• Yangi xodimni kasbga moslashtirish
  • Sinov muddati
  • 1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja




    Download 1,19 Mb.
    bet58/102
    Sana14.12.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #118418
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   102
    Bog'liq
    Ma\'ruza 1 2

    ilmiylik — ishga qabul qilishga tayyorgarlik va bevosita qabul qilish jarayonida eng so’nggi fan yutuqlari va texnologiyalardan foydalanish.
    Kasbga yo’naltirish insonning xislatlari, qiziqishlari, qobiliyatini, shuningdek, milliy iqtisodiyotning tegishli ixtisos-liklarga ehtiyojini hisobga olgan holda uni mehnat faoliyatining muayyan turiga qiziqishini shakllantirish, bevosita shu inson uchun eng maqsadga muvofiq bo’lgan hunar tanlanishini ta’minlashdir.
    Kasbga yo’naltirish odamlarni, ayniqsa o’quvchi yoshlarni faoliyat turlari, kasb-hunarlar, korxona va tashkilotlar, mehnat sharoitlari va yo’nalishlari bilan tanishtirish orqali amalga oshiriladi.
    Kasbga yo’naltirish:
    muayyan korxonaga;
    —mehnat faoliyatiga;
    — ixtisoslikka yo’naltirilgan bo’lishi mumkin. Bu masalada kasbiy tayyorgarlik amalga oshiriladigan ta’lim muassasalari va korxonalar asosiy manfaatdordirlar.
    Personal bilan ishlashda kasbga qayta yo’naltirish faoliyati ham mavjud. Bu odatda uzoq muddatli, juda murakkab va zidtsiyatli jarayondir. Kasbga qayta yo’naltirish egallangan kasbiy ko’nikmalar asosida xodimning bir kasbdan ikkinchisiga o’tishini anglatadi. Ushbu jarayon quyidagi ko’p bosqichli tarkibga ega:

    1. Avvalgi ish joyida mehnat faoliyatini yakunlash.

    2. Ishsizlik.

    3. Yangi faoliyat turini tanlash.

    4. Yangi kasb faoliyatini o’zlashtirish.



    Yangi xodimni kasbga moslashtirish kasbga yo’naltirishning yakunlovchi bosqichi, kasb bo’yicha axborot va maslahat berish, personalni tanlash bo’yicha faoliyat samaradorligini belgilovchi yakuniy natijalardan biridir. Kasbga moslashtirishning maqsadi — yangi xodim tomonidan xizmat va ish vazifasiga doir bilim va ko’nikmalarini egallab, ulardan amaliyotda samarali foydalana olishlariga erishishdir. Ushbu maqsadning pirovard natijasi yangi xodimni iloji boricha qisqa muddatda tashkilotga integratsiya qilish, uni o’z mehnat faoliyatida muvaffaqiyatga erishishga qiziqtirish va bu bilan samaradorlikni ta’minlashdir.
    Moslashishning o’ziga xos omillari ob’ektiv va sub’ektiv bo’ladi. Ob’ektiv omillarga quyidagilar kiradi:
    1. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar (ijtimoiy va kasb guruhlariga mansublik va shu bilan bog’liq shart-sharoitlar, mehnatning tashkil etilishi, ish haqi, malaka va hokazolar).
    2. Madaniy-maishiy omillar (turar-joy sharoitlari, faoliyatining noishlab chiqarish sohasi xususiyatlari, shu jumladan, eng asosiysi bo’sh vaqtni o’tkazish shakllari va hokazolar).
    3. Moslashishning shaxsga bog’liq omillari:

    • shaxsning ob’ektiv, alohida (ijtimoiy-demografik) xususiyatlari: jinsi, yoshi, ma’lumoti va boshqalar;

    • shaxsning muayyan kasb, ish jarayoniga muvofiqligi (nomuvofiqligi)ni belgilovchi xususiy-psixik jihatlari. Bularga xodimning intilishlari, yangilikni qo’llashga tayyorligi, o’zini baholay olishi kabi xususiyatlarini kiritish mumkin.

    4. Ishlab chiqarish omillariga ishlab chiqarish muhitiga taalluqli barcha xususiyatlar kiradi. Hozirgi sharoitlarda ulardan eng muhimlari quyidagilardir:

    • kasbiy o’qitish, o’stirish va ijtimoiy rivojlantirish sharoitlari;

    • jamoaning yangi xodimni ijtimoiy muhitga jalb etishdagi faolligi. Omillarning bu guruhiga jamoadagi ijtimoiy-psixologik iqlimni kiritish mumkin;

    • yangi xodimning korxona va faoliyat natijalaridan xabardorligi.

    Sinov muddati — tashkilot yangi xodimining ishga moslashti-rishning asosiy davridir. Ushbu muddat tugaganidan so’ng xodim tanlangan xizmat vazifasi yoki ish joyiga loyiqligi yoki noloyiq-ligi to’g’risida xabardor qilinishi kerak.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   102




    Download 1,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Sifat tushunchasining mohiyati, sifat sohasidagi asosiy tushunchalar. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja

    Download 1,19 Mb.