|
15-ma’ruza. Elektron hukumat tizimi va tushunchasi. Elektron hukumat sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar reja
|
bet | 5/10 | Sana | 28.08.2024 | Hajmi | 144,99 Kb. | | #269975 |
Bog'liq 15-MA’RUZA. ELEKTRON HUKUMAT. Govemment-to-Govemment (G2G) - davlat boshqaruv organlarining o’zaro aloqalariga yunaltirilgan shakl;
Government to Business (G2B) - davlat boshqaruv organlari bilan tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga yunaltirilgan shakl;
Government to Citizens (G2C) - davlat boshqaruv organlari bilan fuqarolar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga yunaltirilgan shakl;
Government-to-Non-profit (G2N) - davlat boshqaruv organlari bilan notijorat tashkilotlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga yunaltirilgan shakl;
Government-to-Employee (G2E) - davlat boshqaruv organlari bilan uning
xodimlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga yunaltirilgan shakl;
Shunday qilib, elektron hukumatda hamkorlik ikki turda bo’lishi mumkin: ichki va tashqi hamkorlik. Ichki hamkorlik davlat organlari idoralar o’rtasidagi munosabatlar hisoblanadi. Tashqi hamkorlik davlat organlari bilan fuqarolar, tadbirkorlik sub’ektlari va notijorat tashkilotlari o’rtasidagi munosabatlar hisoblanadi.
Government-to-Government (G2G) moduli.
“Elektron hukumat” tizimi, xususan, uning G2G moduli tug’risida so’z yuritganda, barcha darajadagi davlat hokimiyati organlarining boshqaruv jarayonlarini axborotlashtirish, bu organlarni aholi va biznes sub’ektlari bilan o’zaro munosabat funksiyalarini qo’llab-qo’vvatlovchi kompyuter tizimlarini yaratish tushuniladi. Agar idoralarda ushbu jarayonlar avtomatlashtirilmagan bo’lsa yoki elektron hujjat aylanishi mavjud bo’lmasa, davlatning ichki tranzaktsiyalari amalga oshirilgan va qog’ozsiz ish yuritish rejimi joriy etilgan deb bo’lmaydi. Bu borada faqat aloxida joriy qilingan amaliyotlar, masalan, elektron pochta orqali ma’lumot junatib, qog’ozga chop etib, mansabdor shaxsga qo’l qo’ydirish jarayoni elektron hukumat tizimidan yiroqdir.
Axborot texnologiyalarini joriy etish va axborot resurslarini shakllantirishdan tashqari elektron hukumat normativ-huquqiy baza qabul qilishni ham talab etadi. Ya’ni, hujjat elektron ko’rinishining qog’ozdagi ko’rinishi bilan huquqiy jixatdan teng kuchga ega ekanligi va u bilan asosiy bosh hujjat ko’rinishida ish yuritish mumkinligiga asos bo’la oladigan normativ-huquqiy hujjatlar zarur bo’ladi. Bularga “Axborotlashtirish tug’risida”gi, “Elektron raqamli imzo tug’risida”gi, “Elektron tijorat tug’risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi tug’risida”gi va “Elektron hukumat to’g’risida”gi qonunlarni misol qilish mumkin.
Munosabat va aloqalarning ushbu modul yordamida hal etiladigan asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
davlat boshqaruv organlari va davlat muassasalarining axborot massivlari, banklari va ma’lumot bazalarini yagona tizimga integratsiyalash;
barcha davlat tuzilmalarini elektron hujjat aylanishiga o’tkazish va uni optimallashtirish;
davlat qarorlarini ishlab chiqishni, uzatish va ijrosini nazorat qilishni optimallashtirish;
hukumat resurslaridan foydalanish tezligini oshirish maqsadida yagona davlat portalini yaratish;
davlat xizmatchilari o’rtasida raqobat muhitini kuchaytirish va ularning malakasini oshirish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
15-ma’ruza. Elektron hukumat tizimi va tushunchasi. Elektron hukumat sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar reja
|