• 7.10 Yurakni tekshiruvchi rentgen kompyuter tomografining vazifasi va asosiy texnik imkoniyatlari
  • Ўзбекистон республикаси




    Download 8.58 Mb.
    bet67/75
    Sana21.03.2017
    Hajmi8.58 Mb.
    #733
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75
    D — qatlamga berilayotgan maksimal dozaga mos tasvir shovqini kattaligi;

    V = exp(— μd)

    V — tekshirilayotgan obekt tarafidan nurlanishning kuchcizlanishi;

    μ— kuchsizlanish koeffitsiyentining o’rtacha chiziqli qiymati;

    d — tekshirilayotgan obekt qalinligi;

    W — pikcelning chiziqli o’lchami;

    h — tekshirilayotgan a’zo qalinligi;

    S — konstanta.

    7.15- rasmda shovqinning obekt o’lchami (a), qatlam qalinligi (b), yuza dozasi (d) va piksel o’lchamlariga (e) mos bog’lanishlar grafigi ko’rsatilgan.

    Sifatli tasvir olish uchun ushbu bog’lanishlardan zarur kattalik-larni tanlash zarur hisoblanadi.
    7.15 – rasm Shovqinning obekt o’lchami (a), qatlam qalinligi (b), yuza dozaci (d) va pikcel o’lchamlariga (e) moc bog’lanishlar grafigi

    Takrorlash uchun savollar:


    1. Zichlikli o’lchamlar haqida nima bilasiz?

    2. Tarqalish yechimi qanday aniqlanadi?

    3. Tasvir cifatiga ta’sir stuvchi asosiy omillar nima?

    4. Tekshirishda olinadigan doza haqida nima bilasiz?

    7.9. Ayrim rentgen kompyuter tomograflarining vazifalari va asosiy texnik imkoniyatlari

    Bizga ma’lumki, Rentgen kompyuter tomograflarining to’rt avlodi yaratilib, turli klinikalarda ishlatib kelinmoqda. Shulardan biri CRT — 1010 markali Rentgen kompyuter tomografi ikkinchi avlod tomograflariga kirib, uning yordamida bosh miya a’zolari tekshiriladi. CRT — 1010 markali Rentgen kompyuter tomograf tarkibiga elektro-mexanika, rentgen nuri manbayi komplekslari, shuningdek, detektorlar, markaziy pult, hisoblash va ko’rish, matematik ta’minlash komplekslari kiradi. Hisoblash kompleksi sifatida <«Elektronika — 60» markali, BPF protsessorli mini EHMdan foydalanilgan. Buning natijasida tekshirish vaqti qisqargan hamda tomogradarning narxi arzonlashgan. Rentgen nurlatgichi uzluksiz rejimda ishlaydi, unga beriladigan kuchlanish va trubka toki 100+130 kV hamda 20 + 30 mA qiymatlarda bo’ladi.

    Sintilator — fotoelektron kuchaytirgich juftligidan iborat 16 ta detektor ishlatilgan.

    CRT — 1010 tomografi quyidagi texnik imkoniyatlarga ega:

    • tekshiriladigan obektning maksimal diametri — 240 mm;

    • aniq tekshiriladigan obekt qismining aniq diametri — 180 mm;

    • tekshirilayotgan qatlam qalinligi — 10 mm;

    • bir marta skanirlash vaqti — 80sek;

    • tasvir ni qayta ishlab ko’rish vaqti 82cek, ya’ni tekshirish tugagach 2 sek. dan keyin tasvir hocil bo’ladi;

    • qayta tiklash teskari filtratsiya hisobiga amalga oshadi;

    • bir skanirlashda ikki qatlam olinadi;

    • zichlikli va yoyilish yechimlari 10 mm o’lchamli ashyolarda 0,5 %dan kam bo’lmagan xatolik va 10%li kontrastda 1,5 mm dan kam bo’lmagan miqdorda amalga oshiriladi.

