|
Yagona interaktiv davlat xizmatlariportali
|
bet | 9/10 | Sana | 28.08.2024 | Hajmi | 144,99 Kb. | | #269975 |
Bog'liq 15-MA’RUZA. ELEKTRON HUKUMAT. Yagona interaktiv davlat xizmatlariportali.
Yagona portal O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi “Interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tug’risida”gi 378-son qarori aosida tashkil etilgan hamda mazkur qaror bilan qabul qilingan nizomga ko’ra faoliyat yuritadi.
my.gov.uz - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) 2013 yilning 1 iyul kuni ishga tushirilgan bo’lib, Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan «bir darcha» rejimida faoliyat ko’rsatadi.
Yagona portal davlat organlari tomonidan ko’rsatiladigan, shu jumladan pulli asosda ko’rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining maqsadi fuqarolarga interaktiv davlat xizmatlarini ko’rsatishdir. U yagona oyna rejimida faoliyat ko’rsatadi. Yagona portal zamonaviy texnologiya yordamida foydalanuvchining interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo’ljallangan.
Uning vazifalari quyidagilardan iborat:
foydalanuvchilarga davlat organlariga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish;
foydalanuvchilarni AKT sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash;
foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o’zaro hamkorligi samaradorligini oshirish;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 2013 yil 1 iyulda ishga tushirildi. U quyidagi imkoniyatlarga ega:
Davlat tashkilotlari va xizmatlariga oid ma’lumotlardan foydalanish.
Davlat xizmatidan foydalanish uchun elektron shakldagi surovlarni va boshqa hujjatlarni to’ldirish imkoniyati.
Davlat xizmatidan foydalanish uchun surov (Ariza) yuborish.
Shuningdek, Yagona portal orqali 120 dan ortiq davlat organlariga bevosita elektron tarzda murojaat qilish imkoniyati yaratilgan. Bu organlar ruyxati vaqt o’tishi bilan kengayib bormoqda.
Yagona portal orqali ko’plab foydali va zarur ma’lumotlar ham berib boriladi. Masalan, mazkur portaldan notarial harakatlarning turlari va bunday harakatlarga to’lanadigan davlat bojlari (1), Ichki ishlar organlarining Kirish- chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan ko’rib chiqiladigan huquqbuzarliklar va ular uchun quyiladigan jarimalar miqdori (2), Yo’l harakati qoidasi buzilishi yuzasidan belgilanadigan jarimalar miqdori (3), Davlat o’rmon fondidan tashqari, daraxtlar va bo’talarni kesish uchun to’lanadigan tulovlar miqdori va yashil usimliklarga yetkazilgan zarar va ularni o’zboshimchalik bilan kesganlik uchun jarima miqdorlari (4) bilan tanishish mumkin.
Ishonch telefonlari ruyxati
Portalda fuqarolar tomonidan suralgan savollarga berilgan javoblarni o’zida mujassam etgan “Ko’p beriladigan savollar” bo’limi hamda bo’sh ish o’rinlari ruyxati ham joy olgan.
Yagona portal davlat interaktiv xizmatlaridan foydalanish tartiblari:
Foydalanuvchi davlat interaktiv xizmatidan foydalanish ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Foydalanuvchi arizasiga asosan ruxsatnoma berish va uni berkitib yoki yopib qo’yish huquqlariga “Uzinfokom” markazi yoki Koraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaxar hokimliklari huzuridagi kompyuterlashtirish markazlari ega, ya’ni ushbu markazlar ushbu faoliyatni olib borish vakolatiga ega va mas’ul markazlar hisoblanadi.
Jismoniy shaxslar (ariza va pasport asosida) va yuridik shaxslar (ariza va ruyxatdan o’tkazilganligi tug’risidagi guvoxnoma asosida) uchun shaxsiy kabinetdan erkin foydalanishga ruxsatnoma bir yoki ikki kun mobaynida mas’ul markazlar tomonidan beriladi.
Foydalanuvchi o’zi tug’risidagi har qanday ma’lumotlar o’zgarganda besh kun muddatda bu haqda mas’ul markazga xabar berishi shart.
Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish tartiblari Yagona portal nizomida batafsil keltirilgan. Quyida arizani berish, javob berish, rad etish, ko’rib chiqish tartibi va muddati hamda nazoratiga oid tartiblarini qisqacha keltiramiz.
Arizani berish tartibi.
Foydalanuvchilar shaxsiy kabinet orqali o’z murojaatlarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasiga va davlat tashkilotlariga yuborishlari mumkin.
Murojaat bir vaqtning o’zida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasiga hamda murojaatlarda qo’yilgan masalalarni hal etish vakolatiga kiradigan bir nechta davlat organlariga yuborilishi mumkin.
Foydalanuvchi shaxsiy kabinetidan yuborgan murojaat elektron raqamli imzo va ularni identifikatsiyalovchi boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak.
