|
Elektron hukumatning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat
|
bet | 3/10 | Sana | 28.08.2024 | Hajmi | 144,99 Kb. | | #269975 |
Bog'liq 15-MA’RUZA. ELEKTRON HUKUMAT. Elektron hukumatning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi;
elektron davlat xizmatlaridan ariza beruvchilarning teng ravishda foydalanishi;
«bir darcha» printsipi bo’yicha elektron davlat xizmatlari ko’rsatish;
davlat organlarining hujjatlarini bir xillashtirish;
elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish;
elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini muntazam takomillashtirib borish;
axborot xavfsizligini ta’minlash.
Elektron hukumat imkoniyatlarini amalga oshirish maqsadida ko’pgina davlatlar o’zlarining elektron hukumatni rivojlantirish siyosiy rejalariga kiritishmoqda. Dastlabki e’tibor AKTdan foydalanish orqali davlat ishlari samaradorligini oshirishga berildi. Shu bilan birga, elektron hukumat xizmatlariga davlat tomonidan cheklangan investitsiyalar ta’siri natijasida, 2000 yilning o’rtalarida fuqaroga yo’naltirilgan yondashuv tomon natijalar o’zgardi. Ushbu yondashuv natijasida hukumat xizmatlarini yetkazib berish jarayonida fuqarolarning davlat xizmatlariga turli extiyojlarining mosligini ta’minlash birinchi o’ringa quyilganligi orqali sezilarli o’zgarishlarga sababchi bo’ldi. Bugungi kunda elektron hukumat nafaqat davlat sektori vazifalarini va jarayonlarini rivojlantirish va qo’llab-qo’vvatlash uchun bir muhim vosita, balki hukumatni o’zgartirishga va xizmat ishlab chiqish va yetkazib berish uchun yangi yondashuvlarni yaratishda asosiy hisoblanadi.
Umuman olganda, onlayn xizmatlarning ko’payishi, ushbu xizmatlardan yanada kengroq foydalanish, o’z navbatida elektron hukumat tizimining ta’siri katta ekanligidan dalolat beradi. Shunday qilib, elektron hukumat, hukumat shaffofligi va ichki samaradorlikka ta’sir etib barqaror ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun elektron fuqarolar va elektron biznes ishtirokchilarining muxim ommasi mavjud bo’lishligini talab qiladi. Elektron hukumat xizmatlari foydalanuvchilarining muxim ommasining ko’payishi, ana’naviy xizmat ko’rsatish usulidan voz kechib, elektron hukumat xizmati ko’rsatish usuliga o’tib ketishlari talab etiladi va bu jarayon osonlik bilan amalga oshmaydi. Jaxon banki elektron fuqarolar va elektron biznes ishtirokchilariga onlayn xizmatlarni ko’paytirish hamda ulardan foydalanish muximligi haqidagi izlanishlarni olib bordi va quyidagini aniqladi: 5-10 yil oldin birinchi marotaba elektron hukumatni joriy etgan ko’pgina davlatlar shunday xulosaga keldilarki jamoaga, elektron hukumat tizimi ushbu sohaga davlat tomonidan taklif etilayotgan sarmoyalar yordamida davlat xizmatlarini Internet tizimida onlayn ko’rinishda taqdim etishiga qaramasdan xizmatlaridan foydalanish darajasi pastligicha qolayotganligini ta’kidladilar.
Elektron hukumat tizimini joriy etish, ishlatishda qachonki ko’pchilik aholining talablari va ular tomonidan qo’llab-qo’vvatlanishi imkoniyatlari bo’lsagina tizim muvafaqiyatga erishadi. Aholi talablarining bir qismi aholining ushbu tizim xaqidagi bilimlarining yetarli bo’lganligi, uning imkoniyatlari hamda davlat xizmatlarini tezda va yaxshi xizmat ko’rsatish orqali amalga oshiriladi.
Fuqaro va tadbirkorlar e-hukumati tizmatlaridan foydalanishda qiziqishlari yoki motivatsiyalari, aktual, oson olish mumkin bo’lgan raqamli kontent xizmatlarini taqdim etishlari lozim.
Bulardan tashqari davlat jamoaga elektron ko’rinishdagi xizmatlarga bo’lgan ishonchni oshirishini ma’lumotlarni himoyalash va uning konfidentsialligini ta’minlashini nazarda to’tishi kerak.
Xususan, quyidagi elektron hukumat xizmatlaridan foydalanish talablari va qo’llab quvvatlash darajasini oshirishda quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim: - Ko’p kanalli yagona oyna umumiy xizmatlarni yetkazib berish infratuzilmasini, avtonom ravishda jamoaga xizmat ko’rsatish markazi va joylari, jumladan telemarkazlar, chaqiruvlarni qayta ishlash markazlari, web va mobil portallarini ishlab chiqish;
AKT ishtirok etgan operatsiyalarni va raqamli muhitdagi barcha o’zaro munosabatlarga jamoa tomonidan ishonch bildiradigan choralarni amalga oshirish; - Belgilangan talablarni qoniqtiradigan, qulay kontent va xizmatlar, shu jumladan “ilovalar ishlashini tugatuvchi” deb ataluvchi dasturlarni ishlab chiqaruvchilarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish;
Elektron xizmatlarning va imkoniyatlarini kengaytirish va takomillashtirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish.
