• BITIRUV MALAKA ISHI
  • O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta mahsus ta`lim vazirligi




    Download 1.5 Mb.
    bet1/18
    Sana25.07.2021
    Hajmi1.5 Mb.
    #16071
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

    O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI ОLIY VA O’RTA MAHSUS TA`LIM VAZIRLIGI

    Namangan muhandislik-texnоlоgiya instituti

    «Yengil sanоat texnоlоgiyasi» fakulteti


    Himоyaga ruxsat etildi: fakultet dekani dоts. U.X.Melibоev

    ____________________

    «___»__________2017 yil


    Kafedra mudiri,

    Dоtsent X.Parpiyev

    _________________________

    «___»__________2017 yil








    5320900 -"Yengil sanоati mahsulоtlarini kоnstruktsiyasini ishlash va texnоlоgiyasi" (to’qimachilik sanоati ) ta`lim yo’nalishi

    Ziyatоv Fоziljоn Tоxir o’g’lining

    «30-nоmerdagi “Prima” tikuv ipi uchun pishitilgan ip tayyorlash texnоlоgiyasi » mavzusidagi


    BITIRUV MALAKA ISHI
    Bajardi:­­­­­­­­­­­­­­­­­ F. Ziyatov Rahbar: R.A.Sodiqov

    Maslahatchilar: R.A.Sodiqov

    A.Akramоv

    Namangan - 2017




    Mundarija




    Kirish

    3

    1.

    Ipning sifati

    4

    2

    Xom ashyo tanlash va uni asoslash

    5

    2.1

    Tolalarni aralashtirib ishlatishning ahamiyati

    7

    3.

    Yigirish tizimi va usulini tanlash

    10

    3.1

    Texnologik jihozlarni tanlash va ularni asoslash

    11

    4

    Yigirish rejasini tuzish

    29

    4.1

    O‘timlar bo‘yicha yarim tayyor mahsulotlarni chiziqli zichliklarini, cho‘zish miqdori, qo‘shilishlar sonini tanlash va asoslash

    29

    4.2

    Pilik va ipning pishitilish darajasini aniqlash

    32

    4.3

    Asosiy texnologik jihozlar chiqarish qismlari a’zolarining tezliklarini tanlash va asoslash

    33

    5.

    O‘timlar buyicha jihozlarning nazariy ish unumdorliklarini xisoblash.

    36

    6.

    Mashinalarning foydali vaqt koeffitsenti va ishlash koeffitsentlarini asoslash

    38

    7.

    Jihozlarning unumdorlik normasi va hisobiy unumdorliklari

    38

    8.

    O‘timlar bo‘yicha o’ramalarni tanlash va hisoblash

    40

    9.

    Ip, yarim tayyor mahsulot va chiqindilarni aralashmadan

    chiqish miqdorlarini aniqlash



    44

    10.

    O‘timlar bo‘yicha soatli topshiriqlarni hisoblash va taqsimlash

    48

    11.

    Jihozlar sonini aniqlash

    49

    12.

    Yigirish rejasini qayta hisoblash

    51




    Adabiyotlar

    58

    Kirish


    O‘zbekiston Respublikasi XX-asr oxirida davlat mustaqilligiga erishgach, o‘z rivojlanish yo‘lini o‘zgartirdi. Janubiy-Sharqiy Osiyo va jahonning bir qator rivojlangan mamlakatlari erishgan natijalarni hisobga olgan holda, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlarni o‘ziga xos yo‘lidan bormoqda. O‘tgan yillar mobaynidagi yangilanish yo‘li iqtisodiy islohotlar o‘zbek modelining to‘g‘ri, haqqoniyligini tasdiqladi va u jahon ommasi tomonidan tan olindi.

