|
Elektron hukumat ta’riflari va tamoillari
|
bet | 2/10 | Sana | 28.08.2024 | Hajmi | 144,99 Kb. | | #269975 |
Bog'liq 15-MA’RUZA. ELEKTRON HUKUMAT. Elektron hukumat ta’riflari va tamoillari
Birlashgan
Millatlar
Tashkiloti
|
Elektron hukumat fuqarolarga davlat organlari tomonidan axborot va xizmatlarini yetkazib berish uchun Internet foydalanish deb ta’riflangan.
|
Jaxon banki
|
Elektron hukumat davlat organlari axborot texnologiyalaridan foydalanib fuqarolar, tadbirkorlik sub’ektlari va boshqa davlat organlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni yaxshilashni nazarda tutadi. Ushbu texnologiyalar turli maqsadlarga xizmat qilishi mumkin: fuqarolarga davlat xizmatlarini yaxshiroq yetkazib berish, biznes va ishlab chiqarish bilan o’zaro muloqotni takomillashtirish, kerakli ma’lumotlarni olish orqali fuqaro xuquq va imkoniyatlarini kengaytirish, yoki yanada samarali davlat boshqaruvini amalga oshirish.
|
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti
|
Elektron hukumat termini hukumat tomonidan AKTdan foydalanib, bir qator amaliy funksiyalarini to’laqonli bajarishi nazarda tutadi.
Xususan, Internet va tegishli texnologiyalar tomonidan taklif etilgan tarmoq saloxiyati tuzilmalari va hukumatning ishlash jarayonini transformatsiyasi tushuniladi.
|
Elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta’minlash, ularning mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan axborot almashishni ta’minlashning qo’shimcha mexanizmlarini yaratish;
ariza beruvchilar uchun mamlakatning butun hududida davlat organlari bilan o’zaro munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirish bo’yicha imkoniyatlar yaratish;
o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida davlat organlarining ma’lumotlar bazalarini, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini va Elektron davlat xizmatlarining yagona reestrini shakllantirish;
aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o’zaro munosabatlarni amalga oshirishda elektron hujjat aylanishi, davlat organlarining o’zaro hamkorligi va ularning ma’lumotlar bazalari o’rtasida axborot almashinuvi mexanizmlarini shakllantirish hisobiga davlat boshqaruvi tizimida «bir darcha» printsipini joriy etish;
tadbirkorlik sub’ektlarini elektron hujjat aylanishidan foydalanishga, shu jumladan statistika hisobotini taqdim etish, bojxona rasmiylashtiruvi, litsenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar berish jarayonlarida, shuningdek davlat organlaridan axborot olish jarayonlarida elektron hujjat aylanishidan foydalanishga o’tkazish;
tadbirkorlik sub’ektlarining elektron tijorat, Internet jaxon axborot tarmog’i orqali maxsulotni sotish va xaridlarni amalga oshirish tizimlaridan foydalanishini, shuningdek kommunal xizmatlarni hisobga olishning, nazorat qilishning va ular uchun haq to’lashning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni kengaytirish;
naqd bo’lmagan elektron to’lovlar, davlat xaridlarini amalga oshirish, masofadan foydalanish tizimlarini va bank-moliya sohasidagi faoliyatning boshqa elektron shakllarini rivojlantirish.
|
| |