|
Tashkilot ichida xodimlarni tanlashning ijobiy tomonlari
|
bet | 51/102 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #118418 |
Bog'liq Ma\'ruza 1 2Tashkilot ichida xodimlarni tanlashning ijobiy tomonlari:
Xizmat pillapoyasi bo‘ylab ko‘tarilish imkoniyati, jamoadagi uyushqoqlik, xizmat ko‘rsatishdagi yaxshi muhit;
Xodimlarni tanlashda kam harajat qilinishi;
Xodimning ish jarayonini bilishi;
Ishdagi rag‘batlantirishlar darajasining saqlanishi;
Bo‘sh lavozim tez egallanishi;
yoshlar uchun bo‘sh o‘rinlar ochilishi.
Tashkilot ichida xodimlarni tanlashning kamchiliklari:
Tanlash imkoniyatining kamayishi;
Malaka oshirishga katta harajatlar qilinishi;
Xodimga o‘z korxonasidagi kamchiliklar ko‘rinmaydi;
Hamkasabalarning ishdan ixlosi qaytishi;
Uzoq vaqt ishlagan xodimga «yo‘q» deya olmaslik.
Tashkilotdan tashqarida xodimlarni tanlashning ijobiy tomonlari:
Tanlash imkoniyatining kengligi;
Korxonaga «yangi g‘oyalar»ning kirishi;
Ishga qabul qilish kadrlarga bo‘lgan talabni bevosita qondiradi;
Chetdan olingan xodim boshqa korxonalardagi tajribalarni olib keladi;
Tashkilotdan tashqarida xodimlarni tanlashning kamchiliklari:
Tanlashda katta harajat qilinadi;
Yangi qabul qilingan xodimlar ulushining ko‘pligi kadrlar qo‘nimsizligiga imkoniyat yaratadi;
Jamoadagi muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin;
Yangi xodimning bilim va ko‘nikmalari kamligi tufayli sinov muddatiga ko‘p vaqt sarflanadi;
Ish jarayonini bilmaydi;
3. Xodimlarni tanlash mezonlari
Nomzodlarni baholash standart mezonlarga ko‘ra amalga oshirilishi lozim. Bu baholash mezonlari quyidagilar bo‘lishi mumkin.
Ma’lumoti va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tajribasi:
Mustaqil tarzda, kimningdir rahbarligi ostida ishlash;
Ishlab chiqarish harajatlari uchun javobgarlik;
Xodimlarni boshqarish;
Boshqalar bilan birga ishlash.
|
| |