• 2-BOB. OLIY TA`LIM MUASSASALARIDA GEOGRAFIYA TA`LIMINI UYUSHTIRISHNING SHAKLLARI…………………………………………..31
  • 3-BOB. TAJRIBA-SINOV ISHLAR METODIKASI…………………………48
  • XULOSA…………………………………………………………………………54 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..56 KIRISH
  • Tabiiy geografiyadan mashg`ulotlarni innovatsion ta`lim texnologiyasida loyihlash kirish




    Download 275,29 Kb.
    bet1/15
    Sana13.05.2024
    Hajmi275,29 Kb.
    #228789
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    GEODEZIYA VA KARTOGRAFIYA kurs ishi (1)


    TABIIY GEOGRAFIYADAN MASHG`ULOTLARNI INNOVATSION TA`LIM TEXNOLOGIYASIDA LOYIHLASH
    KIRISH…………………………………………………………………………….3
    1-BOB. UMUMIY TABIIY GEOGRAFIYA FANINING OLIY TA’LIM TIZIMIDAGI O’RNI VA AHAMIYATI……………………………………..…5
    1.1. Innovatsion ta’lim texnologiyalari……………………….……………...…6
    1.2. Umumiy tabiiy geografiya fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo’llash bo’yicha xorijiy va mahalliy yondashuvlar………………..…………14
    1.3. Geoaxborot tizimlari va texnologiyalarining yangi imkoniyatlari…………22
    2-BOB. OLIY TA`LIM MUASSASALARIDA GEOGRAFIYA TA`LIMINI UYUSHTIRISHNING SHAKLLARI…………………………………………..31
    2.1.Ma’ruza mashg’ulotlarini tashkil etish………..............................................37
    2.2.Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish………………………………………42
    2.3. Mustaqil ta`limni tashkil etish……………………………………………. 45
    3-BOB. TAJRIBA-SINOV ISHLAR METODIKASI…………………………48
    3.1.Tabiiy geografiya darslarini olib borishda tajriba-sinov ishlar mazmuni………………………………………………………………………..…48
    3.2.Tabiiy geografiya darslarini olib borishda tajriba-sinov ishlari tahlili………………………………………………………………………………53
    XULOSA…………………………………………………………………………54
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..56

