|
15-ma’ruza. Elektron hukumat tizimi va tushunchasi. Elektron hukumat sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar reja
|
bet | 4/10 | Sana | 28.08.2024 | Hajmi | 144,99 Kb. | | #269975 |
Bog'liq 15-MA’RUZA. ELEKTRON HUKUMAT. Ofis-orti xizmatlari. Asosan hukumat asosiy jarayonlarini, jamoatchilik uchun ko’rinmasligi va bir davlatning ichki jarayonlarini o’z ichiga oladi. Davlatlarda elektron hukumatni amalga oshirish bir necha ofis-orti tizimlari isloxotlari bilan hamohang ravishda olib borilishi lozim. Elektron hukumatda bunday isloxotlar elektron hukumat tizimi muvaffaqiyatli bo’lishi uchun zarur omillar hisoblanadi.
Elektron G2G ichki xizmatlarni yetkazib berish jarayonlarini soddalashtirish va samaradorlikni oshirish uchun xizmat qiladi. Mos ravishda AKTdan foydalanish
orqali davlat ish jarayonlari quyidagi natijalarga ega bo’lishi kutiladi:
Markaziy va maxalliy davlat tashkilotlari hisobot tizimlarining bog’langanligi tizimning tug’ri va aniq ravishda surovlarni qabul qilishiga olib keladi;
Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarning almashishi xizmat ko’rsatuvchi tizim samaradorligini oshishiga sababchi bo’ladi;
Davlat organlari orasidagi g’oya va resurslarni o’zaro ishlatish;
Onlayn hamkorlik tizimi orqali qaror qabul qilishda hamkorlik qilish.
Davlat idoralarida hujjat aylanishini elektronlashtirish va hukumatning qog’ozsiz amaliyotlar tomon harakati G2G ning asosiy tashabbusi hisoblanadi. Elektron hujjat almashinuvini kiritish ma’lumortlarni tezroq, ko’proq, samarali, xavfsiz va ishonchli boshqaruvi asosida amallarni bajarishga olib kelishi kutilmoqda. Quyida Koreya Respublikasida G2G xizmatlariga misol keltirish mumkin.
Integratsiyalashgan milliy moliya axborot tizimi: Turli davlat idoralarida real vaqtda boshqariluvchi moliya sohasiga tegishli bo’lgan tizimlar bir-biriga o’zaro boglash orqali tashkil qilingan. Ta’kidlash joizki avval ushbu tizimlar aloxida bo’lgan.
Maualliy elektron hukumat axborot tizimi:21 ta ma’muriy ishlarni standartlashtirish va axborotlashtirish orqali 244 ta maxalliy hukumat boshqaruvi tizimiga xizmatlar kiritilgan: istiqomat qiluvchini ruyxatdan o’tkazish, ko’chmas mulk, moliya va Soliq solish mamlakat va tumanlar darajasida tashkil etildi.
Ta’lim axborot tizimi va elektron o’rganish: maktablar, ta’lim viloyat ofislari va ularning tuman idoralari, Ta’lim vazirligi va inson resurslarini rivojlantirish muassasalari o’rtasida umummilliy axborot tarmog’i.
Hukumat eleklron hujjat almashinuvi: elektron qayta ishlash, barcha davlat hujjatlarini tayyorlash, tasdiqlash, saqlash va tarqatish.
G2G tizimlar quyidagilarni talab qiladi:
Ish jarayonlarini elektron ko’rinishda bajarilishini tashkil etish;
Elektron hujjatlarni qayta ishlash;
Bilimlarni boshqarish tizimlari;
Bek-ofislarning integratsiyasi.
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirishning me'yoriy- huquqiy asoslari
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ijtimoiy va iqtisodiy sohalarni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, davlat boshqaruviga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish O’zbekistonning istiqboldagi taraqqiyotini belgilashda muhim axamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimizda milliy axborot tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat faoliyatining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari hamda telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish ko’lamini kengaytirish, elektron hukumatini shakllantirish borasida tizimli isloxotlar amalga oshirilmoqda. Elektron hukumatni shakllantirishning huquqiy asoslarini mustaxkamlash maqsadida "Axborot olish kafolatlari va erkinligi tug’risida”gi, "Telekommunikatsiyalar tug’risida”gi, "Axborotlashtirish tug’risida”gi, "Elektron raqamli imzo tug’risida”gi, "Elektron hujjat aylanishi tug’risida”gi, "Elektron to’lovlar to’g’risida”gi, "Elektron tijorat to’g’risida”gi, "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi tug’risida”gi qonunlar qabul qilindi.
