• ( tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)
  • Zbek tili darsning maqsadi




    Download 219.22 Kb.
    bet51/81
    Sana22.07.2021
    Hajmi219.22 Kb.
    #15586
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81
    Bilib oling. Bosh gap tarkibida ega vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga ega ergash gap deyiladi. Bunday ergash gap bosh gapga nisbiy so’zlar (kim - o’sha, nima - o’sha (yer) kabi) yoki bosh gap kesimi tarkibida qo’llaniluvchi -ki yuklamasi yordamida bog’lanadi.

    Gap qismlari nisbiy so’zlar yordamida bog’langanda, ergash gap kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi va ergash gap bosh gapdan oldin keladi.

    Gap qismlari –ki yordamida bog’langanda esa ega ergash gap bosh gapdan keyin keladi.
    Eslab qoling. Ba’zan bosh gapning egasi vazifasidagi ko’rsatish olmoshi qo’llanmasligi mumkin, ammo uning o’rni bilinib turadi.

    135-mashq. Ko’chiring. Bosh va ergash gaplarni aniqlang. Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositani izohlang.

    1. Shu narsa qiziqki, uyquda ham miya o’z faoliyatini to’xtatmaydi. («Fan va turmush») 2. Kim izlansa, u, albatta, maqsadiga erishadi. 3. Kimki rostgo’y, samimiy bo’lsa, u el o’rtasida qadr topadi. («Tafakkur gulshani») 4. Ko’ziga nima ko’rinsa, shu uni qiziqtira boshladi. (Oybek) 5. Kim erta bahordan dalaga chiqib peshona teri to’ksa, u kuzda mehnatining rohatini ko’radi.

    136-mashq. Ega ergash gapli qo’shma gaplarni topib ko’chiring. Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalarni aniqlang.

    Yomg’irdan keyin osmonda paydo bo’ladigan kamalak jahondagi jamiki ranglarni yettita ipga tortib turganga o’xshaydi. O’sha yetti ipni kim yoyib yuborsa, u olamni anvoyi gullarga burkaydiganday.

    Odam bolasi borki, u shu ranglardan birini o’ziniki qilib oladi, butun taqdirini, tarjimai holini, orzu-umidlarini va, nihoyat, olamni shu rang orqali ko’radi. Shu narsa ayonki, tabiat ham shu rang ta’siriga tushib qoladi.

    Masalan, men gunafsha rangni yaxshi ko’raman. Shu rangga ko’zim tushishi bilan butun umrim ko’z oldimga keladi. Yayrab ketaman. Bunga sabab, yoshligimda gunafsha rang qog’ozdan varrak yasab uchirardim. Shunisi qiziqarli ediki, ko’m-ko’k bahor osmoni bolalar uchirgan anvoyi rang varraklarga to’lib ketardi. Ular orasida mening gunafsha rang varragim alohida ajralib turardi. (Said Ahmad)

    138-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni ko’chiring. Bosh gapning egasi vazifasidagi ko’rsatish olmoshini aniqlang.

    1. Anvarga shunisi qiziq tuyuldiki, bu yerda ... hamma daraxtlar bir chiziq ustida saf turadi. (Abdulla Qodiriy) 2. Bu savollardan ma’lum bo’ldiki, aybnoma uydirma emas. (Abdulla Qahhor) 3. Bir narsa aniqki, ahvol yomon. (Asqad Muxtor) 4. Kimki taqdirga tan bersa, u hayot to’lqinida g’arq bo’lib ketadi. (O. Yoqubov) 5. Kimki birovga yomonlik qilsa, u shu dunyoning o’zidayoq jazosini ko’radi. (Hadis)

    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

    V. Uyga vazifa

    VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

    Ilmiy bo’lim mudiri: ________________________

    «Ona tili» 9-sinf

    9-sinf «____» «_____________»

    ERGASHGAN QO’SHMA GAPLAR

    36-dars HOL ERGASH GAPLI QO’SHMA GAPLAR

    Darsning maqsadi:

    a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. .(nutqiy kompetensiya: . ( tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish)

    b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

    c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

    Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

    Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...

    Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )



    Download 219.22 Kb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81




    Download 219.22 Kb.