    CRT — 5000 markali RKT butun tanani tekshirishga mo’ljallan-gan bo’lib, RKTlarining 4 avlodiga mancub hisoblanadi. Bu RKT yordamida xavfli shishlarning paydo bo’Iishini payqash, xirurgik aralashuv, nurlash terapiyasiga tayyorlashni amalga oshirish, ko’krak qafasi a’zolarini tekshirish, jigar, oshqozon osti bezi, qorindagi a’zo-larni tekshirish, tos suyaklari, umurtqa pog’onasi va bosh miyani tekshirish mumkin.

    Bu rentgen kompyuter tomografi quyidagi texnik imkoniyatlarga ega:

    Sintilator — fotoelektron kuchaytirgich (SsY + FEU) juftligidan iborat 600 ta aylana bo’ylab joylashgan detektorlarga ega. Rentgen nurlatgichi aylana bo’ylab harakatlanib, uzluksiz rejimda ishlaydi. Bunda rentgen trubkaciga beriladigan kuchlanish va trubka toki 100+130 kV va 40+100 mA oralig’ida bo’ladi.

    Tekshirilayotgan obektning makcimal diametri — 480 mm.

    Aniq tekshirish hududi diametri — 400 mm.

    Tekshirilayotgan qatlam qalinligi — 5 va 10 mm.

    Bir skanirlash vaqti — 5 sek.

    Tasvir ni qayta tiklash vaqti — 4 daqiqadan oshmaydi. Ayrim xorijiy firmalarning 3, 4- avlod tomograflarining texnikaviy imkoniyatlari quyidagi jadvalda keltirilgan:

    7.1 jadval
    Takrorlash uchun savollar:

    1. SRT - 1010 markali RKT haqida nima bilasiz?

    2. SRT - 5000 markali RKT haqida nima bilasiz?

    3. Ayrim xorijiy firmalarning 3, 4-avlod tomograflari haqida nima bilasiz?

    7.10 Yurakni tekshiruvchi rentgen kompyuter tomografining vazifasi va asosiy texnik imkoniyatlari
    Rentgen kompyuter tomografi yordamida tekshirilganda odam organizmining asosiy qismi bo’lgan yurakning tasvir i yuqori sifatli bo’lmaydi, chunki uning to’qimalarining zichligi yurakdan oquvchi qonning zichligiga yaqin bo’ladi. Shu sababli yurakning sifatli tasvir ini ko’rish uchun maxcuc — yurakni tekshirishga mo’ljallangan Rentgen kompyuter tomograflari yaratiladi. Yurakni tekshiruvchi rentgen kompyuter tomograflarida bir necha usuldan foydalanilgan. Bunda yurak tasvir ining ajratilishi (kontrasti) yaxshi bo’lishi uchun vena qon tomirlariga 25 ml hajmda yod birikmali kontract moddalar kiritiladi. Yurakni tekshiruvchi rentgen kompyuter tomografida ctrobockopik kompyuter tomografiyasi usulidan foydalaniladi. Bunda yurak devorlarining davriy ravishda kengayib, torayib turishidan foydalaniladi. Bunda kontrast moddalar tomchilab yuboriladi, bir vaqtning o’zida bemorning elektrokardiogrammasi ham olinadi va bu EKG bilan tasvir ning vaqt bo’yicha o’zgarishlari solishtirilib, yurak harakatlari fazaciga mos keluvchi tasvir qayta tiklanib, tekshirish uchun olinadi (7.16-rasm).
    7.16-racm EKG bilan tacvirning vaqt bo’yicha o’zgarishlari
    Ushbu usul oddiy rentgen kompyuter tomograflarida ham qo’llanilishi mumkin, ba’zi texnik o’zgarishlar qilish etarli. Bu ucul bilan tekshirganda nafas olish a’zolari o’zgarishi yurak harakatiga ta’sir etmaydi deb olinadi.