    KIRISH
    Mamlakatimizning ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar negizida
    to`laligicha zamonaviy va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalasi yotadi. Zero, yurtimiz jahon ta`limi talablariga tenglashayotgan bir sharoitda zamonaviy teran fikrlaydigan, intelektual va madaniy-estetik qadriyatlarga jahoniy o`lchovlar bilan yondasha oladigan barkamol avlodni tarbiyalash bosh maqsadga aylandi. Bu maqsadga erishish uchun yangi o`quv binolarini qurish, ularni zamonaviy didaktik vositalar bilan boyitish, davr talabiga mos keladigan darsliklar bilan ta`minlashdan tashqari o`qitish jarayonining samaradorligini oshirishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning muhim ahamiyatga egaligini sedan chiqarmaslik kerak.
    Aynan o`sha pedagogik jihatlarini ilmiy-metodik asoslashda geografiya ta`limining o`ziga xos o`rni beqiyosdir. Geografiya fani o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda, dunyo va undagi bo`layotgan voqea-hodisalarga geografik nuqtainazardan baholashda, qolaversa ekologik va estetik madaniyatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabda fan asoslaridan o'quvchilarga puxta va chuqur bilim berish uchun jiddiy izlanishlarni amalga oshirish lozim. Buning uchun avvalo o'qituvchi o'qitishning samarador metodlarini va usullarini izlab topishga ko'plab harakat qilmog'i lozim. Ayniqsa ilmiy - texnika taraqqiy etgan hozirgi sharoitda o'quvchilarning o'zlashtirishi zarur bo'lgan bilim hajmi nihoyatda ortib bormoqda. Masalan tabiiy geografiya kurslarini olib qaraydigan bo'lsak, tabiiy geografiya tabiatda bo’ladigan tabiiy hodisa va jarayonlarni va ularning kelib chiqish sabab va oqibatlarini o'rganadi. Tabiiy geografiya bevosita tabiat bilan bog’liq fan bo’lib, unda biz butun tabiatdagi, atrofimizdagi bo’layotgan turli jarayonalarni o’z ko’z o’ngimizda ko’rib kuzatamiz.
    Jumladan, tabiat bilan jamiyat o’rtasida bo’layotgan salbiy va ijobiy munosabatlarni uzluksiz davom etayotganiligini ko’ramiz. Tabiiy geografiya kursining asosiy vazifalaridan biri bu - mamlakatimiz hududining boy tabiiy resurslari (yer, suv, iqlim, o'simlik va hayvonot olami, hamda yer osti boyliklari) va ularning paydo bo’lish bosqichlari va ulardan oqilona foydalanish hamda kelajak avlodga etkazish, tabiat boyliklari va ne’matlariga bo’lgan munosabat hamda tabiatda bo'layotgan o'zgarishlarni o'quvchilarga zamon talabiga mos holda tushuntirishdan iborat. Bunga erishish uchun o'qituvchi o'qitish jarayonida ko'rgazmali qurollar, texnik vositalar va innovatsion texnologiyalaridan birgalikda keng foydalanishi zarur. O'quv materiallarini o'quvchilarga tushuntirishda ularning bilimlarini turmush bilan bog'lash hamda tabiiy geografiyaiga bo'lgan qiziqishni oshirishda o'qituvchiga mavzularga oid xaritalar, rasmlar, diagrammalar, jadvallar bilan bir qatorda turli texnika vositalari katta yordam beradi. Ayniqsa, filmoskop, diaproyektor, kadroproyektor, kodoskop, epidoskop, kinoapparatalarning o'rni juda muhim. o'qituvchi bu texnik vositalardan foydalanayotganida maktabning fizika o'qituvchilari bilan bevosita uzviy aloqada bo'lishi lozim.
    O'quv jarayonida yuqorida bayon qilingan texnik vositalardan foydalanish uchun avvalo o'qituvchidan maxsus tayyorgarlik ishlarini olib borish talab etiladi Darsni yangi materialga tegishli rasmlarni tahlil qilishdan boshlash ham mumkin. Tasvirli ko’rsatmalardan biri fotosuratlar bo’lib, ular landshaftning aslini ko’rsatadi.
    Boshlang’ich geografiya darslarida bizga ma’lumki, rangli tasvirlarning ahamiyati kata hisoblanadi. Jurnal, kitob, gazetalardan to’plangan illyustrasiyalar va fotosuratlarni epidiaskop orqali ko’rsatish ham mumkin.
    Shu o’rinda ekranli qo’llanmalar haqida ma’lumot berib o’tamiz, ekranli qo’llanmalar ikki xil bo’ladi: proeksion apparatlar va televidenie. Proeksion apparatlarning o’zi 3 xil (episkop, epidiaskop va diaskop apparatlari) ga ajratiladi. Proeksion apparatlar tabiiy ko’rgazmali vositalarni bu qo’llanmalar orqali o’quvchilarda o’rganiladigan ob’ekt va narsalarning shakli, rangi, ba’zan kattaligi haqida to’g’ri va aniq tasavvur hosil qiladi. Ayrim holda karta, surat, sxema kabi qo’llanmalar ham ularning o’rniga o’tmaydi. O’quvchilar natural qo’llanmalar yordamida o’rganiladigan materiallarni puxta o’zlashtirib oladilar.
    Materiklar va ayrim o’lkalarning tabiat zonalarini o’rganishda
    o’simliklardan yig’ilgan gerbariylardan foydalaniladi. Gerbariy yig’ganda o’tlarning namunalari shikastlanmagan ildizi va mevasi (yoki urug’i), daraxtlarning namunalari esa bargi, guli, mevasi va novdasining bir bo’lagi bilan olinishi lozim.
    O’simlik gerbariylari Maktab atrofidagi o’simlik namunalaridan ham gerbariylar to’plash mumkin. Gerbariylardan foydalanib dars o’tilganda o’simliklarning xo’jalik ahamiyatiga ham to’xtab o’tish maqsadga muvofiqdir.
