• To’rtinchidan
  • Yettinchidan
  • Singapur qanday qilib iqtisodiy muvaffaqiyatlarga erishdi?




    Download 1,19 Mb.
    bet72/102
    Sana14.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #118418
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   102
    Bog'liq
    Ma\'ruza 1 2

    Singapur qanday qilib iqtisodiy muvaffaqiyatlarga erishdi?
    Bunda uning geografik joylashuvi muhim ahamiyat kasb etadi. Malakka bo’g’ozining ostonasida joylashgan bu hududdan jahon dengiz savdo-sotig’ining 40 foizi kesib o’tadi.
    Ikkinchidan, Bosh vazir Li Kuan Yu xorijiy tadbirkor va sarmoyadorlarga keng quchoq ochadi. Natijada, yevropalik puldorlar Singapur tomon oshiqadilar. Bu esa davlat g’aznasiga mablag’ olib kela boshlaydi, ishchi o’rni yaratilishiga sabab bo’ladi.
    Uchinchidan, Li Kuan Yu kichik, samarador va halol hukumat yaratishga harakat qilgan. Singapurga qo’shni davlatlarga aynan ana shu jihat yetishmas edi. Qolaversa, Bosh vazir topshirig’iga ko’ra, mahalliy va xorijiy tadbirkorlar o’rtasida biznesni osonlashtirishga oid so’rovlar muntazam o’tkazilgan, tadbirkorlar dardiga quloq tutilgan. Singapur bugun ham Jahon bankining «Biznes qilish» reytingida yetakchi hisoblanadi.
    To’rtinchidan, Li Kuan Yu hukumatining jamiyatda qonun ustuvorligini qat’iy o’rnatgani, qonun oldida har bir fuqaroning teng javob berishi Singapur muvaffaqiyatining omili bo’ldi. 
    Beshinchidan, Li Kuan Yuni «iqtidorlarning rahnamosi» deyishar edi. U iqtidorli fuqarolarni mas’uliyatli lavozimlarga qo’yish va ularga yaxshi maosh tayinlashga hech qachon ikkilanmagan. Shu bilan birga, Singapurda mansabni suiiste’mol qilish ham qattiq jazolangan.
    Oltinchidan, mamlakat topayotgan pullarini birinchi navbatda harbiy kuch-qudratga emas, salomatlik va ta’limga sarflay boshlaydi. 1965 yilda Singapurda tug’ilgan 1000 nafar boladan 35 foizi nobud bo’lgan bo’lsa, 1985 yilga kelib, bu ko’rsatkich 10 foizga tushadi.
    Yettinchidan, Singapur bolalari jahonning eng samarali va yaxshi ta’lim tizimlari asosiga qurilgan maktablarda o’qiydilar. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining «Asosiy universal ko’nikmalar» reytingida 15 yoshdagi singapurlik o’quvchilar matematika va aniq fanlar bo’yicha jahonda birinchi o’rinda turishadi. Bu tashkilotning o’quvchilar savodxonligini baholaydigan «PISA» testiga ko’ra, so’nggi 5 yillikda singapurlik talabalar «muammolarga yechim topish» imtihonlarida mutlaq yetakchilik qilishmoqda. Jumladan, 2017 yilning 25 dekabrida e’lon qilingan reyting buning isbotidir.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   102




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Singapur qanday qilib iqtisodiy muvaffaqiyatlarga erishdi?

    Download 1,19 Mb.