• O’zbekiston Respublikasining reytingda tushish sabablari
  • Mamlakat Urin EGDI 1
  • Onlayn xizmatlar indeksi.
  • BMTning elektron hukumat rivojlanish reytingi




    Download 144,99 Kb.
    bet7/10
    Sana28.08.2024
    Hajmi144,99 Kb.
    #269975
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    15-MA’RUZA. ELEKTRON HUKUMAT.

    BMTning elektron hukumat rivojlanish reytingi.
    BMTning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish departamenti har ikki yilda bir marta 193 a’zo mamlakatlar ichida elektron hukumat rivojlanish indeksi reytingini baxolash maqsadida surov o’tkazadi. BMTning elektron hukumat rivojlanish reytingi mamlakatdagi qaror qabul qiluvchi shaxslar uchun kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashning instrumental vositasi sifatida xizmat qiladi. Elektron hukumat rivojlanish reytingida uch marta ketma-ket 2010, 2012 va 2014 yillar davomida Koreya Respublikasi birmchi o’rinni egallab kelmoqda. Avstraliya 2-o’rin, Singapur 3-o’rin, Frantsiya 4-o’rinlarni egallab, 2012 yilga nisbatan ko’tarilgan. Shu o’rinda aytib o’tish lozimki O’zbekiston Respublikasi 2012 yil 91- o’rinni va 2014 yil 100-o’rinni egalladi.
    Jaxondagi mamlakatlarning 2014 yil holati bo’yicha elektron hukumat rivojlanish reytingi.

    Country

    Reg/on

    2014
    EGDI

    2014
    Rank

    2012
    Rank

    Change /l Rank

    (2012-

    201))

    Republic of Korea

    Asia

    0.9462

    1

    1







    Australia

    Oceania

    0.9103

    2

    12

    t

    10

    Singapore

    Asia

    0.9076

    3

    10

    t

    7

    France

    Europe

    0.8938

    4

    6

    T

    2

    Netherlands

    Europe

    0.8897

    5

    2

    I

    3

    Japan

    Asia

    0.8874

    6

    18

    T

    12

    United States of America

    Americas

    0.8748

    7

    5

    I

    2

    United Kingdom

    Europe

    0.8695

    8

    3

    I

    5

    New Zealand

    Oceania

    0.8644

    9

    13

    T

    4

    Finland

    Europe

    0.8449

    10

    9

    I

    1

    O’zbekiston Respublikasining reytingda tushish sabablari:
    2014 yil baholash va ma’lumotlarni yig’ish telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va elektron hukumat dasturini amalga oshirish hamda qabul qilish boshlanishiga qadar 2013 yil may oyidan iyun oyiga qadar o’tkazilgan.
    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 2013 yil 1 iyuldan ishga tushirilgan.
    Elektron hukumat rivojlanish reytingida sobiq Sovet Ittifoqi va MDX mamlakatlari (2014 yil)



    Mamlakat

    Urin

    EGDI

    1

    Estoniya

    15

    0.8180

    2

    Rossiya Federatsiyasi

    27

    0.7296

    3

    Kozog’iston

    28

    0.7283

    4

    Litva

    29

    0.7271

    5

    Latviya

    31

    0.7178

    6

    Belarusiya

    55

    0.6053

    7

    Gruziya

    56

    0.6047

    8

    Armaniston

    61

    0.5897

    9

    Moldoviya Respublikasi

    66

    0.5571

    10

    Ozarbayjon

    68

    0.5472

    11

    Ukraina

    87

    0.5032

    12

    O’zbekiston

    100

    0.4695

    13

    Kirg’iziston

    101

    0.4657

    14

    Turkmaniston

    128

    0.3511

    15

    Tojikiston

    129

    0.3395

    Elektron hukumat rivojlanish indeksi quyidagi uchta indeks asosida aniqlanadi:

    • Onlayn xizmatlar

    • Telekommunikatsiya infratuzilmasi

    • Inson kapital


    Elektron hukumat rivojlanish reytingi
    Onlayn xizmatlar indeksi.
    Elektron hukumat rivojlanish reytingining onlayn xizmatlar indeksida 10 ta milliy web-saytlar BMT eksperti baxolashidan o’tkaziladi. Bular xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Mexnat vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Tabiatni muxofaza qilish davlat qumitasi, Davlat Soliq qumitasi, Davlat bojxona qumitasi portallari, Hukumat portali, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidir. Bunda yuqorida keltirilgan milliy web-saytlar o’zlarining fuqarolariga onlayn xizmatlar ko’rsatish qobiliyati baxolanadi.
    BMT onlayn xizmatlar rivojlanishining to’rtta bosqichi quyidagilardan iborat.

    1. bosqich. Axborot xizmatlarining paydo bo’lish bosqichi.

    Davlat organlari web-saytlari davlat siyosati, boshqaruv, me’yoriy- huquqiy asoslar, davlat xizmatlari turlari haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Davlat organlari web-saytlari vazirliklar va boshqa davlat idoralariga havolalarga ega bo’ladi. Fuqarolar osonlik bilan davlat organlari haqida ma’lumot olishlari va havolalar orqali harakat qilishlari mumkin bo’ladi.

    1. bosqich. Kengaytirilgan axborot xizmatlari.

    Davlat organlari web-saytlari fuqarolar bilan bir tomonlama yoki davlat xizmatlari va tizimlari uchun shakllarni ko’chirib olish kabi ikki tomonlama aloqalarni ta’minlaydi. Davlat organlari web-saytlari audio va video imkoniyatlariga va ko’p tilli interfeysga ega bo’ladi.

    1. bosqich. Tranzaktsion xizmatlar.

    Davlat organlari web-saytlari davlat siyosati, davlat dasturlari va me’yoriy hujjatlar haqida ma’lumotlar olish va surovlar junatish kabi fuqarolar bilan ikki tomonlama aloqaga ega bo’ladi. Tranzaktsiya muvaffaqiyatli tamom bo’lish uchun fuqarolardan autentifikatsiya qilish talab etiladi. Davlat organlari web-saytlari elektron saylov kabi moliyaviy bo’lmagan tranzaktsiyalar, shakllarni ko’chirib olish yoki joylashtirish, Soliqlarni onlayn to’ldirish, sertifikatlar, litsenziyalar va ruxsatnomalar uchun surovlar junatish operatsiyalarini amalga oshiradi. Shuningdek, ular xavfsiz tarmoq orqali moliyaviy tranzaktsiyalarni ham amalga oshirishadi.

    1. bosqich. Bog’langan xizmatlar.

    Davlat organlari web-saytlari hukumat bilan fuqarolar o’rtasidagi o’zaro munosabat usulini o’zgartiradi. Axborot, ma’lumotlar va bilimlar hukumatdan fuqarolarga integratsiyalashgan tizimlar orqali uzatiladi.
    Bundan tashqari fuqarolarning elektron ishtirok etishi va qarorlar qabul qilish jarayonida qatnashishlari hukumat tomonidan rag’batlantiriladi. Bu elektron hukumatning eng murakkab darajasi hisoblanadi. U quyidagilar bilan xarakterlanadi:

    1. Gorizontal bog’lanishlar (davlat organlari o’rtasida)

    2. Vertikal bog’lanishlar (markaziy va mahalliy davlat organlari o’rtasida)

    3. Infratuzilmaviy bog’lanishlar (moslashuvchanlik)

    4. Davlat organlari va fuqarolar o’rtasidagi bog’lanishlar

    5. Manfaatdor tomonlar o’rtasida bog’lanishlar (davlat organlari, xususiy sektor, ta’lim muassasalari, nodavlat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati)


    Download 144,99 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 144,99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BMTning elektron hukumat rivojlanish reytingi

    Download 144,99 Kb.