Foydalanuvchi arizaga zarur hujjatlar, xatlar va rasmlarni ilova qilishi mumkin.
Arizani qabul qilish tartibi.
Mas’ul xodim ariza qabul qilinganligi tug’risida foydalanuvchiga xabar junatadi.
Arizaga javob berish tartibi:
Foydalanuvchi arizasiga javob ko’rsatilgan pochta manziliga yuboriladi.
Foydalanuvchi arizasi murojaatlar uchun belgilangan tartib va muddatda ko’rib chiqiladi.
Foydalanuvchi arizasiga javob oluvchining yoki boshqa vakolatli xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ariza rad etilish tartibi: Quyidagilar foydalanuvchi murojaatini ko’rib chiqishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (axloqsiz yoxud haqoratli iboralar, tahdidlar, mantiq va ma’nosi bo’lmagan takliflar va shunga o’xshash murojaatlar).
Matnda tushunarsiz qisqartirishlar yoki reklama materiallari mavjud bo’lgan arizalar.
Tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar bo’lmagan murojaatlar.
Rad etishning asoslangan sabablari ko’rsatilgan rad javobi foydalanuvchiga bir ish kuni mobaynida yuboriladi.
Ariza vakolatiga kirmaydigan davlat organlariga tushganda, u besh kun muddatda, foydalanuvchi xabardor qilingan holda tegishli organga yuboriladi.
Arizalarni ko 'rib chiqish tartibi.
Foydalanuvchi shaxsiy kabinet orqali berilgan arizasi majburiy qabul qilinishi va ko’rib chiqilishi kerak, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bunda ushbu murojaat Mas’ul xodim elektron pochtasiga kelib tushgan sana - murojaat qabul qilingan sana hisoblanadi. Arizalarni ko’rib chiqish muddati:
Takliflar - bir oygacha muddatda. Agar qo’shimcha o’rganishlar talab qilinsa, bu tug’rida foydalanuvchi o’n kun muddatda xabardor qilinadi. Bunda muddat ariza oluvchiga tushgandan boshlab hisoblanadi.
Ariza yoki shikoyatlar - o’n besh kun muddatda. Agar qo’shimcha. O’rganish va (yoki) tekshirish o’tkazish, qo’shimcha. hujjatlar talab etilsa - bir oygacha muddatda. Bunda muddat ariza Mas’ul xodimga tushgandan boshlab hisoblanadi.
Ariza nazorati va javobgarlik tartibi.
O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha davlat inspektsiyasi interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatish tartibiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
Davlat tashkilotlari raxbarlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining tarkibiy bo’linmalari Yagona portal orqali ko’rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatishning asossiz rad etilganligi va xizmatlar sifatsiz ko’rsatilganligi uchun javob beradilar.
Foydalanuvchi arizada notug’ri ma’lumotlar berganligi, uydirma va haqoratlar bo’lgan murojaatlar uzatganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Yagona portaldan foydalanishning foydalanuvchi uchun ba’zi imkoniyatlari
Kommunal xizmat, elektr energiya va suv iste’molchilari ushbu xizmat harajatlari haqidagi shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati yaratildi. Bu imkoniyatdan foydalanish tartibi juda osondir. Ushbu xizmatga doir ariza va shikoyatlarni Yagona portal orqali tezda junatish va hal qilish imkoniyati yaratildi. Bunda arizaga hujjatlar va rasmlarni ilova qilish imkoniyati mavjud.
Chet el fuqarolari O’zbekistonga viza rasmiylashtirish uchun interaktiv xizmatdan foydalanishi mumkin. Buning uchun hamkasb yoki dustlarini bezovta qilish zarurati yuqoldi. Tadbirkorlar uchun onlayn interaktiv xizmatlar Yagona portal samarali imkoniyatlaridan biri aloqa natijalari SMS xabarlar yordamida junatilishidir. Bu aloqani qulay va samarali bo’lishini ta’minlaydi. Chunki foydalanuvchi ariza yetib borganligi va ishga tushganligi haqida xabardor bo’ladi va bu haqda Yagona portaldan xabarlar yozib, xodimlarni qo’shimcha savollar va e’tibor bilan bezovta qilmaydi. Natijada foydalanuvchi bezovta bo’lmaydi va xodimlar qulay sharoitda ariza qurilishi tartibiga rioya qilgan holda ishini davom ettiradi
Yagona portaldan 4 xil ro`yxatdan o’tish usuli mavjud:
SMS tasdiqlash orqali ya’ni Yagona portaldan ruyxatdan o’tiladi.
ID.uz - Yagona identifikatsiya tizimidan ro`yxatdan o’tiladi.
Elektron raqamli imzo orqali.
UzCARD yordamida.
