Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish




Download 1,19 Mb.
bet70/102
Sana14.12.2023
Hajmi1,19 Mb.
#118418
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   102
Bog'liq
Ma\'ruza 1 2

3.Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish
Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish borasida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarining o’ziga xosligidan kelib chiqib, o’quv rejalari va dasturlari mazmuni hamda mutaxassislik fanlari bo’yicha soatlar taqsimotini kadrlar buyurtmachilari bilan hamkorlikda fan va texnologiyalarning so’nggi yutuqlari asosida shakllantirish;
bitiruv-malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari mavzularini iqtisodiyotning real sektori, shuningdek hududiy (viloyat, tuman, shahar, mahalla, hududiy ob’ekt) muammolardan kelib chiqib shakllantirish hamda mavzularni tor qamrovda chuqur tadqiq qilishga o’tish;
oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari aloqalarini mustahkamlash hamda klaster usulida faoliyat yuritishini tashkil etish;
ishlab chiqarish rivojlangan hududlar va iqtisodiy zonalarda oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yo’lga qo’yish;
talabalarning tegishli soha bo’yicha ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarda ta’lim jarayonidan tashqari vaqtda mehnat faoliyati olib borishlariga shart-sharoit yaratish;
ilmiy-texnik buyurtma va grantlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishda mavjud muammolarga yangicha yechim topish, tajribali amaliyotchilarni o’quv jarayoniga faol jalb qilish, ta’limda ishlab chiqarish infratuzilmasi va amaliy misollardan keng foydalanish kabi yo’nalishlarda oliy ta’lim muassasalarining ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o’zaro manfaatli hamkorligini ta’minlash;
ishlab chiqarish korxonalarida mutaxassislik kafedralari filiallari, oliy ta’lim muassasalari huzurida ishlab chiqarish korxonalari tarkibiy bo’linmalarini, texnoparklar, biznes inkubatorlar, kovorking markazlari faoliyatini tashkil etish, texnologiyalar transferini amalga oshirish orqali ta’limning ishlab chiqarish bilan samarali hamkorligini rag’batlantirish;
pedagog xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida malaka oshirish tizimini joriy etish, shuningdek ishlab chiqarishda katta tajribaga ega, biroq ilmiy darajasi bo’lmagan mutaxassislarni ta’lim jarayoniga, jumladan taklif etilgan va faxriy o’qituvchi sifatida jalb etishning ta’sirchan mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish, bunda ushbu mutaxassislarni muayyan sohadagi stajiga muvofiq tegishli lavozimlarga ishga qabul qilish;
ishlab chiqarish korxonalarida dars mashg’ulotlari va talabalar amaliyotini samarali tashkil etish tartibini takomillashtirish, bunda amaliy ko’nikmalarni tasdiqlovchi sertifikatlar berish tizimini joriy etish;
kadrlar buyurtmachilari murojaati asosida oliy ta’lim muassasalari bazasida ishlab chiqarishdan tajribali amaliyotchilarni jalb etish yo’li bilan maqsadli ta’lim dasturlari, professional malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari, treninglar tashkil etish mexanizmlarini yaratish;
oliy ta’lim muassasalari tuzilmasini isloh qilish asosida faoliyati talabalar amaliyoti va ishga joylashishiga har tomonlama ko’maklashish, potentsial ish beruvchilar ro’yxatini shakllantirib borish va hamkorlik qilish, shuningdek avvalgi bitiruvchilar salohiyatidan unumli foydalanishga qaratilgan «Karera markazlari»ni tashkil etish;
oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bilim hamda ko’nikmalarini baholovchi markazlar faoliyatini qo’llab-quvvatlash;
ilmiy tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini tijoratlashtirish kabi masalalarda kadrlar buyurtmachilari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim muassasalari o’rtasida o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yish, biznes inkubatorlar va venchur moliyalashtirish faoliyatini rivojlantirish, mazkur masalalarda tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirib borish;
doktorlik dissertatsiyalari ilmiy natijalarining amaliyotga tezkor joriy etilishini ta’minlash, yoshlarning ilmiy faoliyatga qiziqishlarini oshirish va rag’batlantirish, ilmiy faoliyat nufuzini ko’tarish maqsadida doktorlik (tayanch doktorlik) ilmiy darajasini beradigan binar (ikkitalik) himoyalar tizimini joriy etish;
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar tanlovlarida ilmiy natijalarning tijoratlashtirilishi, ularning amaliyotga joriy etilishi muddatidan kelib chiqqan holda grantlar miqdori va davomiyligini belgilash;
vasiylik kengashlari tarkibini kadrlar buyurtmachilari, yirik ish beruvchilar, jamoat arboblari va tegishli sohada katta yutuqlarga erishgan tadbirkorlar hisobidan shakllantirish;
bitiruvchilar malakasining ishlab chiqarish talablariga mos kelishini aniqlash, kadrlar tayyorlashda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf qilish maqsadida har yili respublika miqyosida kadrlar buyurtmachilari o’rtasida milliy so’rovlar o’tkazish an’anasini yo’lga qo’yish.



Download 1,19 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   102




Download 1,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish

Download 1,19 Mb.