• Government to Citizens (G2C) moduli.
  • Elektron hukumat jaxon tajribasidagi tamoyillari
  • Government to Business (G2B) moduli




    Download 144,99 Kb.
    bet6/10
    Sana28.08.2024
    Hajmi144,99 Kb.
    #269975
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    15-MA’RUZA. ELEKTRON HUKUMAT.

    Government to Business (G2B) moduli.
    Iqtisodiyot sohasidagi davlat boshqaruvining amaldagi tizimini davlat va biznes tuzilmalarining umumiy ishi yo’lida - tadbirkorlik sub’ektlaridan har birining, binobarin, mamlakatning ravnaq topishi uchun ularning tadrijiy o’zaro hamkorligining samarali mexanizmiga aylantirishdan iboratdir.
    Munosabatlarning ushbu modulida quyidagilar asosiy sub’ekt hisoblanadi: byudjet va soliqlarni tartibga solish, davlat organlari va tijorat tuzilmalarining o’zaro iqtisodiy hamkorligi, kreditlar, investitsiyalar va boshqa moliyaviy resurslarni boshqarish, tijorat faoliyatini litsenziyalash va boshqalar.
    G2B moduli quyidagilarni ta’minlashi lozim:

    • biznes tuzilmalari oldida turgan qog’ozbozlik va ma’muriy to’siqlarni bartaraf etish;

    • davlat boshqaruvining ortiqcha bug’inlarini qisqartirish, tartibga solish va hujjatlar aylanishining raqamli texnologiyalarini keng joriy etish yo’li bilan biznes jarayonlarini va tranzaktsiyalarni tezlashtirish, soddalashtirish va arzonlashtirish;

    • qonunlar va bozor talablaridan kelib chiqib, resurslarni maqsadga yo’naltirib, erkin boshqarish.

    Ushbu modul vazifalarini hal etish uchun biznes sub’ektlariga quyidagi xizmatlarni ko’rsatishni nazarda tutadi:

    • kompaniyalarni davlat ruyxatidan o’tkazish va qayta ruyxatdan o’tkazish;

    • vakolatli tashkilotlardan loyiha hujjatlariga ruxsatnomalar olish va ular bilan kelishish (ekologiya, qurilish, tabiiy resurslardan foydalanish);

    • litsenziyalar olish va ular muddatini uzaytirish;

    • yuridik maslaxatlar, qonun hujjatlariga kiritilgan o’zgartirishlar tug’risida o’z vaqtida va to’liq axborot olish;

    • byudjetga (daromad, foyda, qo’shilgan qiymat, yul, yer soliqlari va boshqalar) va byudjetdan tashqari fondlarga majburiy korporativ to’lovlarni amalga oshirish;

    • buxgalteriya, moliya, Soliq va statistika hisobotlarini rasmiylashtirish va boshqalar.

    G2B xizmatlari turli ijtimoiy gurux vakillariga yunaltirilgan bo’lib, bu xizmatlarning asosiy maqsadi davlat bilan bog’liq ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jarayonlarni optimal boshqarishdan iborat.
    Government to Citizens (G2C) moduli.
    Davlat boshqaruvining axborot-kommunikatsiya tizimlari bugungi kunda ko’plab mamlakatlar aholisi kundalik hayotiga tobora kengroq joriy etilmoqda. Davlat tomonidan xizmat ko’rsatishda bu xizmat qaysi muassasa tomonidan va qanday ko’rinishda bo’lishidan qat’iy nazar, eng asosiysi fuqarolarning idorama- idora sarson bo’lishlariga barxam berishdan iborat. Bu xizmatlarga quyidagilarni nazarda tutmoq joiz:

    • Soliq deklaratsiyalarini taqdim etish va shaxsiy to’lovlar: daromad solig’i, mol-mulk solig’i va h.k.larni amalga oshirish;

    • ijtimoiy ta’minot xizmatlaridan foydalanish, grantlar va qarzlar olish;

    • shaxsiy hujjatlar - pasport, haydovchilik guvoxnomasi va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish;

    • fuqarolarni doimiy yoki vaqtincha yashash joyi buyicha ruyxatdan o’tkazish, manzil o’zgarganligi to’g’risida bildirishnoma berish;

    • shikoyat va arizalarni qabul qilish, yuridik masalaxat berish xizmatlari;

    • ish izlash va mutaxassislarning kasb darajasini elektron test sinovidan o’tkazish bo’yicha mexnat birjalari xizmatlari;

    • sog’liqni saqlash tizimi xizmatlari (interaktiv maslaxatlar, qabulga yozish va boshqalar);

    • oliy o’quv yurtlariga kirish test sinovlari, masofadan turib o’qitish usuli bilan davlat ta’lim muassasalarida malaka oshirish va boshqalar;

    • daromadlar, dividendlar tug’risida axborot va maslaxatlar olish;

    • kreditlar, imtiyozlar va litsenziyalarni onlayn tizimida rasmiylashtirish;

    • turli badallar, kommunal xizmatlar haqini to’lash va shularga uxshash boshqa xizmatlar.

