|
1- dars. Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari
|
bet | 49/145 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 1,92 Mb. | | #156614 |
Bog'liq 1- dars. Mavzu Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari DarsUslub: Aralash.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlar- da ishlash
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
Usui: Tayyor prezentatsiya va slayd material- lari asosida.
Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
Kutiladigan natijalar
|
O'quvchilar Paskal dasturlash tilining o'zlashtirish operatori - U := va uning bajarilish tartibi, chiqarish operatorlari - Write(chiqarish ro'yxati) va WriteLn(chiqarish ro'yxati) va ularning ishlash prinsiplari, bir-biridan farqlanishi hamda chiqarish formati tushunchalarini o'zlashtiradi.
|
Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)
|
O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosida key- ingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va re- jalashtiradi
|
Darsning borishi va vaqt taqsimoti
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O'tilganlarni takrorlash
|
7 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
14 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
13 daqiqa
|
5
|
Uyga vazifa
|
3 daqiqa
|
Tashkiliy qism.Salomlashish, o’quvchilarni darsga jalb qilish,sinf xonasining tozaligi, davomatni aniqlash. O’quvchilarni dunyo bo’ylab informatika fani yangiliklaridan boxabar qilish.
O’tilgan mavzuni takrorlash:
1.Qanday funksiyalar standart funksiya deyiladi?
2.Standart funksiyalarning odatdagi va Paskalda yozilishining qanday farqi bor?
3.Algebraik ifodalar nimalardan tashkil topadi?
4.Biror ifodada bir xil amallar qatnashsa, ularning bajarilish tartibi qanday bo'ladi?
5.Amallarni bajarish tartibini o'zgartirish uchun nimalardan foydalaniladi?
6.Trunc(4.7)=Round(4.7) o'rinlimi? Javobingizni izohlang.
7.sin x-c ko'rinishidagiyozuv Paskalda nima uchun xato hisoblanadi?
8. sqr(abs(x +sin(x))-pi) ifodada amallar bajarilish tartibini izohlang.
Yangi mavzu bayoni:
Paskal dasturlashtili, odatda, tavsiflangan o'zgaruvchilar uchun xotiradan joy ajratib, ularning turiga mos boshlang'ich qiymatlarni yozib qo'yadi:
O'zgaruvchi turi
|
Boshlang'ich
qiymat
|
O'zgaruvchi turi
|
Boshlang'ich
qiymat
|
barcha butun sonli
|
0
|
barcha haqiqiy sonli
|
0.0000000000e+00
|
char
|
'' (probel)
|
boolean
|
FALSE
|
string
|
" (bo'sh satr)
|
string[7]
|
" (bo'sh satr)
|
O'zlashtirish operatori.O'zlashtirish operatori o'zgaruvchilarga qiymat berish uchun qo'llaniladi.U := belgi orqali ifodalanadi. O'zlashtirish operatorning umumiy ko'rinishi quyidagicha:
o'zgaruvchi := ifoda;
Bu operator bajarilganda quyidagicha ishlar bajariladi:
1) ifoda qiymati hisoblanadi;
2) ifodaning qiymati o'zgaruvchiga o'zlashtiriladi, ya'ni xotiraning o'zgaruvchi uchun ajratilgan qismiga (o'zgaruvchining «eski» qiymati o'chib ketadi) ifodaning qiymati yoziladi.
|
| |