1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja




Download 1,19 Mb.
bet73/102
Sana14.12.2023
Hajmi1,19 Mb.
#118418
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   102
Bog'liq
Ma\'ruza 1 2

Sakkizinchidan, ta’lim sohasidagi ekspertlarning fikricha, Singapur iqtisodiy taraqqiyot va turmush darajasini yuksaltirishni ta’lim bilan bog’lagan. Xususan, bu yerda birinchi o’rinda ta’lim berish standarti ishlab chiqiladi. Buning uchun katta mablag’ sarf qilinadi. Ayniqsa, eng yaxshi o’qituvchilarni jalb etish va ularning nufuzini oshirishga avvalboshdanoq alohida e’tibor qaratilgan. Hozir ham Singapurda o’qituvchilarni jahonning eng nufuzli ta’lim muassasalari bitiruvchilarining orasidan yollash an’anasi saqlab qolingan. Shu bilan birga, bu o’qituvchilarning barchasi Milliy ta’lim institutida qayta tayyorlovdan o’tkaziladi. Bu esa ta’lim sifatini nazorat qilish va mehmon-o’qituvchilarga milliy ta’lim tizimini o’rgatishda muhim.
Natijada, osiyolik mazkur qashshoq davlat jahonning beqiyos qazilma boyliklariga ega bo’lgan Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Osiyo mintaqasidagi barcha davlatlarni rivojlanishda ortda qoldirdi.
Xo’sh, Singapur nimaning hisobiga rivojlandi? Bu savolning javobi bitta — uddaburon yetakchilik hisobiga! Ota-onasi ingliz tili muallimlari bo’lgan Li Kuan Yuni bolaligidan «Kuan Yew», ya’ni «nur va yorqinlik» deb chaqirishar edi. Bu ism «ajdodlariga shon-shavkat keltiruvchi» degan ma’noni beradi.
Millat otasi sifatida tan olingan va davlatni 30 yil boshqargan Li Kuan Yu o’z irodasini namoyish qildi, nafaqat ajdodlariga, millatiga shon-shavkat hamda farovonlik keltirdi, o’z va’dasiga binoan xalqini «birinchi dunyo» davlatlari qatoriga qo’sha oldi.
Li Kuan Yuning safdoshlari yagona jamoa bo’la olishdi. Bu kuchli jamoaning qoidalari aslida juda sodda: yuqori salohiyatli odamlarni millatga bosh qilish, amaliy ishbilarmonlik muhitini yaratishga urinish hamda halollik!
Yuqori salohiyatli odamlarni millatga bosh qilish deganda hukumat davlat boshqaruviga qarindosh-urug’larni emas, eng munosib nomzodlarni tayinlashga odatlangan.
Singapurda amaliy ishbilarmonlik muhitini, fuqarolar uchun qulay hayot tarzini yaratishga urinish g’ildirakni qayta kashf qilishdan farqlanadi. Singapur biror muammoga yechim topishda boshqa davlatning tajribasini yaqindan o’rganadi va o’zlashtirib oladi. 
Halollik — davlat taraqqiyotining o’zagi. Boisi, korruputsiya — «uchinchi dunyo» mamlakatlari mag’lub bo’layotgan yagona g’animdir. Bugungi Singapur asoschilarining xalq oldidagi yuksak xizmatlari ham ana shu xislat bilan chambarchas bog’liq.
«Singapur mo’’jizasi» — ertak emas! Ular erishdimi, biz ham erishamiz. O’zbekistonda biznes uchun qulay sharoit yaratilmoqda, korruptsiya batamom yo’q bo’lish arafasida, ta’lim sifati hukumat e’tiborida, xalq salomatligiga katta mablag’ sarf etilmoqda, yosh va iqtidorli, sadoqatli kadrlar davlat boshqaruviga kelmoqda, hukumat boshqaruvidagi ahillikni har birimiz his qilyapmiz. Men rivojlanmaslik va «o’zbek mo’’jizasi»ni yaratmaslik uchun biror sabab ko’rmayapman-deb mamlakat yutboshi ta’kidladi.
Faqat bir haqiqatni unutmaslik lozim — o’zgarishlarni, farovon hayotni birgina davlat rahbaridan kutish, uning zimmasiga yuklab qo’yish — xato. Hayotimizni o’zgartirishi mumkin bo’lgan eng qudratli kuch — bu birinchi galda biz, o’zimiz. Hayotimizni o’zgartirishdan oldin esa o’zimizni o’zgartirishimiz lozim. Zero, endi kechagidaek o’ylash, fikrlash va yashash mumkin emas.



Download 1,19 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   102




Download 1,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja

Download 1,19 Mb.