2013 yil 1 iyulda joriy qilingan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qanchadan-qancha aholining uzog’ini yaqin, og’irini yengil qiluvchi 267 dan ortiq interaktiv davlat xizmatlari elektron shaklda ko’rsatila boshlandi. Ushbu xizmatlar axamiyatini o’tgan davr mobaynida foydalanuvchilar tomonidan portalga 564 ming murojaat qilinganidan ham ko’rishimiz mumkin.
Ta’lim, bank-moliya, bojxona, soliq va sud-huquq tizimlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy qilinishi bugungi kunda yuqori samara bermoqda.
Elektron hukumat ishtirokchilarining munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik, davlat xizmatlarini sifatli ko’rsatilishiga xizmat qiluvchi markazlashgan ma’lumot bazalarini to’liq shakllantirish, davlat organlarining o’z ishida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yetarli darajada joriy qilish, aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko’rsatishda "bir darcha” tamoyilidan to’liq foydalanishdagi muammolarni bartaraf etish uchun "Elektron hukumat tug’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
Mazkur Qonunning asosiy maqsadi davlat xizmatlarini ko’rsatishda aholi va tadbirkorlar manfaatlarini ko’zlash, ularga keng qulayliklar yaratish, ularning vaqtlarini tejash, bexuda ovoragarchiliklar va ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirishdan iborat. Qonun elektron davlat xizmatlarini ko’rsatishda, shu jumladan, idoralararo elektron hamkorlik doirasida davlat organlarining yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’zaro munosabatlarini tartibga soladi.
Qonun 5 ta bob va 34 ta moddadan iborat. Qonunda uning maqsadi va vazifalari, asosiy tushunchalari, elektron hukumatning asosiy printsiplari, uning ishini tashkillashtirish, elektron davlat xizmatlarini ko’rsatishga qo’yiladigan talablarga oid normalar belgilangan. Shuningdek, Qonunda elektron hukumat infratuzilmasi, bu sohadagi davlat boshqaruvi, davlat organlarining elektron hukumat doirasidagi o’zaro hamkorligiga oid munosabatlar tartibga solingan.
Elektron hukumat, davlat xizmati, idoralararo elektron hamkorlik qilish, elektron davlat xizmati, elektron davlat xizmatining reglamenti, elektron hukumatning yagona identifikatorlari kabi tushunchalar qonunchilikka ilk bor kiritilmoqda va ularga tegishli ta’rif berilmoqda. Qonunda elektron hukumat tizimining asosiy printsiplari mustaxkamlangan. Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi, elektron davlat xizmatlaridan ariza beruvchilarning teng ravishda foydalanishi, "bir darcha” printsipi bo’yicha elektron davlat xizmatlarini ko’rsatish, axborot xavfsizligini ta’minlash kabi printsiplar shular jumlasidandir.
Qonunda elektron hukumat sohasini davlat tomonidan tartibga solish normalari belgilangan. Unga ko’ra, Vazirlar Maxkamasiga elektron hukumat sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, ushbu sohadagi davlat dasturlarini tasdiqlash va ijrosini nazorat qilish vazifalari yuklangan. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ sifatida elektron hukumat prinsiplariga muvofiq elektron hukumat sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Davlat organlarining elektron Hukumat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi. Davlat organlari esa elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadilar, axborot resurslari va tizimlarini, shuningdek, elektron davlat xizmatlarini joriy qilish, rivojlantirish va integratsiyalashuvini ta’minlaydi.
Qonunga muvofiq foydalanuvchilar davlat organlari faoliyati tug’risida axborot olishlari yoki ularga interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatilishi mumkin. Qonunda ushbu elektron davlat xizmatlari turlariga talablar, ulardan foydalanish uchun surovlar yuborish tartibi, foydalanuvchilarning huquqlari belgilab berilgan.
Qonunda belgilanganidek, axborot davlat xizmati aholining axborotga bo’lgan extiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan bo’lib, bunda davlat organlari o’z faoliyatlari tug’risidagi ma’lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazib boradi.