    Elektron hukumatning fuqarolar uchun yunaltirilganligini bir muhim jihati hukumat saytlarida fuqarolarning murojaatlari axborot yoki xizmatlari foydalanishini oson bo’lishi uchun va nima qidirsangiz topish uchun qulayliklar yaratilmoqda. Shu munosabat bilan, fuqarolar ko’p davlat organlari portallariga kirishni oson va muammosiz muloqot qilish imkonini ta’minlash maqsadida yagona nuqta orqali kirish imkoni yaratiladi. Yagona hukumat portali axborot va xizmatlar portallari, idoralararo ma’lumotlar almashinuvini yengillashtiruvchi foydali xizmat kanali hisoblanadi. Bundan tashqari, yagona hukumat portali fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasidagi juda muhim aloqa vositasidir.
    Elektron hukumat jaxon tajribasidagi tamoyillari
    Janubiy Koreya elektron hukumatni rivojlantirishda ulkan muvaffaqiyatga erishgan davlat hisoblanadi. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumat institutlarining hamda aholining davlat boshqaruvidagi elektron ishtirokining rivojlanganlik darajasi bo’yicha reytingida birinchi o’rinda turadi. Shuning uchun ham uning tajribasi sunggi yillarda ko’plab tadqiqotchilarning diqqat markazida bo’lib kelmoqda.
    Janubiy Koreyada elektron hukumatni shakllantirish bo’yicha tashabbus
    2001-yilda yuridik kuchga ega bo’ldi. Mamlakatda elektron hukumatni rivojlantirish bo’yicha ishlab chiqilgan dastur hukumat organlarining ishida samardorlikni oshirishga qaratilgan bo’lib, u uch bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan.
    Birinchi bosqichda (2001-2003) kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo’lib, ularning natijasida Koreyaning hukumat organlari tashqi dunyo bilan Internet orqali uchta asosiy yo’nalishda G2S (davlatdan- fuqaroga), G2B (davlatdan-biznesga) va G2G (davlatdan-davlatga) sxemalari bo’yicha aloqa qila boshladi.
    Bundan tashqari, davlat boshqaruvi tizimida idoralararo elektron aloqalarni ta’minlashga qaratilgan axborot-texnologik arxitektura ham ishlab chiqilgan. Unda, xususan, elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo va boshqa texnologiyalar faol qo’llanilgan. Umumiy hisobda, birinchi bosqich uchun jami 225 million AQSH dollari miqdorida mablag’ sarflangan. Natijada, Koreya raqamli imkoniyatlar indeksi bo’yicha jaxonda birinchi o’ringa ko’tarilib oldi.
    Ikkinchi bosqichda (2003-2007) Koreya hukumati o’z oldiga ancha katta maqsadni qo’ygan - dunyo davlatlari ichida nisbatan ochiq va shaffof elektron hukumatni shakllantirish. Koreyaning “Elektron hukumat qurishning milliy asoslari va tamoyillari” nomli dasturiga muvofiq to’rtta sohaga oid loyihalar ishga tushirilgan:

    • davlat boshqaruvi organlarining faoliyat ko’rsatishi

    • davlat xizmatlarini ko’rsatish

    • axborot resurslarini boshqarish

    • qonun ijodkorligi tizimi

    Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun jami 981 million AQSH dollari miqdoridagi mablag’ sarflangan. Natijalar kutilganidan ham a’lo darajada bo’lgan. 2007- yilga kelib Koreyada markaziy boshqaruv organlarining 55 foizida davlat apparatining 96,6 foiz xodimlari axborotlarni qayta ishlashning milliy elektron tizimi- “On-Nara” (koreyscha, onlayn- mamlakat) tizimidan foydalanishga o’tgan. Buning natijasi ularoq, fuqarolarning murojaatlarini ko’rib chiqish muddati 30-44
    kundan 7-13 kungacha qisqargan.
    Davlat tuzilmalarida ma’lumotlarni qayta ishlashning innovatsion tizimi - “On-Nara” 2007-yildan to’liq ishga tushgan bo’lib, uning oldiga quyidagi maqsadlar qo’yilgan: - ma’lumotlarni qayta ishlash va almashish doirasida barcha boshqaruv
    jarayonlarini standartlashtirish;

    • davlat organlarining markazlashmagan operatsiyalarini boshqarishni yagona tizimga solish;

    • tizim ishtirokchilari o’rtasida axborotlarni almashish va tarqatishni ta’minlovchi turli jarayonlarni o’zaro bog’lash va bir-biriga integratsiya qilish.

    2008-yildan uchinchi bosqich boshlangan. Bu bosqichda asosiy e’tibor barcha mavjud tizimlar va turli darajadagi elektron hukumatlar o’rtasidagi aloqalarni mustaxkamlash va ularni bir-biriga integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan. Bu fuqarolarga va kompaniyalarga kompleks davlat xizmatlarini taqdim qilish imkonini beradi.
    Ushbu bosqichda Koreya Respublikasi boshqa davlatlarga (jumladan, Ekvador, Indoneziya, Bangladesh, Shri-Lanka, Mali) elektron hukumatni shakllantirish uchun texnologik yechimlarni yetkazib berish bo’yicha shartnoma ham tuzgan. Bungacha, 2004-yildan boshlab Janubiy Koreyada elektron hukumat uchun ishlab chiqilgan texnologiyalarni import qiluvchi asosiy davlat Yaponiya bo’lgan.
    Janubiy Koreya hukumati turli sohalarda axborot texnologiyalarni qo’llash borasida ilg’or davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakatda, bir so’z bilan aytganda, bojxona ishidan tortib to intellektual mulk masalalarigacha avtomatlashtirilgan tizimga o’tgan. Shuning uchun ham u hozirda dunyoda elektron hukumatning rivojlanish darajasi bo’yicha birinchi o’rinda turadi.

    Download 144,99 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 144,99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Government to Business (G2B) moduli

    Download 144,99 Kb.