2
UDK 621.316.925 /076
Tuzuvchilar: Elektr stansiyalari va tarmoqlarini ishlatish fanidan
ma’ruzalar matni, Soliyev A.G. Nurmatov O.Yo., Musinova G.F. –
Toshkent, TоshDTU, 2019. 77 b.
Ushbu ”Elektr stansiyalari va tarmoqlarini ishlatish” fanidan
ma’ruzalar to‘plami ta’limning 5310200 – Elektr energetikasi (energiyani
ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash) yo‘nalishi talabalari uchun
tuzilgan.
Ma’ruza
matni
zamonaviy
stansiya
va
nimstansiyalarda
qo‘llanadigan elektr qismlarining tuzilishi,
ishlash asoslari va ularni
tanlash bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos, ta’lim standartida talab qilingan
bilimlar, ko‘nikmalar va tajribalar darajasini ta’minlashdan iborat.
Ma’ruzalar matni ToshDTU o‘quv-uslubiy kengashi qaroriga asosan
chop etildi
© Toshkent davlat texnika universiteti, 2019
Taqrizchilar: dots. Raxmonov I.U. ToshDTU «Energetika»
fakulteti «Elektr ta’minoti»
kafedrasi mudiri
dots. Mirzayev A.T.
“Oʻzbekenergo” AJ SRB
boshlig‘i
3
KIRISH
Elektr energiyasining hozirgi zamondagi ahamiyatini baholash juda
mushkul; hayotimizni va har bir inson hayotini –
ishlab chiqarishdami,
biznesdami, turmushdami elektrsiz tasavvur qilish mumkin emas.
XX asrda sodir bo‘lgan ilmiy-texnika revolyutsiyasining ikki muhim
yo‘nalishini ko‘rsatish mumkin.
Bu – odamning fizika energiyasini boshqa energiya turlari (asosan
elektr energiyasi) bilan to‘la almashtirish va jarayonlarni avtomatlashtirish
yordamida odamlarni andazalangan operatsiyalardan (fizika va aqliy
mehnatlardan) ozod qilish. Shuning uchun, vatanimiz kompleks
xo‘jaligining barcha sohalaridagi ilmiy-texnika
taraqqiyot energetika va
avtomatika bilan aniqlanadi.
Turkiston energetika xo‘jaligini quvvati 1914-yilga kelib 20 ming
o.k. dan ozgina oshgan bo‘lib, 51 elektr stansiyalardagi umumiy elektr
motorlar soni 500 tadan oshmas edi.
1917 yilgacha hozirgi O‘zbekiston hududidagi elektr stansiyalarining
quvvati 3 ming kVt ni tashkil qilib, bir yilda 3,3 mln. kVt.s. elektr
energiyasi ishlab chiqarilgan edi.
Turkiston o‘lkasini elektrlashtirish
rejasining tuzilshi katta
axamiyatga ega bo‘ldi. 1923 yil Toshkent chekkasidagi Bo‘zsuv kanalida
gidro elektr stansiyasi (GES) qurilishi boshlandi. 1926 yil O‘zbekiston
energetikasining birinchisi, o‘sha vaqtda O‘rta Osiyoda eng katta bo‘lgan 2
ming kVt quvvatli Bo‘zsuv GES ning birinchi navbati ishga tushdi.
Respublikada quvvat o‘sishi asosini O‘zbekiston energetika tizimi
tuzilgan paytda (1934- y) Chirchiq-Bo‘zsuv yo‘nalshidagi 180 ming kVt
quvvatli ketma-ket qurilgan suv elektr stansiyalari tashkil etdi.
O‘rnatilgan uskunalar quvvatlarining yig‘indisi 11,0 mln. kVt
bo‘lgan, 37 issiqlik va suv elektr stansiyalarini o‘z ichiga olgan
O‘zbekiston energetika tizimi asosini
yirik elektr stansiyalari, shu
jumladan Sirdaryo DRES (8,0 mln. kVt), Toshkent (1,86 mln. kVt),
Yangi-Angren (1,8 mln. kVt) va Navoiy DRESi (1,25 mln. kVt) tashkil
etadi.
Ko‘rsatilgan elektr stansiyalarda yagona quvvati 150 dan 300 ming
kVt bo‘lgan 30 dan ortiq zamonaviy energetika bloki o‘rnatilgan. Loyiha
quvvati 3,2 mln. kVt va yagona energetika bloki quvvati 800 ming kVt li
O‘rta Osiyoda eng katta bo‘lgan Tolimarjon issiqlik DRES qurilishi
davom etmoqda.
4
Suv energetikasi O‘zbekiston Respublikasini energetika vazirligi
tizimidagi bir necha suv elektr stansiya kaskadlari bilan belgilangan.
Bulardan O‘rta-Chirchiq GES lar kaskadi suv havzasiga ega va shu sababli
600 ming kVt quvvatli Chorvoq GESi va 165 ming kVt quvvatli Xodjikent
GESi quvvatni rostlash tartibida ishlaydi. Qolgan GES lar esa asosida suv
okimi bo‘lgan tartibda ishlaydi.
Energetika Respublika kompleks xo‘jaligining
asosiy sohasi
hisoblanadi. O‘zbekistonda umumiy o‘rnatilgan quvvati 11043 MVt
bo‘lgan 37 ta katta IES va GES; shu jumladan, IES – 9644 MVt, GES –
1399 MVt Uzbekiston o‘zini energiya bilan butunlay ta’minlaydi.
Bu elektr korxonalar ishonchli va samarali ishlashi lozim! Buning
uchun yosh mutaxassisga quyidagilar zarur: Elektr stansiya va
nimstansiyalarni o‘ta samarali va ishonchli sxema va joylanishlarni to‘g‘ri
tanlashni, ularda qo‘llaniladigan elektr jihozlarini,
transformatorlarning
soni va quvvatlarini tanlash, o‘rnatish joyi va boshqarishni bilishi kerak.
Bu holatlarning boshqarish usullarini rivojlantirishning asosiy
yo‘nalishlari, qisqa tutashuv toklarini aniqlash,
kuchlanishni rostlash
imkoniyatlarini bilishi, elektr qurilmalarining rele himoyasi, nazorat va
boshqarish
avtomatikasini
tushunishi,
elektr
stansiya
va
nimstansiyalarning ratsional variantini tanlash masalalarini yecha olishi
kerak.