Interaktiv davlat xizmatining joriy qilinishi esa, aholi va davlat organlari o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik sifatining oshishiga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, Qonunda elektron davlat xizmatlarining sifatini baxolash tartibi hamda baxolash natijalarini hisobga olgan holda davlat organlarining elektron davlat xizmatlarining sifatini oshirish choralarini ko’rish uchun majburligi belgilangan. Bu esa davlat xizmatlarini ko’rsatish tartibini muntazam takomillashtirish printsipiga mos keladi
Qonunning kuchga kirishi orqali quyidagi natijalarga erishiladi:
Birinchidan, mamlakatimizda "Elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirishning qonuniy asoslari yaratilib, ushbu tizimni shakllantirish, tulaqonli ishlashini ta’minlash va tizimli rivojlantirishga zamin yaratiladi;
Ikkinchidan, mamlakatimizda demokratik isloxotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasida belgilab berilgan demokratik bozor isloxotlarini yanada chuqurlashtirish ortiqcha ruxsatnoma va ruxsat berish tartib-qoidalarining yangi turlari kiritilishini qonun bilan taqiqlash, tadbirkorlik faoliyati erkinligini kafolatlash kabi vazifalar ijrosi ta’minlanishiga asos bo’ladi;
Uchinchidan, davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligi, jumladan boshqaruv va ma’muriy ish unumdorligi oshib, ularning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi ta’minlanadi. Pirovardida xalqning davlat
organlariga ishonchi yanada ortadi.
To’rtinchidan, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun davlat xizmatlari sifati va ulardan foydalanish qulayliklari oshadi. Binobarin, davlat organlari faoliyatiga innovatsiya g’oyalari izchil joriy qilinadi, biznes sohasi, hujjat aylanish mexanizmlari takomillashtiriladi, fuqarolarga uy yoki ish xonasidan turib elektron shaklda murojaat qilish, ma’lumotnoma va boshqa hujjatlarni olish yoki tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish imkoniyatini beradigan interaktiv xizmatlar ko’rsatilishini ta’minlaydi.
"Elektron hukumat tug’risida”gi Qonunning kuchga kirishi yuqorida sanab o’tilgan natijalar bilan birgalikda mamlakatimizda demokratik isloxotlarni yanada chuqurlashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash yo’li bilan chet el investorlarini jalb qilishga, xalq farovonligini, yurt ravnaqini yanada oshirishga, mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlashga xizmat qiladi hamda hududlarni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish uchun muhim axamiyat kasb etadi.
Elektron hukumatning shakllanish bosqichlari. “Elektron hukumat” tizimi arxitekturasi. Interaktiv davlat tizimlari. Elektron hukumatni amalga oshirish
Yuqorida ta’kidlanganidek, elektron hukumatni amalga oshirish davomiy jarayondir. Elektron hukumatni rivojlantirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Elektron hukumat bir nechta ketma-ket bo’lmagan bosqichlar to’plami hisoblanib, oshib borayotgan imkoniyatlar darajasi, bilimlar va infratuzilmaga asoslangan. Ommaga ma’lum modellar Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Jaxon Banki tomonidan ishlab chiqilgan. Ular elektron hukumatni tadrijiy jarayon sifatida ko’rishadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tadqiqotiga ko’ra elektron hukumat o’sishini aniqlashda beshta bosqich mavjud. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, elektron hukumatni amalga oshirish bosqichlari hukumatning tayyorgarlik darajasi bo’lib, asosan aniq maqsad va rasmiy web-saytlar orqali ta’minlanadigan onlayn xizmatlarga asoslanadi.
Paydo bo’lishi: Internetda bir nechta mustaqil bo’lgan rasmiy web-saytlar tashkil etiladi. Axborotlarning cheklanganligi va asosan statik saytlardir.
Kengaytirilgan: Davlat organlari web-saytlarida ma’lumotlar hajmining oshishi, axborotlar ko’proq dinamik holatda o’zgaradi.
Interaktiv: Foydalanuvchilar shakllarni yuklab olishi, interaktiv xizmatlardan foydalanishi mumkin.
Tranzaktsiyalashgan: Foydalanuvchilar xizmatlar uchun onlayn tarzda to’lov va moliyaviy tranzaktsiyalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Yagona: Davlat organlari axborot tizimlarining to’liq integratsiyasi.
Jaxon Banki elektron hukumatni amalga oshirish jarayonini uchta bosqichga bo’ladi. Bu bosqichlar bir-biriga mutlaqo bog’liq emas, ya’ni, bir bosqich tugallanmasdan ikkinchi bosqichni boshlash mumkin.
