|
1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja
|
bet | 71/102 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #118418 |
Bog'liq Ma\'ruza 1 24.Singapur mo’jizasi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan so’ng har bir o’zbekistonlik endi hayoti tubdan o’zgarishi, rivojlangan mamlakatlardagi kabi, tez orada eng munosib va farovon hayotga ega bo’lishini his qildi. Chindan ham qisqa muddatda bu maqsadga erishish mumkinmi? Davlatimiz rahbari ta’kidlagani kabi, tabiiy boyliklarimiz yetarli, xalqimiz mehnatkash, yoshlarimiz zakovatli. Xo’sh, tarixda ana shunday noyob hodisalar bo’lganmi? Men mana shu shirin o’y-xayollar og’ushida manbalarni titkilashga tushdim. Va, topdim! Singapur!
Singapur — Janubi-sharqiy Osiyoda joylashgan, 719.9 km2 maydonga, 6 million aholiga ega orol-davlat.
Adog’iga yetayotgan yilning 9 avgustida mustaqilligining 52 yilligini nishonlagan Singapur, siyosatchi va iqtisodchilarning fikricha, fuqarolari uchun yuksak turmush darajasini qisqa davr ichida yaratib bera olgan jahonning eng muvaffaqiyatli davlati. Xo’sh, qanday qilib tabiiy boyliklardan mosuvo bu kichik davlat qisqa fursat ichida «Osiyo yo’lbarsi»ga aylandi? Ushbu savolga javob topish uchun bu xalqning yaqin tarixida sodir bo’lgan o’zgarishlarga nazar solishga kirishib ketdim.
Oziq-ovqat, uy-joy, salomatlik, ta’lim hamda bo’sh ish o’rinlari azaldan inson ehtiyojining bosh omillari hisoblangan. Singapur 1965 yilda Malayziya tarkibidan ajralib chiqqanida uning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadlarining o’rtacha miqdori 500 AQSh dollarini tashkil qilgan. O’sha davrda Afrikaning Gana davlati ham Singapur kabi uchinchi dunyo mamlakati hisoblangan. Bu o’ta past daraja bo’lmasa-da, fuqarolar turmushi to’kin-sochinlikdan yiroq edi. O’sha yillarda hukumat tashabbusi bilan oziq-ovqat dasturlari amalga oshirilgan, jumladan, maktab va bog’chalarda Singapur bolalariga bepul sut mahsulotlari ulashilgan.
Kichik va kamsonli aholiga ega, tabiiy boyliklar tugul, tayinli o’tmishi mavjud bo’lmagan davlatning taqdiri, garchi mustaqillikdan so’ng mavhum ko’ringan esa-da, mamlakat tezda oyoqqa tura boshlaydi. Buni jamiyatshunoslar quyidagi omillar bilan bog’lashadi: qulay geografik joylashuv, halol hukumat (!!!) hamda xorijiy tadbirkorlar bilan yaqin hamkorlik.
Bunda Singapur Respublikasining birinchi Bosh vaziri Li Kuan Yuning xizmatlari beqiyos. Uning «Uchinchi dunyo mamlakatidan Birinchisiga!» shiori ostida o’tkazilgan islohotlarini ko’p o’tmasdan har bir fuqaro his qila boshlaydi.
Bugungi kunga kelib, Singapur davlatining yillik daromadi har bir fuqaroga 55000 AQSh dollarini tashkil qiladi. Buni iqtisodchilar «iqtisodiy mo’’jiza» deb atashadi. Bugun singapurliklarning 90 foizi shaxsiy uy-joyiga ega. Daromadi 20 foizdan kam bo’lgan oilalarning ham 80 foizi shaxsiy uylariga egalik qilishi ularning yuqori turmush tarzidan darak beradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja
|