Elektron hukumatni amalga oshirishning muvaffaqiyatli omillari
Elektron hukumat tizimining mamlakatda muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini quyidagi 4 ta maqsadlarning bajarilganligi asosida baxo berish mumkin:
Onlayn hukumat xizmati
Qog’ozsiz hukumat
Bilimga asoslangan hukumat
Shaffof hukumat
Ushbu to’rtta maqsadlarga erishish uchun elektron hukumat tizimi hukumatning bir necha darajalarida tashkillashtirilgan bo’lishi lozim. Hukumat boshqaruvining har bir darajasida bajariladigan 3 ta asosiy vazifalar mavjud: (1) innovatsion fuqaro xizmatlari (G2C); (2) innovatsion biznes xizmatlari (G2B); (3) innovatsion hukumat ichidagi ishlari (G2G, G2E). Elektron hukumatining bir necha qirralari mavjud va foydalanuvchilar va ularning o’zaro munosabatlari asosida quyidagicha xarakterlanadi.
Davlat^ fuqarolarga (G2C) fuqarolar turli ma’lumotlar, xizmatlar va boshqa imkoniyatlar bilan ta’minlanadilar.
Davlat^ biznesga (G2B) hukumat va biznes o’rtasidagi munosabatlar va o’zaro bir qator aloqalarni ta’minlaydi.
Davlat^ davlatga (G2G) davlat ichida yoki davlat idoralari o’rtasidagi turli axborotlarni almashish va hamkorlikni qo’llab-qo’vvatlashni ta’minlash.
Davlat^ xodimlarga (G2E) ichki jarayonlarini soddalashtirish va fuqarolik xizmati, davlat va uning xodimlari o’rtasidagi aloqa boshqaruvini osonlashtirish orqali unumdorligini oshiradi.
Fuqarolar bilan o’zaro munosabati nuqtai nazaridan va ko’rsatilayotgan xizmatlar ko’rinishi jihatidan elektron hukumat tizimi xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha mantiqan ikki qismga ajratilishi mumkin: ofis-oldi va ofis-orqasi. Elektron hukumat tizimi turli xizmatlarni ko’rsatishning ofis-oldi ko’rinishida xizmatlarni yetkazib berish, axborot va xizmatlarini yetkazib beruvchilarni ko’rishi, davlat bilan fuqaro va biznes o’zaro munosabatlarini ko’rish hamda boshqarishni anglatadi. G2B hukumat va biznes o’rtasida turli operatsiyalarni o’z ichiga oladi, G2C esa, fuqarolarga axborot tarqatishni va davlat xizmatlarini yetkazib berishni o’z ichiga oladi. AKT asosida faollashtirilgan G2C xizmatlar hukumat tomonidan axborot almashish tizimi va fuqarolar uchun bir-oyna onlayn portali orqali axborot va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun imkoniyat yaratuvchi ilovalar orqali yetkazib beradi. Bunday portal fuqarolar uchun quyidagi xizmatlarni taqdim etishi mumkin:
Turli ruxsatnomalar, litsenziyalar va sertifikatlar berish;
Qonun, ma’muriy ogoxlantirishlar va tegishli qonunlar haqidagi ma’lumotlar
bilan ta’minlash;
To’lov xizmatlari, Soliqlarni qaytarish va ijtimoiy kommunal to’lovlar;
Elektron maslahat, elektron muhokama, elektron saylov orqali davlat ishlarida ishtirok etish imkoniyatlarini berish.
Fuqaroga yunaltirilgan portalni va jamoat ma’lumotlarini almashish tizimini, jamoatni boshqarish, yashovchilarni hisobga olish, ko’chmas mulk hisobi, avtomashinalarni ruyxatga olish, Soliq va sug’urtalar kabi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan asosiy ma’lumotlar bazasini yaratish va ularni bir-biriga bog’lash ishlarini amalga oshirish.
Elektron G2B xizmatlar korporativ fuqarolik ma’muriy ishlar, sanoat axborot ta’minlanishi va turli Soliq va davlat tulovlari uchun xaridlar, taklif va mukofotlar, to’lov xizmatlar, elektron operatsiya xizmatlarini o’z ichiga oladi. Boshqa xizmatlardan farqli, quyidagi AKT ilovalar samarali elektron G2B xizmatini yetkazib berish uchun talab etiladi:
Integratsiyalashgan elektron xaridlar tizimida ruyxatga olish, tender, shartnoma va barcha xaridlari bilan bog’liq jarayonlar, yagona-oyna davlat xaridlari tizimi orqali amalga oshiriladi.
Elektron bojxona tizimi - import va eksport jarayonlaridagi bojxona boshqaruvini qog’ozsiz amalga oshirish hamda bojxona tomonidan noqonuniy xizmatlarni ko’rsatishga qarshi vosita deb belgilab beradigan tizim.
Elektron savdo tizimi tovarlar va xizmatlar savdosini qo’llab- qo’vvatlovchi onlayn tizim.
|
| |