Nashr etish: Iloji boricha ko’proq ommaga hukumat haqida axborotni tarqatish. Davlat portallari elektron hukumatning asosiy xizmatchisi vazifasini o’taydi.
Interaktiv: Interaktiv elektron hukumat ikki tomonlama aloqani o’z ichiga oladi, misol qilib hukumat ishchilari uchun-mail kontakt kabi boshlang’ich funksiyalarni yoki siyosiy va qonuniy takliflarga doir foydalanuvchilarning fikr bildirishi uchun sharoit yaratib berish hisoblanadi.
Tranzaktsiya: fuqarolar hukumat interakiv xizmatlaridan foydalanishi hamda onlayn tulovlar va elektron hisobotlarni junatishi mumkin.
Elektron hukumat tizimi arxitekturasi.
O’zbekiston Respublikasi elektron hukumat infratuzilmasi quyidagilardan iborat:
Markaziy ma’lumotlar bazalaridan;
idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimidan;
davlat organlarining axborot tizimlari va axborot resurslari hamda ularning majmualaridan;
davlat organlarining rasmiy web-saytlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan;
ma’lumotlarga ishlov berish markazi va idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog’i.
Elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalari.
Elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalari yagona markazlashtirilgan axborot manbalarini taqdim etuvchi davlat axborot resurslari bo’lib, ularda davlat xizmatlari ko’rsatish hamda idoralararo elektron hamkorlik qilish uchun davlat organlarining asosiy ma’lumotlari umumlashtiriladi va saqlanadi.
Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish chog’ida, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilish jarayonida elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalaridagi axborotdan foydalaniladi. Elektron davlat xizmatlari ko’rsatish uchun, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilish uchun zarur bo’lgan boshqa axborot davlat organlarining axborot tizimlari va axborot resurslarida saqlanishi mumkin.
Elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni saqlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.
Idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi elektron davlat xizmatlari ko’rsatish chog’ida davlat organlarining funksiyalari va vazifalarini amalga oshirish maqsadida ularning o’zaro hamkorligini ta’minlaydi.
Davlat organlari tomonidan axborot tizimlarini va axborot resurslarini yaratish chog’ida idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlash uchun elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalari bilan ularning integratsiyalashuvi imkoniyati nazarda tutilgan bo’lishi kerak.
Idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi axborotni to’plashga, saqlashga, unga ishlov berishga, uni uzatishga va almashishga doir talablar asosida ishlaydi. Davlat organlarida foydalaniladigan hujjatlar elektron hujjat aylanishi tug’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, asosan elektron hujjatlar tarzida yaratilishi, junatilishi va saqlanishi kerak.
Idoralararo elektron hamkorlik qilish vositasida uzatiladigan hujjatlarning va axborotning ro’yxati elektron davlat xizmatlarining reglamentlari bilan belgilanadi. Idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimining ishlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat organlarining elektron hukumatdagi axborot tizimlari va axborot resurslari ushbu organlarning vakolatlari doirasida axborotni to’plashni, saqlashni, izlashni, unga ishlov berishni, shuningdek undan foydalanishni ta’minlaydi.
Davlat organlarining elektron hukumatdagi axborot tizimlari va axborot resurslari axborotni to’plashni, saqlashni, izlashni, unga ishlov berishni, shuningdek ushbu organlarning o’zaro elektron hamkorligi jarayonlari avtomatlashtirilishini ta’minlaydigan majmualarga birlashtirilishi mumkin.
Davlat organlarining rasmiy web-saytlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.
Elektron davlat xizmatlari ariza beruvchilarga davlat organlarining rasmiy web-saytlari orqali hamda davlat organlari tomonidan ko’rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi bo’lgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko’rsatiladi.
Elektron davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlari elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibi tug’risidagi axborotni o’z rasmiy web- saytlariga joylashtiradi. Elektron hukumatning ma’lumotlarga ishlov berish markazi va idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog’i bilan ta’minlangan bo’lishi lozim.
Elektron hukumatning ma’lumotlarga ishlov berish markazi elektron davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlarining idoraviy va idoralararo axborot tizimlari hamda axborot resurslarining, elektron hukumat markaziy ma’lumotlar bazalarining saklanishini va integratsiyalashuvini ta’minlaydi.