Misol qilib portaldan to’laqonli foydalanish hamda davlat organlariga murojaat qilish uchun ID.uz - Yagona identifikatsiya tizimidan ruyxatdan o’tishni misol qilib ko’ramiz. Dastlab ID.uz - Yagona identifikatsiya tizimidan ruyxatdan o’tiladi.
ID.uz- yagona identifikatsiya tizimidan ruyxatdan o’tib, sung yagona portalga kirayotganda aynan usha ID profil orqali tizimga ma’lumotlar kiritiladi.
“Elektron hukumat” tizimini joriy etish samaradorligining asosiy ko’rsatkichlari
Elektron hukumatning muvaffaqiyat omillari beshta asosiy guruhlarga bo’linadi: Kelajakni ko’rish qobiliyati, strategiya va aniq maqsadlar.
Elektron hukumatni muvaffaqiyatli amalga oshirilishida aniq maqsad va AKT strategiyasiga asoslanib reja tuziladi. Elektron hukumatni yaratishda amalga oshirish bosqich ko’nikmalarini bilish kerak bo’ladi.
Elektron hukumat strategiyasidagi muxim g’oya bu “yaxlit hokimiyat” yondashuvidir. Bu yondashuv fuqarolarning va tadbirkorlarning extiyojidan kelib chiqib tashkil qilinadi. Yaxlit hokimiyat yondashuvi fuqaro va tadbirkorlar bilan ishlashda infratuzilmaga ortiqcha sarf qilinadigan keraksiz investitsiyalarni oldini oladi.
Qisqacha aytganda, muvaffaqiyatli elektron hukumat quyidagilarni talab qiladi:
Yetakchilarning kelajakni aniq ko’rishi;
Fuqarolar tomonidan kuchli qo’llab-qo’vvatlash;
Resurslarga asoslangan holda tuzilgan yaxshi strategiya;
Qonun va yuriqnomalarni tashkil qilishda aniq maqsadlar zarurdir, chunki aniq rejalar elektron hukumatni qo’llab qo’vvatlashda muhim axamiyatga egadir. Yangi loyihalar uchun yangi qonuniy o’zgartirish kiritishning rejasini tuzish ham ko’p vaqtni talab qiladi. Shuning uchun elektron hukumat muvaffaqiyatga erishishida quyidagi qonunlar qabul qilinishi kerak: - Elektron hukumat to`g’risidagi qonun;
Maxfiylik va unga doir muammolar tug’risidagi qonun;
Axborot xavfsizligi to`g’risidagi qonun;
Axborot tizimlari va bizness jarayonlardagi o’zgarishlarga doir qonun;
Hukumat AKT infrastrukturasi va integratsiyalashgan ma’lumotlar markaziga asos solish to`g’risidagi qonun;
Tashkilotlararo kelishuv.
Tashkilotlararo kelishuv strukturasi ma’lum yunalishdagi tashkilotlarga yo`l ko’rsatuvchi mexanizmdir. Bu kelishuv juda ham muximdir chunki hukumat bilan hamkorlikni mustaxkamlaydi. Bu kelishuv hamkorlik va tezkor amalga oshirishni ta’minlashni talab etadi.
Tashkil etuvchilik xarakteriga ega bo’lgan kelishuvni rejalashtirish uchun quyidagilar muximdir:
Majburiyatga asoslanib mustaxkam hamkorlikni himoya qilish;
Axborot texnologiyalar boshqaruvini rejalashtirish va menejmentini o’zgartirish;
Byudjetni shakllantirish va uni amalga oshirish;
Muvofiqlik va hamkorlik;
Monitoring va ishning sifatini baxolash;
Texnologiyani yetkazib beruvchi tashkilotni boshqarish;
Hukumat xususiy sektori va fuqarolar hamkorligi.
BPR - Biznes jarayonlarni maqbullashtirish.
Elektron hukumatning asosiy vazifasi hukumatni yangidan tuzish hisoblanadi. Haqiqatan ham, muvaffaqiyatli elektron hukumat biznes jarayonlarga asoslanadi. Biznes jarayonidagi innovatsiya bu BPR (Business Process Reengmeermg) dir. BPR bu - ishni olib borish jarayoni oqimi yoki pog’onalararo oqimini qayta ishlab chiqish bilan jarayonning samaradorligini oshirish tushuniladi.
Davlat xizmatlarini yagona portal orqali interaktiv shaklga o’tkazish barobarida xizmat ko’rsatish jarayonlarini maqbullashtirish ustuvor va birlamchi vazifa hisoblanadi.
Davlat va xo’jalik xizmatlarini ko’rsatishda inson omili aralashuvini, byurokratik to’siqlarni keskin kamaytirish, me’yoriy hujjatlardagi nomutanossibliklarni bartaraf etish tushuniladi.
Xizmat ko’rsatish muddatlarini qisqartirish, narxlarini arzonlashtirish va tartibotlarini soddalashtirish chora tadbirlarini ishlab chiqish va joriy etish sanaladi.
|
| |