• Ishga yollashning umumiy manbai aholidir.
  • Ishga yollashning zamonaviy shakllari




    Download 1,19 Mb.
    bet57/102
    Sana14.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #118418
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102
    Bog'liq
    Ma\'ruza 1 2

    Ishga yollashning zamonaviy shakllari quyidagilardan iboratdir:

    • Bandlikka ko’maklashish markazlarida bo’sh ish o’rinlarini taklif etish;

    • ommaviy axborot vositalari orqali reklama e’lonlari berish;

    • ta’lim muassasalarini tugallaganlarni ishga jalb qilish;

    • bevosita korxona (tashkilot)ga ish so’rab murojaat etganlarni tanlab olish;

    • o’z personalini qo’shimcha ixtisoslik (hunar)ga o’qitish;

    — korxona (tashkilot)da xizmat topshiriqlarini xodimlar o’rtasida qayta taqsimlash.
    Ishga yollashning umumiy manbai aholidir.
    Ishga yollashning faol va passiv turlari ham mavjuddir.
    Mehnat bozorida ishchi kuchiga, ayniqsa malakali ishchi kuchiga talab taklifdan yuqori bo’lsa faol usullar qo’llaniladi. Bu holda tashkilot ishchi kuchi vazifasini o’tashi mumkinlarni hamkorlik qilishga qiziqtirish maqsadida ular bilan aloqa o’rnatadilar. Odatda, bu asosan ta’lim muassasalari, bandlikka ko’maklashish markazi va bandlik xizmatlari bilan qalin hamkorlikda ish olib borishni taqozo etadi.
    Personalga ehtiyojni qondirishning passiv usuli, aksincha, mehnat bozorida ishchi kuchi taklifining kattaligi bilan izohlanadi. Bu holda ommaviy axborot vositalari orqali bo’sh ish joylari to’g’risida e’lonlar beriladi. Shuningdek, bo’sh ish joylarini tashkilotdagi mavjud xodimlar hisobiga to’ldirish chora-tadbirlari ham ko’riladi.
    Ishga yollashda personal lizingidan foydalanish hollari ham uchraydi. Bunda vaqtinchalik ish joylariga kadrlar boshqa firmalardan ijaraga olinadi. Personal lizingida xodim va ish beruvchi o’rtasidagi munosabatlar quyidagi rasmda ko’rsatilgan.
    Ishga yollash jarayoni personal xizmatining mehnat bozoridagi faoliyatini tashkil etishdan boshlab shtatga qabul qilingan xodimni xizmat vazifasiga ko’niktirishgacha bo’lgan bosqichlarni o’z ichiga oladi

    1. Nomzodlarni tanlov asosida tanlab olish imkonini beradigan hajmda mehnat resurslari taklifini ta’minlash.

    2. Personalni jalb etishga muayyan korxona uchun eng ma’qul bo’lgan printsipial yondashuvni aniqlash.

    3. Personalni tanlab olishning rasmiy tartibining mavjudligi.

    4. Muayyan xodimni ishga yollash to’g’risidagi qaror to’g’riligini amaliyotda tekshirib ko’rish imkonini beradigan maxsus nazorat elementlarini tizimga kiritish.

    Ishga qabul qilishda quyidagi tamoyillarga rioya qilish talab qilinadi:
    komplekslik — nomzodning shaxsini har taraflama o’rganish va baholash (tarjimai holi, xizmat vazifasida o’sishi, kasb bilimlari va tajribasi, ishchanlik va shaxsiy xususiyatlari, sog’ligining ahvoli, u to’g’risida hamkasblarining fikrini o’rganish);
    xolislik — nomzodning aniqlangan qobiliyati tanlash va saralash jarayonlarida tasdiqlanishi, so’nggi qaror qabul qiladigan maslahatchi sub’ektiv fikri ta’sirini iloji boricha kamaytirish;
    uzluksizlik — eng yaxshi mutaxassislarni ishga jalb etish va saralash bo’yicha ishlarni muttasil olib borish, rahbarlik lavozimlariga kadrlar zaxirasini shakllantirish;

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishga yollashning zamonaviy shakllari

    Download 1,19 Mb.