• 2. Qattiq pishiqlik fazasida
  • Pishish davri ikki fazaga bo'linadi: 1. Mum pishiqlik fazasida




    Download 0.81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/11
    Sana26.05.2022
    Hajmi0.81 Mb.
    #21951
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    O\'simlikshunoslik (R.Oripov, N.Xalilov) @mustaqilishlar (1)
    ochiq dars BDU (1), Ahmedova Shohsanam, 5-ИЛОВА рассилка, fiziologiya sagdiyev, Kaliforniya qurtlari biznes sifatida yaxshi sarmoyadir, Tuban o simliklar (L.Velikanov va boshq.), Baqa anatomiyasi, Lotin tili tovushlar-merged, portal.guldu.uz-taqdimot, Operatsion tizimlar va ularning turlari-fayllar.org, Овощеводство Габибова ЕН 2019 180 с, Книга-Методика-полевого-опыта-в-овощеводстве-70-100-16-в-печать, Boqiyeva Kamola Alisher qizi, 123
    Pishish
    davri ikki fazaga bo'linadi:
    1. Mum pishiqlik fazasida
    endosperm mumsimon, eziluvchan, tir- 
    noq bilan oson kesiladigan holatda bo'ladi. Don namligi 25—30 % 
    gacha kamayadi, faza davomiyligi 3—6 kun. Bunda donda to'plangan 
    oziq moddalar miqdori donning to'la pishiqlik davridagidan kam farq 
    qiladi. Havo sernam bo'lganda bu davr cho'zilib ketishi mumkin. Bu 
    davr hosilni ikki fazali usulda — awal o'rilib, keyin yanchib olish uchun 
    eng qulay muddat.
    2. Qattiq pishiqlik fazasida
    endosperm kattalashadi, shishasimon yoki 
    unsimon bo'lib, rangi shu don uchun xos bo'ladi, namligi 8—22 %. 
    Faza davomiyligi 3—5 kun. Bu fazada donda murakkab biokimyoviy
    60
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    jarayonlar sodir bo'ladi va urug'lar me’yordagi unuvchanlikka ega bo'ladi. 
    Shuning uchun yana ikkita qo'shimcha davr ajratiladi: hosil yig'ishtirib 
    olingandan keyin pishib yetilish va to'la pishish.
    Hosil yig'ishtirilgandan keyin pishib yetilish davrida yuqori molekular 
    oqsil birikmalarining sintezi tugaydi, erkin yog' kislotalari yog'laiga ayla- 
    nadi, uglevodorodlar molekulasi yiriklashadi, nafas olish sustlashadi. Bu 
    davrning boshlanishida urug'larning unuvchanligi past, oxirida me’yoriga 
    keladi. Uning davomiyligi bir necha kundan bir necha oygacha davom 
    etadi va ekin turiga hamda tashqi sharoitga bog'liq holda o'zgaradi.
    To'la pishish davri urug' unuvchanligi eng yuqori darajaga yetganda 
    boshlanadi. Sug'oriladigan yerlarda, siyrak ekinzorda, sernam. ob-havo sha­
    roitida donning yetilishi ancha kechikadi, davomli bo'ladi. Quruq va issiq 
    ob-havo sharoitida, erta ekilganda, poyalar qalin bo'lganda, fosforli-kaliyli 
    o'g'itlar solinganda g'alla ertaroq yetiladi. Garmsel, yuqori harorat, tuproqda 
    namlikning yetishmasligi — «tuproq quig'oqchiligi» va «havo qurg‘oqchiligi»ga 
    olib keladi. Bunda donlaming to'lishi to'xtaydi, donlar mayda, burishgan, 
    puch bo'ladi, hosil va uning sifati keskin pasayadi.
    G'alla ekinlari zang va boshqa kasalliklar, zararli va boshqa hasharot- 
    lar bilan zararlanishi natijasida don hosili va sifati keskin pasayadi. Ekin- 
    laming yotib qolishi ham shunday oqibatlarga olib keladi. Yotib qolishga 
    qarshi kurashda tur, kampozan preparatlari qo'llaniladi. Retardantlarni 
    qo'llashda pastki bo'g'in oraliqlari qisqaradi, yo'g'onlashadi, o'simlikning 
    bo'yi 15—25 sm ga kamayadi, poyaning yotib qolishga chidamliligi ortadi.
    Samarqand qishloq xo'jalik institutining O'simlikshunoslik kafedrasi 
    olib borgan tajribalarda tur preparati (60 %) gektariga 4 kg naychalash 
    fazasining boshlanishida qo'llanilganda, sug'oriladigan yerlarda kuzgi 
    bug'doy don hosili 8 s/ga oshgan.
    2.2. KUZGI DON EKINLARI

    Download 0.81 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pishish davri ikki fazaga bo'linadi: 1. Mum pishiqlik fazasida

    Download 0.81 Mb.
    Pdf ko'rish