|
Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi
|
bet | 8/10 | Sana | 28.08.2024 | Hajmi | 144,99 Kb. | | #269975 |
Bog'liq 15-MA’RUZA. ELEKTRON HUKUMAT. Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi.
Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi elektron xizmatlarni yetkazib berish bilan bog’liq aloqa tarmoqlari infratuzilmasiga ta’aluqli quyidagi besh asosiy ko’rsatkichlar yig’indisidan iborat. Har bir holatda Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) asosiy manba hisoblanadi. Beshta ko’rsatkichlar:
100 kishiga nisbatan internet foydalanuvchilar ulushi
100 kishiga nisbatan telefon liniyalari ulushi
100 kishiga nisbatan uyali aloqa foydalanuvchilari ulushi
100 kishiga nisbatan ajratilgan keng polosali tarmoq ulushi
100 kishiga nisbatan simsiz keng polosali tarmoq ulushi
Inson kapitali indeksi.
Inson kapitali indeksi ikkita ko’rsatkichlar: kattalar savodxonlik darajasi va boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus ta’limni o’z ichiga olgan yoshlar savodxonlik darajasidan iborat. Kattalar savodxonlik darajasiga 2/3 qism, yoshlar savodxonlik darajasiga 1/3 qism beriladi. Ma’lumotlar asosan YuNESKO ma’lumotlariga asoslanadi va BMTning taraqqiyot dasturi inson rivojlanishi hisoboti bilan to’ldiriladi.
Inson kapitali indeksini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasida quyidagi chora-tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda:
1. Idoralararo ishchi guruxni shakllantirish;
Elektron hukumatni rivojlantirish bo’yicha O’zbekiston reytingini oshirish bo’yicha chora-tadbirlarini tasdiqlash;
Yagona ochiq ma’lumotlar portalini yanada rivojlantirish;
Baholanuvchi davlat idoralari web-saytlarini takomillashtirish uchun moliyalashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo’yicha Departamenti va YuNESKO bilan yaqin hamkorlikni tashkil qilish;
«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazlarining vazifalari. Davlat boshqaruv organlarida AKT qo ’llashning afzalliklari.
|
| |