Elektron davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat organlari idoraviy va idoralararo axborot tizimlarining hamda axborot resurslarining, elektron hukumat markaziy ma’lumotlar bazalarining o’zaro hamkorligi elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog’i orqali amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tug’risida” 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989- son qarori bilan belgilangan “Respublika milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini 2013-2020 yillar mobaynida rivojlantirish kompleks dasturining tarkibiga kiruvchi “Elektron hukumat” tizimi axborot tizimlari majmualari va ma’lumotlar bazalarini yaratish bo’yicha quyidagi tadbirlar va loyixalar ruyxati tasdiqlangan:
“Elekron hukumat” tizimining markaziy ma’lumotlar bazasini shakllantirish:
Ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash mexanizmini standartlashtirish hisobiga
kadastr va ko’chmas mulkni ruyxatga olish axborot tizimini joriy qilish;
O’zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimini yaratish;
Jismoniy shaxslar ma’lumotlar bazasini shakllantirish (noyob identifikatsiya bilan);
Yuridik shaxslar ma’lumotlar bazasini shakllantirish (noyob identifikatsiya bilan);
Davlat boshqaruvi tizimida yagona ma’lumotlar almashish reglamenti va shakliga asosan ruyxatdan o’tish qo’llanmasi va tasniflagichlari ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
Avtotransport vositalari hisobi va ruyxatga olish bo’yicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratish.
“Elektron hukumat” tizimi doirasidagi axborot tizimlari komplekslari:
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini rivojlantirish;
Xizmatni yetkazib berish billing tizimi bilan yanada integratsiya qilish hisobini olib real vaqt oralig’ida turli to’lovlarni amalga oshirish lizing tizimini tashkil etish;
“Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashgan platformasini yaratish;
“Elektron hukumat” tizimi ma’lumotlarini qayta ishlash markazini tashkil qilish;
“Elektron hukumat” tizimining barcha tizimlari bo’yicha foydalanuvchilarni tasniflash yagona tizimini yaratish va joriy qilish;
Davlat xaridlari sohasida interaktiv xizmatlar taqdim qilish uchun “Xarid" axborot tizimlari majmuini integratsiya qilish;
Soliq solish sohasida interaktiv xizmatlarni taqdim etish uchun "Solits" axborot tizimlari majmuini integratsiya qilish;
Bojxonada yuklarni rasmiylashtirish bo’yicha interaktiv xizmatlarni taqdim etish uchun "Bojxona " axborot tizimlari majmuini integratsiya qilish;
Litsenziya va ruxsatnoma berish jarayonlari sohasida interaktiv xizmatlar taqdim qilish uchun "Litsenziya" axborot tizimlari majmuini yaratish;
Sog’liqni saqlash va keyinchalik birlashgan Milliy Sog’liqni saqlash axborot tizimini rivojlantirish sohasida interaktiv xizmatlar taqdim qilish uchun "Sog’liqni saqlash" axborot tizimlari majmuini yaratish;
Ta’lim sohasida interaktiv xizmatlar taqdim qilish uchun “Ta'lun " axborot tizimlari majmuini yaratish;
Komunal xo’jalik sohasida interaktiv xizmatlar taqdim qilish uchun "Kommunal” axborot tizimlari majmuini yaratish;
Sudlar faoliyati, ularning qarorlari, qarorlarning ijrosi hamda notariuslar faoliyati tug’risidagi ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash, tizimlashtirish va saqlash buyicha “Adliya-2” axborot tizimlari majmuini yaratish;
Davlat organlarini yig’ma statistik axborotlar bilan ta’minlash bo’yicha “Davlat boshqaruvi” axborot tizimlari majmuini yaratish;
Nafaqa ta’minoti sohasida interaktiv xizmatlar taqdim qilish uchun “Nafaqa” axborot tizimlari majmuini yaratish;
Davlat byudjetining ijrosi bo’yicha rejalashtirish tug’risida ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash, saqlash va tartibga solishni ta’minlash uchun “Byudjet” axborot tizimlari majmuini integratsiya qilish.
Elektron hukumat tizimi interaktiv xizmatlarini tashkil etish
Hozirgi kunda davlatimizda interaktiv xizmatlarning bir qancha turlari mavjud bo’lib, shulardan E-hukumat tizimidir. E-hukumat tizimiga yangi xizmatlarni yaratish va ularni kiritish, E- hukumati tizimini xayotiy rivojlanishning asosiy jixatlaridan hisoblanadi. E-hukumat tizimidagi xizmatlarni yetkazib berish, iloji boricha inson ishtirokisiz bajarilishi, xatoliklarning kamligi hamda xizmatning sifati yuqori bo’lishligiga asosiy sababchi bo’lishi aniqlangan.
