|
uslubini ishlab chiqqan va birinchi bo'lib sinish burchagining tushishBog'liq ‘. T. ‘Sar0v tabiatshunoslikuslubini ishlab chiqqan va birinchi bo'lib sinish burchagining tushish
burchagiga mutanosib emasligini ko‘rsatgan. Alxazenga yassi-qavariq linzaning
kattalashtirishi, ko'rish burchagi tushunchalari ma’lum bo'lgan. Olim
atmosferani bir jinsli deb hisoblab uning balandligini pniqlagan. Uning
«optika kitobi» asari XII asrda lotin tiliga taijima qilingan.
Sharqning buyuk allomasi — astronom-olim, davlat arbobi Mirzo
Ulug‘bek Samarqandda o ‘sha davrda jahonda yagona hisoblangan
observatoriyani qurgan. Uning butun jahonda unga shuhrat keltirgan asosiy
asari «Ziji Ko‘ragoniy»dir. Samarqand ilmiy maktabining shoh asari bo‘lgan
«Zij» o'rta asr astronomiyasi va matematikasini o'z ichiga olgan. XVI asrdan
boshlab hozirgi kungacha Yevropada lotin va boshqa tillarga taijima qilingan.
Bu asar ilmi nujum va matematikaga bag‘ishlangan bo'lsa ham, unda fizikaga,
xususan, optikaga bag‘ishlangan ma’lumotlar ham uchraydi. «Ziji»da
keltirilgan jadvallaming aniqligi va qo'llanilgan matematik usullariga ko'ra,
u o ‘rta asrlarda yozilgan astronomik asarlarning eng mukammali boigan.
Abu Ali ibn Sino o ‘zining ko‘p tarmoqli mahsuldor ijodi bilan
jahon madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan qomusiy olim:
tabiatshunos, faylasuf, astronom, matematik va h. k. U fizikaviy hodisalar,
xususan, mexanika, issiqlik, tovush va yorug'lik hodisalarini ham o'rgangan.
Uning ijodida mexanik mashinalami yasash g‘oyasi ham o ‘z ifodasini
topgan. Masalan, mexanika qonunlarini o ‘rganishda Ibn Sinoning
«Donishnoma» kitobini keltirish mumkin. Ibn Sino bu asarida: «Agar
kuch yo'qolsa, shu sabab vujudga keltirgan oqibat ham tura olmaydi, bir
xil sharoitda nima kichik boisa, tezroq harakat qilishi, nima katta bo'lsa,
|
| |