Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: ekosistemalarning bar-
qarorligi, gomeostaz, birlamchi suksessiya, ikki lamchi suksessiya.
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. Biogeotsenozlarning asosiy xususiyatlarini tavsiflang. Tabiatdagi qanday jara yonlar
bu xususiyatlarning namoyon bo‘lishidan kelib chiqadi? Misollar keltiring.
2. Biogeotsenozlarda qanday davriy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? Kunlik, mav-
sumiy, uzoq muddatli o‘zgarishlarga misol keltiring. Ularning sabablarini
tushuntiring.
3. Suksessiyaning klimaksli bosqichiga tushuncha bering.
4. Birlamchi va ikkilamchi suksessiya mexanizmlarini tahlil qiling. Birlamchi
suksessiya ikkilamchi suksessiyadan nimasi bilan farq qiladi?
5. Quyidagilarning qaysi biri birlamchi va ikkilamchi suksessiyaga misol bo‘ladi:
yong‘indan so‘ng o‘tloqlarning qayta tiklanishi, suv omborining botqoqlikka
ay lanishi, vulqon lavalari o‘rnida o‘rmonlarning paydo bo‘lishi, o‘tloqlarning
qarovsiz yerlarga aylanishi, qumliklarning o‘simliklar bilan qoplanishi.
126
O‘
z fikringizni bildiring.
1. Vulqon otilishidan so‘ng sovigan maydonda sodir bo‘ladigan birlamchi suk-
sessiya jarayonini sxemada aks ettiring.
2. Antropogen suksessiyalarga misollar keltiring.
3. Qo‘shimcha o‘quv materiallaridan foydalanib, o‘z yashash joyingizda
mavjud klimaksli biogeotsenozlarni aniqlang, ularning xarakterli jihatlarini
o‘rganing.
23-§. INSON EKOLOGIYASI
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang.
Insonning tabiatga va tirik orga-
nizm larning yashash muhitiga ta’sir etuvchi qanday faoliyat turlarini
bilasiz?
Inson hayotini tabiatsiz va tashqi muhit omillarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Inson bilan tashqi muhit o‘rtasida doimo moddalar va energiya almashinuvi
bo‘lib turadi. 1920-yillarda inson bilan tashqi muhit o‘rtasidagi munosabatlarni
o‘rganuvchi inson ekologiyasi – antropoekologiya fani paydo bo‘ldi.
Inson ekologiyasi fani antropoekologik sistemalarning kelib chiqishi,
yashashi va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi.
Antropoekologiya ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy bilim sohasi bo‘lib,
insonning normal hayotiy faoliyati uchun turli ehtiyojlarni qondirish va
turmush darajasini orttirish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi.
Antropoekologik sistemalar – muhit bilan dinamik muvozanatda bo‘lgan
va shu munosabat orqali o‘z ehtiyojlarini qondiradigan insonlar jamoasidir.
Antropoekologik sistemalarning tabiiy ekosistemalardan asosiy farqi uning
tarkibida inson jamoasining mavjudligidir. Ma’lum hududda yashaydigan
insonlar jamoasining faolligi ularning atrof-muhitga ko‘rsatadigan ta’sir
darajasi bilan aniqlanadi. Rivojlanayotgan jamoa aholi sonining ko‘payib
borishi bilan birga oziq-ovqat mahsulotlari, xomashyo, suv resurslari,
chiqindilarni qayta ishlashga bo‘lgan ehtiyojlari ham ortib borishi bilan
ta’riflanadi. Bu esa o‘z navbatida insonning tabiiy muhitga bo‘lgan ta’sirini
kuchaytiradi, biotik va abiotik omillardan foydalanishni jadallashtiradi.
Inson ekologik omillarning ta’sir obyekti bo‘lishi bilan birga o‘zi
ham muhitga ta’sir qiladi. Insonning ekologik omil sifatida o‘ziga xosligi
quyidagilardan iborat:
127
1. I
nson tabiatga maqsadli va ongli ta’sir ko‘rsatadi. Tabiatni o‘z ehtiyojlariga
moslashtiradi va uning ustidan hukmronlik qiladi. Natijada insonning
imkoniyatlari juda kengaydi, u sayyoraning har qanday ekologik bo‘shliqlarini
egallay olish qudratiga ega.
2. Har qanday biologik tur cheklangan energetik resursga ega. Shuning
uchun ularning tabiatga ta’sir etish imkoniyati sezilarli emas. Inson tabiatga
kuchli ta’sir qiladi. Yashil o‘simliklar quyosh energiyasidan foydalansa,
boshqa organizmlar esa o‘zidan avvalgi oziq darajasining organik moddalari
energiyasidan foydalanadi. Inson faoliyati jarayonida juda kuchli energiya
manbalarini (yadro va termoyadro reaksiyalari) yaratadi va undan foydalanadi.
3. Insonning ekologik omil sifatida o‘ziga xosligi uning faoliyati faol,
ijodiy xarakterda ekanligidir. Inson o‘z atrofida sun’iy muhit yarata olishi
ham uni boshqa ekologik omillardan ajratib turadi.