    Mamlakatimizning mustaqllik davrida respublikaning rivojlanish strategiyasi, islohatlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi ustivor yo‘nalishlardan biri iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlashdir. Ushbu o‘zgarishlar korxonalarni yangilash va texnik qayta jihozlashga, mamlakatning boy tabiiy va mineral xom ashyo salohiyatidan to‘la va samarali foylanishga, eksportga moslashtirilgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqariladigan quvvatlarni barpo etishga qaratilgan.

    Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida mavjud bo‘lgan barcha turdagi sanoat korxonalarining rivojlanishi, avvalambor iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yaxshilanishiga olib keldi. Ya’ni, bozorlarimizni yuqori sifatli, takomillashgan texnologiya va mahsulotlar bilan to‘ldirish, iqtisodimizning gullab yashnashining yagona shartidir. Respublikamiz oldida turgan asosiy masalalardan biri-ichki bozorlarimizni sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish va jahon bozorlarida raqobat qila oladigan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishdir.

    Undan tashqari, har bir yo‘nalish, har bir sanoat korxonalari ishlab chiqarishdagi yangilanishning aniq yo‘liga ega bo‘lishi lozim. Mahsulot sifatini jahon standartlari darajasiga ko‘tarish, mahsulotni dunyo bozorlariga chiqarishni ta’minlaydi.

    Mamlakatimizning mustaqillik davrida respublikaning rivojlanish strategiyasi, islohatlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi ustivor yo‘nalishlardan biri iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlashdir. Ushbu o‘zgarishlar korxonalarni yangilash va texnik qayta jihozlashga, mamlakatning boy tabiiy va mineral xom ashyo salohiyatidan to‘la va samarali foylanishga, eksportga moslashtirilgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqariladigan quvvatlarni barpo etishga qaratilgan.

    Bozor iqtisodiyoti sharoitida to‘qimachilik va yengil sanoati korxonalari oldida ham ularning samaradorligini oshirishda muhim vazifalar turibdi. Bu korxonalardagi samaradorlikni oshirishning eng muhim omillaridan biri mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish orqali daromadni oshirishga erishishdan iborat[1].

    Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin, korxonalarning boshqarish taktikasi va uning strategiyasi ham o‘zgardi. Muhim e’tibor korxonaning ichki ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatini rejalashtirishga qaratilgan, asosiy narsa korxonada assortiment siyosatini ishlab chiqish muhim rol o‘ynaydi. Chunki, assortiment siyosati bir tomondan iste’molchi ehtiyojining maksimal qondirilishi, ikkinchidan yetarli darajadagi foyda va ishlab chiqarishning samarali bo‘lishini ko‘zda tutadi.

    O‘zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov «Biz qudratli to‘qimachilik va yengil sanoat tashkil etib paxta Bilan emas, balki boshqa rivojlangan mamlakatlar kabi tayyor mahsulot Bilan savdo qilmog‘imiz zarur» deb ko‘p qayta takrorlaganlar.

    Mamlakatimizda izchil amalga osharilayotgan islohotlar natijasida iqtisodiyotimizning barcha sohasi qatori to‘qimachilik sanoatida ham etiborga molik yutuqlar qo‘lga kiritildi. Ayniqsa, tarmoqda ko‘plab yangi korxonalar ishga tushirilib, mavjud texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlanyotgani ichki bozorimizni raqobatbardosh ham sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish imkonini beryapti. Endi bu boradagi ishlar kelgusida ham jadal davom ettiriladi. Ya’ni Prezidentimizning 2015-yil 4-martdagi “2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta`minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni asosida ushbu davr ichida respublikamiz to‘qimachilik sanoatida umumiy qiymati 918 million AQSh dollarilik 77 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. [2]

    Paxtani qayta ishlab, tayyor raqobatbardosh xalq istemol mollarini ko‘plab ishlab chiqarish iqtisodiyotimizni yuksaltirishdagi ustivor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, xalqimizni farovonligini oshirishda xal qiluvchi axamiyatga ega.




    Download 1.5 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 1.5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta mahsus ta`lim vazirligi

    Download 1.5 Mb.