Tizimni avtomatlashtirishdagi eng asosiy g’oya - “qog’ozbozlik” siyosatini tamomlash, yoki ushbu faoliyatga asoslangan jarayonlar hajmini hech bo’lmaganda qisman kamaytirish tushuniladi.
Ishni bajarishda BPWin dasturi tarkibidagi IDEF0 va IDEF3 vositalardan foydalanish mumkin.
Yangi xizmatlarni yaratish BP Win dasturida xizmat modelini qurishdan boshlanadi.
Sungra ushbu dastur tarkibidagi IDEF0 va IDEF3 metodi asosida diagrammalar shakllantirib boriladi. Dasturdan foydalanib, uskunalar panelidan yangi model yaratib unga nom beriladi.
Yaratilayotgan yangi modelga nom beriladi va uning metodologiyasi tanlanadi. Dastlabki modelni IDEF0 metodologiyasidan foydalanib yaratiladi. Sungra model muallifi va yana bir necha sozlashlar amalga oshiriladi.
Model yaratishdagi dastlabki sozlashlar
Keyingi qadamda esa quyidagi rasmda keltirilgan oyna ochiladi. Bunda model yaratilishi uchun barcha qismlar va panellari mavjud.
Ushbu modelni qurishda modelning chap tomonida «kirish». Tepadan «boshqaruv». Pastdan «normativ hujjatlar va qoidalar». O’ng tomonda esa yaratilgan «xizmat» joylashtiriladi.
Yuqoridagi amallar bajarilgandan sung, yangi xizmatni yaratishning IDEF0 modelining ichki amallarini taxlil qilib chiqish lozim. Buning uchun dastur menyusida joylashgan * tugmasini bosib, IDEF3 tanlanadi va yangi xizmatni yaratish uchun xizmatning bajarilishini qadamli ravishda yoritib chiqish lozim. Yangi xizmatning e-hukumati tizimiga kiritish uchun bajarilish quyidagi ketma- ketlikda ifodalanishi mumkin:
Xizmat qanday texnik talablarda ishlaydi.
Xizmat sohasini aniqlash (vazirlik, qumita va agentlik).
Ijro turi (hududiy yoki maxalliy).
Xizmat ijrosini bajarishni ta’minlash kabi bajariladigan amallar taxlil qilinishi lozim.
Elektron hukumat tizimini tashkil etish texnologiyasi. Elektron hukumat jaxon tajribasidagi tamoyillari
“Elektron hukumat” tizimi fuqarolar bilan xokimiyat, turli ijtimoiy xizmatlar, qumitalar, tashkilotlar, umuman olganda, istalgan darajadagi raxbar xodim bilan ochiq interfaol rejimda muloqot qila olish imkoniyatini yaratadi. Shunday qilib, “Elektron hukumat” tizimi sarf-xarajat talab qiladigan tizim sifatida qaralmasdan, balki, davlat boshqaruvini amalga oshirish tamoyilining jamiyatni axborotlashtirishdagi keng ko’lamli elementi ko’rinishida qaralmog’i lozim.
Albatta, sodir bo’ladigan o’zgarishlar saylov tizimi, qonunchilik faoliyati, barcha darajadagi hokimiyatlarning fuqarolar oldidagi mas’ulligi nazoratini amalga oshirish tizimlari, ularning birlashmalari va tadbirkorlik faoliyatini qamrab olishi lozim. Qisqacha qilib aytganda, bu jarayonni jamiyat hayoti asosini aniqlovchi muxim sub’ektlarning o’zaro munosabatlari ko’rinishida tasavvur qilish mumkin Bular: davlat, mamlakat fuqarolari, jamoat tashkilotlari va tadbirkorlik sub’ektlaridir. Bunda fuqarolar birgalikda fuqarolik jamiyatini tashkil etsa, tadbirkorlik sub’ektlari esa mamlakatning iqtisodiyotini aniqlaydi, davlat esa o’zaro munosabatlarni birlashtiruvchi yoki integratsiyalovchi tizim hisoblanadi. Bu munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
15-ma’ruza. Elektron hukumat tizimi va tushunchasi. Elektron hukumat sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar reja
|