• Personalning rivojlanishga ehtiyoji
  • Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
  • Uzluksiz ta’limning faoliyat ko’rsatish tamoyillari
  • Personalni rivojlantirish quyidagi shartlarga bog’liqdir




    Download 1,19 Mb.
    bet67/102
    Sana14.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #118418
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   102
    Bog'liq
    Ma\'ruza 1 2

    Personalni rivojlantirish quyidagi shartlarga bog’liqdir:

    • korxonaning personalni bugungi ishida va kelajakni ko’zlab rivojlantirishga ehtiyoji;

    • xodimlarni rivojlantirish salohiyati, ya’ni ularning hali foydalanilmagan bilimlari, qobiliyatlari mavjudligi;

    • Personalning rivojlanishga ehtiyoji;

    • personalni rivojlantirish imkoniyati, ya’ni moliyaviy, mehnat, texnika va boshqa resurslarning mavjudligi.

    Personalning rivojlanishga ehtiyoji deyilganda xodimlarning o’z kompaniya va firmalari maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda o’z bilimi, ko’nikmasini oshirish, kasbiy imkoniyatlariga yangicha qarashni ongli anglangan zarurat sifatida tushunishi anglanadi.
    1992 yilda “Ta’lim to’g’risida"gi qonunning qabul qilinishi ushbu yo’nalishdagi birinchi va juda muhim qadam bo’ddi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi va bevosita rahbarligi ostida 1997 yildan boshlab Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi va izchil amalga oshirishga kirishildi.
    Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish, kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi etib belgilandi.
    Uzluksiz ta’limning faoliyat ko’rsatish tamoyillari quyidagilardan iborat:

    • ta’limning ustuvorligi — uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intel-lektning nufuzi;

    • ta’limning demokratlashuvi — ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda o’quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o’tilishi;

    • ta’limning insonparvarlashuvi — inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bo’lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvor-ligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o’zaro munosabatlarining uyg’unlashuvi;


    • Download 1,19 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   102




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Personalni rivojlantirish quyidagi shartlarga bog’liqdir

    Download 1,19 Mb.