    Kontrast moddalar konsentratsiyasining qon oqishiga mos o’zgarishiga ko’ra, rentgen nuri kuchsizlanishining koeffitsiyenti o’zgari-shiga bog’liq tekshirish usuli bo’lgan ketma-ket skanirlovchi dinamik kompyuter tomografiyasi usulida transplantatsiya qilingan koronar shuntdagi qon o’tishini, aortani ko’krak qismidagi bo’laklarini va minut hajmdagi qon oqishini o’lchash mumkin. Ammo bu usul bilan ham yurakning sifatli tasvir ini olish qiyin, shu sababli yuqori sifatli uch o’lchamli tasvir olish uchun keyingi vaqtlarda mexanik usulda skanirlaydigan tez harakatlanuvchi tomograflar hamda elektron skanirlovchi tomograflar yaratildi. Mexanik usulda skanirlaydigan bunday tomograflardan biri 1981- yilda AQShning Mayo klinikasida qo’llanildi, uning tarkibidagi 3 ta rentgen nurlatgichi va 3 ta detektor veyer yo’nalishi bo’yicha tez harakatlanib, zarur tekshirishlar o’tkazish imkonini beradi. Bu dinamik yoyilma rekonstruktor (DYoR) bir vaqtning o’zida 240 tagacha bir-biriga yaqin ko’ndalang qirqimli qatlamlarni 1 mm «qadam»da 1 sekundda 60 tagacha qirqimlarini olib berish imkoniyatiga ega.

    Bu (DYoR) tarkibiga 28 ta rentgen trubkasi, 28 ta tasvir yorqin-ligini kuchaytirish sistemasi, shuncha televizion kameralar kirib (7.17-rasm, a). Bu RKTda 30x30 sm o’lchamda tasvir hosil bo’ladi, skanirlash chastotasi 60 Gs, 4—5 sekund skanirlash vaqtida bemor oladigan doza 5 + 10 Rdan oshmaydi.

    7.17b rasm elektron skanirlovchi tomograf qismlarining tuzulishi ko’rsatilgan. Bunday tomograf 1982- yilda Kaliforniya universitetining klinikasida foydalanilgan. Uning rentgen trubkasi elektron to’pidan iborat bo’lib, 120 kV kuchlanish va 1000 mA tokida zarur elektron dastasini hosil qilib, magnit maydoni ta’sirida 33e + 37° gacha fokuslanib og’dirib beradi. Bunda elektron dastasi 4 ta halqadan biridan 210° gacha burilishi mumkin. Bu tomografda detektor sifatida sintilator — fotodiod juftligidan foydalanilgan.

    Bu tomografdagi skanirlash vaqtining 35+50 ms gacha bo’lishi, qatlam qalinligi 1 sm va qatlamlar soni yurakni tekshirish uchun kerakli hajmda bo’lishi hamda boshqa imkoniyatlar yaxshi natija berdi
    7.17- racm. Yurakni tekshiruvchi rentgen kompyuter tomografi

    a — dinamik yoyilma rekonctruktor: P — bemor; E — fluoressent skran; R — rentgen trubkasi; T — telekamsralar. b — slektron skanirlash tomografi: / — bemor; 2 — elektron to’p; 3 — elektron dastasi; 4 — fokuslovchi magnit; 5 — og’diruvchi magnit; 7 — yarim halqa shaklidagi detektorlar matritsasi; 8 — rentgen nurlanishi dastasi.
    Takrorlash uchun savollar:

    1. Yurakni tekshiruvchi rentgen kompyuter tomograflarining imkoniyatlari qanday?

    2. Mexanik usulda skanirlovchi Rentgen kompyuter tomografi haqida nima bilasiz?

    3. Elektron usulda skanirlovchi kompyuter tomograflari haqida nima bilasiz?




    Download 8.58 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75




    Download 8.58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси

    Download 8.58 Mb.