Harakat miqdorining yil davomida oylar bo‘yicha o‘zgarishi
(
2
.
2
-rasm) avtomobil yo‘lining xalq xo‘jaligidagi ahamiyatiga qarab
turlicha boMadi, bu o‘zgarish shahar ko‘chalarida
birmuncha tekis
bo‘Isa, shahar tashqarisidagi avtomobil yo‘llarida kuz yoki yoz
oylarida eng katta harakat miqdori kuzatiladi. Umuman 0 ‘zbekiston
Respublikasi hududidan o‘tgan umumfoydalanuvdagi
avtomobil
yo‘llarining asosiy qismi uchun harakat miqdorining yuqori
ko‘rsatkichlari yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining yig‘im-terim
davri avgust,
sentabr va oktabr oylariga, dam olish zonalari bilan
bog‘laydigan avtomobil yo‘llarida esa yoz oylariga to‘g‘ri keladi.
Avtomobil yo‘Ilaridagi harakat
miqdorining sutka davomida
o‘zgarishi (2.3-rasm) ko‘pincha harakat yo‘nalishiga, hafta kunlariga
va yo‘lning ahamiyatiga bog'liq bo‘lib, asosan,
sutka davomida ikki
marta (ertalab va kechki) ko‘tarilishi kuzatiladi.
2.2-rasm. Harakat miqdorining oylar bo‘yicha o‘zgarishi.
l-Toshkent-Minvoda avtomobil yo‘li; 2-Toshkent shaliar Chexov ko‘chasi.