    Yangi asr geografiya o`qutuvchisi o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantirishda chuqur pedagogik-psixologik bilim va tajribaga ega bo`lishlari kerak.
    Innovatsion texnologiyalarni geografiya darslariga joriy etishda o’qituvchining darsni to`g`ri tashkil eta olishi hamda boshqaruvchanlik qobiliyati birinchi o`rinda turadi. Texnologik yondashuv asosida geografiya ta`limini tashkil etishda o’qituvchi va o’quvchi uchun qulay sharoitlar ta’minlanishi muhim ahamiyatga egadir. Bu qulayliklarni quyidagilar bilan izohlash mumkin: birinchidan, sinflarda kichik yosh geograf guruhlarini tashkil etish; ikkinchidan, sinf xonalarini geografiya ta`limi maqsadlariga mos jihozlash; uchinchidan, o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarni baholab borish va h.
    Geografiya ta`limiga innovatsion texnologiyalarni joriy etishning ahamiyatli
    jihatlaridan biri - bu o’quvchilarning o’z fikr va g’oyalarini bayon qilishga yo’naltirilgan harakatlarning rag’batlantirilib borilishidadir.
    Masalan, 5-sinf geografiya darsligidagi «Yer yuzining kashf etilishi va o`rganilishi» mavzusiga qaraylik. Bunda yer yuzida asosiy geografik kashfiyotlar to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. Agar bu mavzuni ana’naviy tarzda o’qituvchi gapirib berib, so’ngra o’quvchilarga uyga o’qib kelish topshirilsa, o’quvchida zerikish paydo bo`ladi. Lekin, o’sha mavzuni o’quvchilar bilan birgalikda sahna ko’rinishda; Nosir Hisrav, Xristafor Kolimb, Fernan Magellan, Vasko da Gamma va h. kabi sayyoh olimlarning obrazlarini yaratish orqali tushuntirilsa hamda sayohat davomida turli xil muammoli vaziyatlar hosil qilinsa, o`quvchilarning geografiya faniga bo`lgan qiziqishlari ortadi. Bunday usullar vaqtni tеjash bilan birgalikda sinf jamoasi oldida nutq so`zlashdan qo`rqadigan, tortinchoq o`quvchilarni ham baholashga, ularning fikrlash doirasi hamda qobiliyatini tеkshirishda yordam bеradi.
    Usullarning o`ziga xosligi: O`qituvchi uy vazifalarni darsdan so`ng tеkshirishi mumkin. Geografiya darslarining turli bosqichlarida har xil interfaol usullardan foydalansa bo`ladi. Masalan, o`quvchilarning bilimini tekshirish qismida: «B.B.B», «Aqliy hujum», «O`rgimchak to`ri», «Tayanch signallar», «Blis savoljavob» kabi usullardan foydalanilsa yaxshi natijalarga erishish mumkin. Yangi mavzuni o`rganish qismida esa «6x6x6», «Bumerang», «Kichik guruhlarda ishlash», «Munozara usuli», «Davra suhbati», «Ro`lli o`yinlar», «Yozma baxs» kabi usullarni qo`llash o`quvchilarni mustaqil bilim egallashi va shu egallangan bilimni boshqa o`rtoqlari bilan baxslashish, muloqatda bo`lish davomida eslab qoladilar va bu bilan birga nutq madaniyatini ham rivojlantiradilar. Shunday metodlar ham borki, bu usul orqali o`tilgan darsni mustahkamlash bilan birga yangi mavzuni ham samarli qilib tashkil qilish mumkin Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, o‘z navbatida, bu sohada zamonaviy ilg‘or pedagogik texnologiyalarni va usullarni joriy etishning qay darajada olib borilayotganligiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
    Geografiya o`qituvchisining yuksak pedagogik mahorati, bilim darajasi, shubhasiz ta`lim tarbiyaning muhim omillaridan biridir. Chinakam pedagogik mahoratli, nutq ustasi bo`lgan o`qituvchi rejada ko`rsatilgan darsni shunchaki bayon qilib bermaydi. Avvalo, uni fikrlari bilan to`lg`azib qiyomiga etkazadi, so`ng ko`rgazmali qurollar, misollar va topshiriqlar tayyorlaydiTa’lim samaradorligini o‘rganish jarayoni o‘quvchi qay darajada faol qatnashayotganligi bilan belgilanishini hisobga olgan holda yangi o‘qitish uslublari, shakllari, ta’lim oluvchilarga mustaqil fikrlash, ijodiy ishlash jarayonlarida faol qatnashish uchun imkoniyat yaratishi lozim.
    Agar o`qituvchi bor kuchini materiallarning mazmunini qayta bayon qilishga qaratsa, darsiga nisbatan bolalarda qiziqish uyg`ota olmaydi. Ayonki, qiziqish yo’q joyda. Shubhasiz, eslab qolish bo`lmaydi. Demak, o`qituvchi dars materialini
    qanchalik yaxshi bilsa, uni interfaol usullar, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni qo`llab, o`quvchilarga yetkaza bilsa, natijada o`quvchilarning ham darsga bo`lgan qiziqishlari ortadi va geografiya ta`limi samaradorligi yanada oshadi. Kelgusida joriy qilinishi zarur bo‘lgan ta’limga yangicha yondashuv, innovatsion ta’lim texnologiyalari ko‘proq ta’lim oluvchilar faolligiga asoslanishi, ularda mustaqil o‘rganish ehtiyoji va ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘nalgan bo‘lishi shart deb hisoblaymiz

    Download 275,29 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 275,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tabiiy geografiyadan mashg`ulotlarni innovatsion ta`lim texnologiyasida loyihlash kirish

    Download 275,29 Kb.