|
1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja
|
bet | 49/102 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #118418 |
Bog'liq Ma\'ruza 1 212-Mavzu. Tashqi nomzodlar
Reja:
1. Tashqi nomzodlarni tanlash strategiyalari
2. Yangi ishchi topish usullari
3. Ishga yollashda talabalar Tashqi rekrutingi (ishga yollash)
Kalit so'zlar va iboralar:
yollash, yollash, ish jarayoni, bosh kiyimlarni yig'ish, yollash tashkilotlari
Ishga olish yoki yollash - bu kadrlar menejerlari yoki yollash xodimlarining asosiy funktsiyalaridan biri bo'lgan biznes jarayoni. Kadrlar tanlash, shuningdek, ish qidiruvchilarni ish qidirish uchun ish agentliklari va ixtisoslashgan veb-saytlar tomonidan taqdim etiladigan asosiy xizmatdir.
Tashqi nomzodlarni tanlash strategiyalari
Firmaning ish rejasi tuzilganidan keyin(mehnat resurslari rejasi uning tarkibiy qismi hisoblanadi) menejerning eng muhim ishni bajarishi, ya’ni xodimlarni tanlash fursati keladi. Mazkur jarayonning mohiyati shundan iboratki, mavjud bo‘sh o‘ringa nomzodga qo‘yilgan talablarni hisobga olib baho bergan holda ishga qabul qilish uchun mos keladigan malakali xodimlarni jalb qilish hisoblanadi.
Xodimlarni tanlash uchun butun javobgarlik xodimlar Bilan ishlash bo‘yicha menejerning zimmasiga tushadi. Kadrlarni tanlash jarayoni boshqaruv ishining boshqa jabhalari singari juda murakkabdir. Birinchi bosqichda nomzodga bo‘lg‘usi ish mohiyatini to‘g‘ri va aniq tushuntirish ayniqsa muhim, aks holda zarur malakaga ega bo‘lmagan kishilarni qabul qilish va ular bilan suhbatlashishga ko‘p vaqt sarflash mumkin.
Xodimlarni tanlash sohasidagi kadrlar siyosati ishga qabul qilish tamoillarini, tegishli funksiyalarini sifatli bajarish uchun zarur xodimlar miqdorini, xodimlarning ko‘nikmalarini mustahkamlash va ularni kasbiy jihatdan o‘stirish metodologiyasini belgilashdan iborat. Kadrlarni tanlashga boshqaruvning shaxsga nisbatan amalga oshiriladigan kichik funksiyasi deb qaraladi. Xodimlarni tanlash jarayoni nomzodlar shaxsi va ishiga baho berish mezonlarini tanlashdan boshlanadi. Mezonlar xulq-atvor qoidalarini va kasbiy ko‘nikmalarining tafsilotlarini o‘z ichiga oladi. Xodimlarni tanlashning navbatdagi bosqichi – nomzodning ekspertlar tomonidan baholanishidir. Ushbu bosqich test o‘tkazish, masalalar yechish va mashqlarni bajarishga asolanadi. Test o‘tkazilgandan keyin kuzatish bosqichi keladi: nomzod suhbatga chaqiriladi. Yuqorida aytib o‘tilgan bosqichlardan o‘tilganidan so‘ng oligan natijalar tahlil qilinadi va ular nomzodlarni baholash mezonlariga solishtirib ko‘riladi. Nomzodlarni tanlash jarayoni qaror qabul qilish bilan yakunlanadi. Agar uzul-kesil qaror qabul qilishda ma’lum qiyinchiliklar tug‘ilgan bo‘lsa, qo‘shimcha test o‘tkazilishi mumkin.
Kadrlar tanlash muammosini to‘g‘ri hal qilishning ahamiyati ishchi kuchining ancha qimmatligi bilan bog‘liq. Shu sababli birinchi navbatda mazkur nomzod firmaga kerak yoki kerak emasligini aniqlash lozim. Aks holda xatoga yo‘l qo‘yilsa bu ancha qimmatga tushishi mumkin. Kadrlarni tanlashda xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun har xil axborot manbalaridan foydalanish lozim (1-jadval).
1-jadval
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja
|