Inson ekologiyasini o‘rganishda muhit biogeografik xususiyatlarining
insonlar populatsiyasining biologik o‘zgaruvchanligiga ta’siri, antropoeko-
logik sistemalarda insonning salomatligi masalasi katta ahamiyatga ega.
Antropoekologiya fani antropoekologik sistemalarning shakllanishi,
yashash va rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek, insonning sog‘lom turmush
tarzi me’yorlari, salomatligiga ta’sir etadigan (fizik, kimyoviy, biologik,
ijtimoiy) omillarni keng miqyosda o‘rganadi.
Inson salomatligiga ta’sir etadigan fizik omillarga havo harorati, namligi,
bosimi, quyosh radiatsiyasi, yorug‘lik, elektromagnit kuchlanishi va maydoni,
shovqin misol bo‘ladi.
Inson salomatligiga ta’sir etadigan kimyoviy omillarga tuproq, suv, turli
toksinlar, oziq-ovqat mahsulotlarida tuz konsentratsiyasi va kislotalilikning
yuqori bo‘lishi, dori-darmonlar, neft mahsulotlari, atmosfera havosida zaharli
gaz miqdorining ortishi, biologik omillarga esa kasallik tug‘diruvchi omillar
ekto va endoparazitlar, zaharli o‘simliklar, zararkunanda hasharotlarning
ta’sirini kiritish mumkin.
Ijtimoiy omillar inson hayotida muhim o‘rin tutib, yashash joyining
hajmi va qulayligi, oiladagi ijtimoiy muhit, oziq-ovqat miqdori, mehnat va
dam olishning to‘g‘ri tashkil etilishi misol bo‘ladi.
Antropoekologik sistemalarda inson va tabiiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro
ta’siri quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
1. Inson tabiiy boylik va ne’matlardan foydalanishi orqali rivojlanadi,
shu ningdek, jamoaning biologik va ijtimoiy ko‘rsatkichlari o‘zgaradi.
2. Inson tabiat qonunlarini o‘rganib, o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida
atrof-muhitni ongli ravishda o‘zgartiradi.
128
Tabiatda yashaydigan har bir tur individining energetik manbalari chek-
langan. Inson o‘z tafakkuri bilan energetik manbalarni ko‘paytirish maqsadida
issiqlik, elektr va atom stansiyalarini qurish, quyosh energiyasidan foydalanish
natijasida o‘zining hayot faoliyati va turmush darajasini yaxshilash borasida
samarali ishlarni amalga oshirgan.
Inson tabiiy resurslardan foydalanish barobarida, o‘zi uchun zarur
bo‘lgan sun’iy muhitni yarata olishi bilan boshqa organizmlar va ekologik
omillardan farqlanadi.
Inson bir tomondan ekologik omillar ta’siri ostida yashasa, ikkinchi tomondan
o‘zi ham ekologik omil sifatida tashqi muhitga o‘z ta’sirini o‘tkazadi va ijodiy
faoliyatga egaligi bilan xarakterlanadi. Ekologik omil sifatida insonning tabiatga
ta’siri ongli, ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi. U mehnat faoliyati
davomida o‘z atrofida sun’iy yashash muhitini barpo etadi. Tabiiy ekosistemalar
o‘rnini inson omili tufayli sun’iy ekosistemalar egallaydi. Insonning xo‘jalik
faoliyati iqlim, atmosfera va suv havzalarining fizik holati va kimyoviy tarkibini,
tuproq strukturasi va boshqalarni o‘zgartirishi bilan amalga oshiriladi.
Inson uchun tashqi muhitning asosiy omillaridan biri ovqatdir. Ovqat
tufayli organizmda sarflanadigan energiya o‘rni to‘ldiriladi, hujayra va
organizmning plastik almashinuvi ta’minlanadi. Inson uchun bir kecha-
kunduz davomida kamida 2500 kkal energiya zarur, bu energiya asosan
uglevodlar, yog‘lar va oqsillar hisobiga to‘ldiriladi. Yengil hazm bo‘ladigan
hayvon, qush va baliq mahsulotlari oqsilning asosiy manbalari hisoblanadi.
Ovqat sifatli va kaloriyaga boy bo‘lishi, unda oqsil, yog‘ va uglevodlardan
tashqari vitaminlar (ayniqsa, odam organizmida sintezlanmaydigan vitaminlar)
yetarli bo‘lishi lozim. Organizm uchun fermentlarni faollashtiruvchi oqsillar
va biologik faol moddalarning tarkibiy qismiga kiruvchi minerallar (Na, K,
Ca, Mn, C, S, P va boshqalar) ham zarur. To‘yib ovqat yemaslik yoki
ovqatning tarkibida zarur moddalar yetishmasligi organizmning fiziologik
holatining buzilishiga sabab bo‘ladi. Masalan, ovqat tarkibida oqsil va
vitaminlar yetishmasligi o‘sish va rivojlanishning susayishiga sabab bo‘ladi.
Okeanlardan uzoqlashgan kontinental hududlarda, masalan, Markaziy
Osiyoda, tashqi muhitda, ovqat tarkibida ham yod yetishmaydi. Natijada
qalqonsimon bezning faoliyati buziladi. Bunday buzilishlarning oldini olish
uchun osh tuzining tarkibiga albatta yod qo‘shilishi lozim.
|