• Xodimlarni tanlashning asosiy tamoyillari
  • 1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja




    Download 1,19 Mb.
    bet59/102
    Sana14.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #118418
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   102
    Bog'liq
    Ma\'ruza 1 2

    Murabbiylik (ustozlik) — ishlab chiqarishga yangi qabul qilingan xodimni tarbiyalash va kasbiy tayyorlash shaklidir. Yangi xodimga tajribali, yosh jihatidan katta murabbiy (ustoz) birkitib qo’yilishi kerak. U yangi xodimga o’z tajribasini o’rgatishi bilan birga uning tashkilotda muvaffaqiyatli ishlab ketishi uchun mas’ul hisoblanadi.


    Xodimlarni tanlashning asosiy tamoyillari

    1. Nomzodlar, ularning ish tajribasi, kasbiy tayyorgarligi va mavjud bo’sh ish o’rinlariga qo’yilgan malakaviy talablarga muvofiqligi, shuningdek salohiyat va imkoniyatlarini hisobga olgan holda tanlanadi.


    2. Tanlov uch bosqichda o’tkaziladi.
    3. Tanlovga kelib tushgani barcha hujjatlar Xodimlar bilan ishlash
    boshqarmasi tomonidan ko’rib chiqiladi.
    4. Tanlovda ichki (hududiy va tizim tashkilotlardagi) nomzodlar umumiy
    asosda qatnashadilar. Nomzodlarning barcha ko’rsatkichlari bir xil bo’lgan taqdirda, ichki nomzodlar tashqi nomzodlarga nisbatan ustunlikga ega hisoblanadi. Ushbu holat, xodimning mazkur tizimda ishlayotganligi, uning tuzilishidan, ish jarayonining umumiy tamoyillari va maqsadlaridan xabardorligi, yangi ish joyiga moslashishga kamroq vaqt sarflashi bilan izohlanadi.
    5. Vazirlik markaziy apparati, hududiy bo’linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish uchun o’z xodimlarining kasb va martaba tizimida o’sishiga alohida e’tibor qaratiladi.
    6. Nomzod bilan tegishligi bo’yicha funktsional departament, boshqarma va bo’lim boshlig’i tomonidan belgilangan vaqtda suhbat o’tkaziladi hamda o’rnatilgan tartibda nomzod to’g’risida o’z fikr-mulohazasini bildiradi.
    7. Chet tillarini biladigan nomzodlarga ustunlik berilishi, shuningdek rahbarlik lavozimlari uchun nomzodlarga qo’shimcha ravishda, boshqaruv organlari tizimidagi ish staji va xodimlarga rahbarlik qilish tajribasi kamida 2 yil bo’lishi lozimligiga alohida e’tibor qaratiladi.
    8. Lavozimga tayinlanishidan oldin yuqori turuvchi davlat organlari bilan kelishish tartibi amalga oshiriladi.
    9. Tanlov natijalariga ko’ra, nomzodga belgilangan tartibda ish taklif qilinadi.
    10. Mavjud bo’sh (vakant) ish o’rnining yopilishi yakuniy nomzodning ish taklifini qabul qilgan vaqtga qarab belgilanadi.
    11. Tashqi tanlov. Bo’sh (vakant) ish o’rinlariga munosib nomzodlarni shakllantirishda ijtimoiy tarmoqlardan va ommaviy axborot vositalaridan foydalanilishi mumkin.
    12. Ichki tanlov. Ushbu tartibda ichki tanlov – xodimlarning gorizontal yoki vertikal tartibda boshqa doimiy ishga o’tkazilishidir. Ichki tanlovning maqsadi, tizimdagi asosiy ish o’rinlari uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash, shuningdek xodimlarning o’sishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratish.
     Ichki tanlov asosida xodimni boshqa ishga o’tkazish, xodim tanlovning barcha bosqichlarini muvofaqqiyatli yakunlangandan so’ng, ishlab turgan va o’tayotgan to’g’ridan-to’g’ri rahbarlari kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi.
     Ichki mehnat tartib-qoidalarini buzmagan va ushbu tizimda bir yildan kam bo’lmagan ish stajiga ega xodimlar bo’sh ish o’rinlari uchun bo’ladigan tanlovlarda ishtirok etishi mumkin.



    Download 1,19 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   102




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja

    Download 1,19 Mb.