• Tayanch iboralar: Elektron hukumat tizimi va tushunchasi. Elektron hukumat sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar
  • 15-ma’ruza. Elektron hukumat tizimi va tushunchasi. Elektron hukumat sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar reja




    Download 144,99 Kb.
    bet1/10
    Sana28.08.2024
    Hajmi144,99 Kb.
    #269975
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    15-MA’RUZA. ELEKTRON HUKUMAT.


    15-MA’RUZA. ELEKTRON HUKUMAT. ELEKTRON HUKUMAT TIZIMI VA TUSHUNCHASI. ELEKTRON HUKUMAT SOHASIDAGI ASOSIY ME’YORIY-HUQUQIY HUJJATLAR
    Reja:



      1. Elektron hukumat tizimi va tushunchasi. Elektron hukumat sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar

      2. Elektron hukumat ta’riflari va tamoillari

      3. Elektron hukumatni amalga oshirishning muvaffaqiyatli omillari

      4. “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirishning me'yoriy- huquqiy asoslari



    Tayanch iboralar:



    1. Elektron hukumat tizimi va tushunchasi. Elektron hukumat sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar

    Bugungi kunda "elektron hukumat" tushunchasiga turli ta’rif va tavsiflar berilgan. Ba’zi manbalarda, elektron hukumatga davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonini avtomatlashtirish deb qaralsa, boshqalarida elektron hukumat, bu - fuqaro, biznes vakillari, davlat organlari va tashkilotlarga davlat xizmatlarini taqdim etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish deb ta’rif berilgan.
    Umuman olganda, elektron hukumat, bu - raqamli texnologiyalar, Internet va zamonaviy ommaviy axborot vositalari asosida davlat xizmatlarini taqdim qilish jarayonini, fuqarolarni va boshqaruvni ichki va tashqi o’zaro munosabatlarda o’zgartirishlar vositasida ishtirokini doimiy optimallashtirishdir. Elektron hukumat aholiga, tadbirkorlarga va davlat organlariga ko’rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi, fuqarolarning o’z-o’zini boshqarishlari uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorligini oshiradi va davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi.
    Insoniyatning XXI asrga qadam qo’yishi jamiyat hayotining hamma sohalarida axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan belgilanmoqda. Axborot va uni qayta ishlash borgan sari rivojlanib, ishlab chiqarish darajasiga, davlat resursiga va qimmatbaho tovarga aylanib bormoqda. Zamon talabiga javob beradigan, yangicha fikrlaydigan, bozor sharoitlarida muvaffaqiyatli xo’jalik yuritadigan yuqori malakali, chuqur bilimli mutaxassislarni tayyorlash esa davr talabi bo’lib qolmoqda.
    Shuning uchun ham, jamiyat hayotining barcha sohalarida kompyuter va axborot texnologiyalarini joriy etish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish» to’g’risidagi Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-iyundagi «Komputerlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori, O’zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to’g’risida»gi, «Elektron raqamli imzo to’g’risida»gi, «Elektron tijorat to’g’risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to’g’risida»gi va «Elektron to’lovlar to’g’risida»gi qonunlari qabul qilindi. Yuqoridagi qonun va qarorlar barcha sohalar kabi soliq tizimiga ham bevosita tegishli. Davlat iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida soliq tizimining samarali faoliyat ko’rsatishi aynan mazkur qonunlarning hayotga tatbig’iga bevosita bog’liq.
    Zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini iqtisodiyot, fan va ta’limning barcha sohalariga keng joriy etish, xalqaro axborot tizimlariga, shu jumladan, «Internet»ga kirib borishni kengaytirish, yuqori malakali dasturchi mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 23-maydagi «2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, «Internet»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora- tadbirlari» to’g’risidagi qarori qabul qilindi va unda 2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, respublikada kompyuter va axborot texnologiyalarini tashkil etish va rivojlantirish, dasturiy ta’minlash, kompyuter asbob-uskunalari va axborot tarmoqlari sohasida kadrlar tayyorlash, «Internet»ning xalqaro axborot tarmoqlariga kirib borishi holatini va uning amaliy qo’llanilish darajasini chuqur va batafsil o’rganib chiqish topshirilgan.
    Elektron hukumat davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash yuli bilan davlat xizmatlari ko’rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimidir.
    Elektron hukumatning bir qancha ta’riflanishlari mavjud. Keng ma’noda, elektron hukumatning vazifalari va xizmatlar ko’rsatishi hamda faoliyatini rivojlantirish uchun AKTni qo’llash sifatida belgilanishi mumkin.
    O’ziga xos ravishda, elektron hukumatni “davlat organlari ko’rsatayotgan xizmatlarning shaffofligi, samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida raqamli texnologiyalardan foydalanish” deb tushunish mumkin. Shuningdek, elektron hukumat AKTni qo’llagan holda davlat organlarining yanada samarali faoliyat ko’rsatishi hamda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga sifatli xizmatlar ko’rsatishidir.
    Elektron hukumat atamalarini quyidagi to’rtta asosiy qismlari orqali umumlashtirish mumkin. Elektron hukumat quyidagicha tavsiflanadi.

    1. AKT dan foydalanish (kompyuter tarmoq lari, internet, faks va telefon).

    2. Hukumat faoliyatini qo’llab-qo’vvatlash (axborot bilan ta’minlash, xizmatlar, maxsulotlar, mamuriy boshqaruv).

    3. Fuqarolar bilan hukumat munosabatlarini rivojlantirish (yangi aloqa kanallarini yaratish, siyosiy yoki ma’muriy jarayonlariga fuqarolarni targ’ibot va tashviqotlar orqali jalb qilish)

    4. Belgilangan strategiyalarga mos ravishda ishtirokchilarni jarayonlarda qatnashish qiymatini belgilash.


      1. Download 144,99 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 144,99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    15-ma’ruza. Elektron hukumat tizimi va tushunchasi. Elektron hukumat sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar reja

    Download 144,99 Kb.