|
1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja
|
bet | 65/102 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #118418 |
Bog'liq Ma\'ruza 1 23. Xodimlarni ishga qabul qilish
Xodimlarni baholash o‘tkazilgandan keyin, nihoyat, ko‘plab nomzodlar orasidan eng yuqori baho olgan bita talabgor tanlab olinadi. Mehmonxona rahbari uni ishga olishga rozilik berganidan so‘ng yangi xodim Bilan shartnoma tuziladi. Shartnomani muhokama qilish ishga yollash jarayonining tarkibiy qismi ekanligini hisobga olish lozim. Shu sababli suhbatlashish paytida og‘zaki shaklda bo‘lsa ham qilingan takliflar shartnomaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Odatda “shartnoma” atamasi ikki taraf o‘rtasida yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan bitimni anglatadi. Har qanday shartnoma kimdir taklif qilinishi va kimdir bu taklifni qabul qilishini nazarda tutadi.
Ishga olinayotgan xodimga taqdim etilishi lozim bo‘lgan shartnomaning shartlari va muddatlari haqidagi axborotning minimal hajmiga quyidagi ma’lumotlar kiradi:
taraflar(ish beruvchi va xodim)nomi;
ishning nomi;
ishni boshlash sanasi(shartnoma ma’lum muddatda tuzilayotgan bo‘lsa shartnoma muddati tugaydigan sana);
mehnat haqining tarif stavkasi yoki hisob-kitob qilish usuli;
mehnatga haq to‘lashning davriyligi(haftalik, oylik, b.);
bayram kunlari va ularga haq to‘lash;
kasallik va baxtsiz tasodif tufayli ta’tillarni rasmiylashtirish va ularga haq to‘lash qoidalari;
pensiyani hisob-kitob qilish sxemasi va pensiya sug‘urtasi davlat tizimi xodimga nisbatan amal qilish-qilmasligi haqida ma’lumot;
shikoyatlar berish tartibi;
shartnoma muddati tugagunga qadar xodim ishni to‘xtatish haqida xabarnoma olishi yoki ariza berishi lozim bo‘lgan muddat.
Mehnat shartnomasida yuqorida zikr etilgan barcha bandlar bo‘lishi lozim.
4.Xodimlar bilan ishlashning tezkor rejasi
Personal bilan ishlashning tezkor rejasini ishlab chiqish uchun maxsus ishlab chiqilgan anketalar yordamida quyidagi axborotlarni to’plash zarur:
personalning doimiy tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlar (ismi, otasining ismi, familiyasi, turarjoyi, yoshi, ishga kirgan vaqti va hokazolar).
personalning tuzilishi to’g’risidagi ma’lumotlar (malakasi, jinsi, yoshi, millati; nogironlar, ishchilar, xizmatchilar, malakali ishchilar va shu kabilarning salmog’i);
kadrlar qo’nimsizligi;
bekor turib qolishlar, kasallik natijasida vaqtning bekor sarf bo’lishi;
ish kunining davom etishi haqidagi ma’lumotlar (to’liq yoki qisman band bo’lganlar, bir smenada, bir necha smenada yoxud tungi smenada ishlovchilar), mehnat ta’tillarining qancha davom etishi;
ishchi va xizmatchilarning ish haqi (uning tuzilishi, qo’shimcha ish haqi, ustamalar, tarif bo’yicha va tarifdan tashqari to’lovlar
1-chizma. Personal to’g’risidagi ma’lumotlarning tuzilishi.
Personalni jalb qilishni rejalashtirishning vazifasi ichki va tashqi manbalar hisobiga kelajakda kadrlarga bo’lgan ehtiyojni qondirishdan iborat.
Korxona va tashkilotlarda xodimlar bilan ishlash muammolaridan biri kadrlarni jalb qilish paytidagi mehnatga ko’nikishni boshqarishdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja
|