’lim shakli va sifati samaradorligini oshirishda o’quv-
uslubiy ta’minot masalasiga ahamiyat qaratish muhimdir.
Geografiya ta’limida aholi va u bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni, dunyo, 
turli mintaqalar va mamlakatlar aholisi soni, dinamikasi, ularning tarkibiy jihatlari, 
hududiy joylashuvi masalalarini o’rganish mamlakatda iqtisodiy-ijtimoiy chora – 
tadbirlar tizimini ishlab chiqish va yuritishga asos bo’ladi. 
“Aholi geografiyasi va demografiya asoslari” fanida aholi soni, tarkibi bilan 
bog’liq demografik muammolarning geografik jihatlarini tahlil qilish va ularni 
o’quvcxilarga yetkazib berishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning keng 
joriy etilishi davr talabidir. 
Mazkur o’quv qo’llanmada asosiy e’tibor oliy o’quv yurtlarida “Aholi 
geografiyasi va demografiya asoslari” fanini o’qitish jarayonini takomillashtirish, 



DTS va yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llagan holda mashg’ulotlarni olib 
borishga, talabalarda geografik bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish 
orqali dunyoqarashini, shaxs sifatida barkamolligini ta’minlash masalalariga 
qaratilgan.
Aholi geografiyasi va demografiya asoslari fanining mazmuni va ahamiyati. 
Fanning o’qitilishidan maqsadi - bakalavriyat talabalarini atroflicha jamiyat 
ijtimoiy xayotining asosiy subyekti bo’lgan aholining jahon, O’zbekiston 
Respublikasi va xarakterli ayrim mamlakatlar misolida, soni, dinamikasi va takror 
barpo qilinish qonuniyatlari, omillari, kontseptsiyalari, aholining tabiiy va 
migratsion harakatlari, mehnat resurslari va ulardan foydalanish xususiyatlari, 
aholining hududiy joylashuvi, aholi manzilgohlarining shakllari va rivojlanishining 
geografik xususiyatlari bilan tanishtiradi. 
Fanning asosiy vazifasi - ular haqida talabalarga yangi ijtimoiy 
munosabatlar sharoitida har taraflama chuqur bilim berish bilan O’zbekistonimizni 
sevish, ko’z qorchig’idek asrash, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash va ulug’lash, 
Vatanga sidqidildan xizmat qilish ruhida tarbiyalashdir. 
«Aholi geografiyasi va demografiya asoslari» o’quv fanini o’zlashtirish 
jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: 
-dunyo aholisining soni, yillik o’sish darajasi, uning turli tarkibiy jihatlari, 
mehnat resurslari va ulardan foydalanish holati, hududiy joylashuvini bilishi kerak; 
-dunyo mamlakatlari aholisi soni va o’sish su’ratlari,migratsion saldo, aholi 
zichligi, iqtisodiy faol aholi ko’rsatkichlarini hisoblashga, tug’ilish va o’lim 
jarayonlarini tahlil qilishga ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
-dunyo aholisi va uning turli tarkibiy jihatlarini bashorat qilish, mehnat 
resurslaridan samarali foydalanish, jarayonlarni tahlil qilishda xaritalardan 
foydalanish, statistik ko’rsatkichlar asosida diagramma, grafiklar chizish 
malakasiga ega bo’lishi kerak. 
“Aholi geografiyasi va demografiya asoslari” asosiy ixtisoslik fanlaridan 
hisoblanadi va u talabalarga aholining demoijtimoiy harakatlari, aholining
ijtimoiy-etnik tarkibi, mehnat resurslari, aholining ijtimoiy-sotsial milliy-etnik 



tarkibi, mehnat resurslari aholining hududiy joylashuvi, shahar va qishloq 
manzilgohlari, aholi rivojlanishining qonuniyatlari haqida bilimlar beradi. Mazkur 
fan uzluksiz ta’lim tizimida ushbu sohada beriladigan bilimlarning asosi bo’lib 
hisoblanadi
Talabalarni “Aholi geografiyasi va demografiya asoslari” fanini chuqur 
o’zlashtirishlari uchun ilg’or zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan 
keng foydalanish talab etiladi. Fanni chuqur o’zlashtirishda ma’ruza matnlari, 
amaliy mashg’ulotlar ishlanmalari, tarqatma materiallar, xaritalar bilan bir qatorda 
yangi statistik ma’lumotlar, aholi va unga xos jarayonlarni ko’rsatuvchi video 
filmlar, slaydlar ham katta yordam beradi. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda 
zaruriy pedagogik texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Download 1.11 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat

Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish