|
-Mavu: Mehmonxona xo’jaligida xodimlarni tanlash va yollash usullari
| bet | 56/102 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 1,19 Mb. | | #118418 |
Bog'liq Ma\'ruza 1 213-Mavu: Mehmonxona xo’jaligida xodimlarni tanlash va yollash usullari
Reja:
-
Xodimlarni sinovdan o’tkazish va baholash.
-
So’rovnoma, intervyu, psixologik testlar, assismentlar, biografik ma’lumotlarni tahlil qilish
-
Xodimlarni ishga qabul qilish
-
Xodimlar bilan ishlashning tezkor rejasi
-
Mehnatga ko’nikishni boshqarish
Xodimni ishga yollash natijasida mehnat munosabatlari yuzaga chiqadi. Yollanma mehnat munosabatlari ikki sub’ekt — yollanma xodim va uning mehnatidan foydalanuvchi ish beruvchining o’zaro hamkorligini nazarda tutadi. Personalni ishga yollashning bugungi kundagi behisob turlari o’rtasida muayyan tasnifiy xususiyatlariga ko’ra quyidagilar eng muhimlari hisoblanadi:
1. Ishga yollash muddati:
a) bir umrga;
b) muddatsiz;
v) muddatli yoki shartnoma bo’yicha;
g) vaqtincha (mehnat shartnomasi bo’yicha).
2. Ishga yollash jarayonida ishtirok etuvchi xodimlar soni:
a) ommaviy ishga yollash;
b) yakkama-yakka ishga yollash.
3. Ishga qabul qilishda sinov:
a) malaka tekshirilib ishga yollash;
b) malaka tekshirilmasdan ishgayollash.
4. Qo’llanish sohasi:
a) xususiy ishga yollash;
b) mehnat jamoasiga ishga yollash.
5. Ishga yollash manbalari:
a) dastlabki;
b) ikkinchi (muvaqqat bo’linmalar va ijodiy guruhlarga ishga qabul qilish).
6. Ish haqi to’lash usullari:
a) ishbay haqto’lanadigan ishga yollash;
b) vaqtbay (tarif) haq to’lanadigan ishga yollash;
v) ishbay-progressiv haq to’lanadigan ishga yollash;
g) vaqtbay-progressiv haqto’lanadigan ishga yollash;
d) ishbay-mukofotli haq to’lanadigan ishga yollash;
j) akkord haq to’lanadigan ishga yollash;
z) maosh (oklad) to’lanadigan ishga yollash.
Ish beruvchilar tomonidan ishga yollanuvchilarga qo’yiladigan talablar xizmat vazifalariga bog’liq bo’ladi. Xususan, bandlikka ko’maklashish markazlari ishga yoldanuvchilarning quyidagi jihatlariga e’tibor qaratadilar:
-
Kasbi
-
Yoshi
-
Ish tajribasi (ish staji)
-
Ma’lumoti
-
Malakasi
-
Jinsi
-
Qo’shimcha ixtisosliklari (hunarlari)
|
| |